Kadirova Nilufar Mirkarim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda liderlik sifatlarini shakllantirish texnologiyasi” 13.00.08 - Maktabgacha ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8934.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xasanova Shaxnoza Toxtasinovna. pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.   
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.03.05.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Dildora Mashrabjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Kamilova Gulmira Alimovna,pedagogika fanlari  doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha katta yoshdagi bolalarda liderlik sifatlarini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda liderlik sifatlarini rivojlantirishning psixologik-pedagogik imkoniyatlari individual tipologik xususiyatlarini temperament, ichki va tashqi motivatsiyasining  boshqalarga ta’sir ko‘rsatish potensialini emotsional muhitga yo‘naltirish, ijtimoiy omillarni faoliyat turlariga mos pedagogik shart-sharoitlarga adaptatsiyalashni refleksiv baholash asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda liderlik sifatlarini rivojlantirish modeli ijtimoiy talab va maqsadlarni  intellektual, emotsional va tashabbuskorlik faolligiga mos strategiyalash, mazmunli-texnologik komponentlarni maqsadli faoliyatlar, mustaqil fikrlashga undovchi integrativ, hamkorlik texnologiyalarini ijtimoiy muhitga modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda liderlik sifatlarini shaklantirish metodikasi ijtimoiy muhit mazmunini emotsional intellektni oshiruvchi,  hayotiy vaziyatlarga asoslangan o‘yin texnologiyalari bilan revitalizatsiyalash, ruhiy darajasini liderlik faoliyatlariga bosqichma-bosqich adaptatsiyalash, refleksiv suhbatlar hamda kollaborativ ta’lim usullarini ekstrapolyasiyalash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda liderlik sifatlarini shaklantirish  samaradorligi ta’lim jarayonida virtual simulyasiyalar,  interaktiv texnologiyalardan foydalanish faollik, tashabbuskorlik va yetakchilik qobiliyatlarni oshirishga olib kelganligi tufayli refleksiya va o‘zini-o‘zi anglash jarayonlarini kommunikativ-liderlik ko‘nikmalariga yo‘naltirilgan muhitga moslashtirish va korreksion baholash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda liderlik sifalatirni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish boʻyicha tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda liderlik sifatlarini shakllantirishning psixologik-pedagogik imkoniyatlari individual tipologik xususiyatlarini temperament, ichki va tashqi motivatsiyasiga ta’sir ko‘rsatish potensialiga muvofiqlashtirish,  ijtimoiy omillarni faoliyat turlariga mos emotsional muhitga yo‘naltirishni refleksiv baholash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Bolalar jismoniy tarbiyasi” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 22-maydagi U-05-3302/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda liderlik sifatlarini shakllantirishning metodik jihatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda liderlik sifatlarini shakllantirish modeli ijtimoiy talab va vazifalarni  intellektual, tashabbuskorlik, faollikga mos maqsadli strategiyalash, mazmunli-texnologik komponentlarni mustaqil ijodiy fikrlashga undovchi mazmun bilan boyitish, integrativ, xamkorlik texnologiyalarini ijtimoiy muhitga modernizatsiyalash   asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflardan “Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 4-dekabrdagi 4.3/2 sonli qaoriga asosan berilgan  2025-559U-788 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada,  maktabgacha katta yoshdagi bolalarda liderlik sifatlarini rivojlantirishda interaktiv vositalardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda liderlik sifatlarini shakllantirish metodikasi ijtimoiy muhit mazmunini emotsional intellektni oshiruvchi,  hayotiy vaziyatlarga asoslangan o‘yin texnologiyalari bilan revitalizatsiyalash, ruhiy darajasini liderlik faoliyatiga bosqichma-bosqich adaptatsiyalash, refleksiv suhbatlar hamda kollaborativ ta’lim metodlarini ekstrapolyasiyalash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Bolalar jismoniy tarbiyasi” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 22 maydagi U-05-3302/04-son ma’lumotnomasi). Natijada,  maktabgacha katta yoshdagi bolalarda liderlik sifatlarini rivojlantirishning didaktik jihatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda liderlik sifatlarini shakllantirish samaradorligi ta’lim jarayonini virtual simulyasiyalar,  interaktiv texnologiyalardan foydalanishga moslashtirish, refleksiya va o‘zini-o‘zi anglashga yo‘naltirilgan individual rivojlanish traektoriyasi faollik, tashabuskorlik va yetakchilik qobiliyatlarni oshirishga olib kelganligi tufayli emotsional muhitga integratsiyalash va korreksion baholash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 4-dekabrdagi 4.3/2 sonli qaoriga asosan berilgan  2025-559U-788 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda liderlik sifatlarini shakllantirish jarayonlarini tashxis etish va korreksiyalashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish