To‘roqulova Ra’no Ibrogimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Tafakkur tarzida kognitivlik va nokognitivlik dialektikasi, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal825  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02
Ilmiy rahbar: Sultanova Gulnoza Sabirovna, falsafa fanlari doktori (DSc), professor. Rasmiy opponentlar: Turaev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor; Ulug‘murodov Elyor Saydulloevich, falsafa fanlari  doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. tafakkur tarzidagi kognitiv va nokognitiv jihatlarning dialektik uyg‘unligini nazariy jihatdan asoslash, bilish va ta’lim jarayonlaridagi imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tafakkur tarzida kognitiv va nokognitiv strukturalarning dialektik o‘zaro ta’siri falsafiy jihatdan, an’anaviy, faqat kognitiv jarayonlar va ratsionallikni dominant deb hisoblaydigan yondashuvdan farqli o‘laroq, aniq dalillar asosida aqliy strategiyalarni shakllantirishda nokognitiv elementlarning (hissiyotlar, sezgi, ijtimoiy kontekst) teng ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
intellektual faoliyatning mantiqiy, ratsional va intuitiv asoslarini yangi falsafiy tushunish metodologiyasi ishlab chiqilib, kognitiv va nokognitiv omillarning bilish va qaror qabul qilish jarayonlariga ta’siri hamda shaxsning dunyoqarashi va kognitiv strategiyalariga ta’sir qiluvchi ongning murakkab strukturasining in’ikosi mantiqiy asoslangan;
ta’lim jarayonida kognitiv va nokognitiv omillar nisbatlarini tadqiq etishda dialektik metodologiyadan foydalanish zarurati ilmiy asoslanib, an’anaviy, faqat ratsional fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvdan farqli o‘laroq, intuitiv, hissiy va ijtimoiy jihatlarni ham hisobga olgan holda metakognitiv kompetensiyalarni shakllantirishga yordam beruvchi ta’lim modeli ishlab chiqilgan; 
analitik va intuitiv strategiyalarni birlashtirgan gibrid fikrlash modellarinining istiqbollari ochib berilib, raqamli transformatsiya va axborot muhiti sharoitida alohida ahamiyat kasb etuvchi tafakkur tarzi shaxsning statik xarakteristikasi emas, balki falsafiy, kognitiv va ijtimoiy omillar ta’sirida shakllanadigan dinamik va o‘zgaruvchan tuzilma ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Tafakkur tarzida kognitivlik va nokognitivlik dialektikasini tadqiq etish asosida:
tafakkur tarzida kognitiv va nokognitiv strukturalarning dialektik o‘zaro ta’siri falsafiy tahlil qilinib, an’anaviy, faqat kognitiv jarayonlar va ratsionallikni dominant deb hisoblaydigan yondashuvdan farqli o‘laroq, aniq dalillar asosida aqliy strategiyalarni shakllantirishda nokognitiv elementlarning (hissiyotlar, intuisiya, ijtimoiy kontekst) teng ahamiyatga ega ekanligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2020-2022-yillarda bajarilgan “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi FZ-2020010829 raqamli amaliy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 10-martdagi 04/11 3398-son ma’lumotnomasi). Natijada, grand loyihasini yanada takomillashtirishga, talaba yoshlar kognitiv-intellektual salohiyatini yuksaltirish orqali, ularda tanqidiy-ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, falsafiy, ma’naviy-ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan; 
intellektual faoliyatning mantiqiy, ratsional va intuitiv asoslarini yangi falsafiy tushunish metodologiyasi ishlab chiqilib, kognitiv va nokognitiv omillarning bilish va qaror qabul qilish jarayonlariga ta’siri hamda shaxsning dunyoqarashi va kognitiv strategiyalariga ta’sir qiluvchi ongning murakkab strukturasining in’ikosi mantiqiy asoslanganiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Samarqand viloyati bo‘limining 2024-yilda ishlab chiqilgan ish rejasining 2-bandini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Samarqand viloyati bo‘limining 2025-yil 4-martdagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda yoshlarning tanqidiy va mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ongli qaror qabul qilish madaniyatini shakllantirish, kognitiv va nokognitiv omillarning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan targ‘ibot usullarini qo‘llash hamda dunyoqarashni yuksaltirishga qaratilgan yondashuvlarni takomillashtirishga  xizmat qilgan;
ta’lim jarayonida kognitiv va nokognitiv omillar nisbatlarini o'rganishda dialektik metodologiyadan foydalanish zarurati ilmiy asoslanib, an’anaviy, faqat ratsional tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvdan farqli o‘laroq, intuitiv, hissiy va ijtimoiy jihatlarni ham hisobga olgan holda metakognitiv kompetensiyalarni shakllantirishga yordam beruvchi ta’lim modeli taklif etilganiga oid ilmiy taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining IV rejasining “Ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh etishning ustuvor yo‘nalishlari” 4.1 “Aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, turmush sifatini oshirish sohasida” va 4.2 “Fan va ta’lim tizimini isloh etish, mamlakatimiz aholisining oliy ta’limga qamrovini bosqichma-bosqich 50 foizga chiqarish sohasida” bandlari ijrosini ta’minlashda hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbir dasturining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-yil 25-martdagi 02-05/50-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar jamiyatda ta’lim-tarbiya sohasini modernizatsiyalashga, funksional jihatdan optimallashtirishga oid ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqarishga oid ko‘nikmalarni shakllantiruvchi kognitiv qobiliyatlarini yuksaltirishga xizmat qilgan; 
analitik va intuitiv strategiyalarni birlashtirgan gibrid tafakkur modellarini o‘rganish istiqbollari ochib berilib, raqamli transformatsiya va axborot muhiti sharoitida alohida ahamiyat kasb etuvchi tafakkur tarzi shaxsning statik xarakteristikasi emas, balki falsafiy, kognitiv va ijtimoiy omillar ta’sirida shakllanadigan dinamik va o‘zgaruvchan tuzilma ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilganiga oid metodologik tavsiyalardan Mening Yurtim “MY5” telekanalining “Kasbim-faxrim” radioeshittirishining navbatdagi sonining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK teleradiokompaniyasining Mening Yurtim telekanalida 2025-yil 20-martdagi 81-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirish va ko‘rsatuvni ssenariysini mazmunan boyitishga hamda yosh avlodning tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish muhim intellektual omil ekanligi keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish