Ibraximova Diloromxon Saloydinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yuridik etika rivojlanish tendensiyalari: falsafiy tahlil”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Etika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal1200.
Ilmiy rahbar: Nosirxodjaeva Gulnora Abdukaxxarovna - falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Anvar Qahhorovich - falsafa fanlari doktori, professor; Alimov Sardor Komil o‘g‘li - falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yuridik etikaning kategorial tizimi, deontologik va aksiologik xususiyatlari hamda ijtimoiy taraqqiyotda tutgan o‘rnini falsafiy jihatdan tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yuridik etika taraqqiyotini belgilovchi huquq va axloq metakategoriyalarining mohiyati ularning sotsial regulyator sifatidagi o‘rni, normativ va imperativ-baholovchi xarakteri hamda ijtimoiy ong shakli kabi umumiy hamda shakllanish mexanizmi, ta’minlanish usullari, majburlov darajasi, ijtimoiy qamrovi va jamiyat ehtiyojlariga javob berish sur’ati singari farqlanuvchi xususiyatlarini falsafiy tahlil qilish orqali ochib berilgan;
yuridik etikani amaliy etikaning boshqa sohalari bilan qiyoslash asnosida uning huquq va axloqning o‘zaro sinkretik dialektikasi, sohadagi subordinal munosabatlar tizimi, vertikal yoki gorizontal tarzda manfaatlar to‘qnashuvining vujudga kelishi xavfi, professional mas’uliyatning yuqori darajasi kabi eksklyuziv xususiyatlari mavjudligi falsafiy tarafdan ochib berilgan;
kasbiy huquqiy amaliyotning aksiologik asoslarini tahlil qilish orqali huquqshunos faoliyati vijdon, adolat, ezgulik va burch singari axloqiy imperativlarga tayanishi, huquqshunosning axloqiy madaniyati uning individual qadriyatlar tizimi, kommunikativ madaniyati hamda kasbiy xulq-atvordagi uzlyuksiz axloqiy izchillik orqali namoyon bo‘lishi aniqlangan;
Yangi O‘zbekistonda yuridik etikani rivojlantirish istiqbollarining asosiy yo‘nalishlari negizini milliy va xorijiy axloqiy standartlarni integratsiyasi, kasb etikasi qoidalari buzilganda yuridik majburlovning muqarrarligini ta’minlash, yuridik amaliyotni raqamlashtirish, jamoatchilik nazorati institutini kuchaytirish kabi barqaror tendensiyalar tashkil etishi falsafiy tarafdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda yuridik etikaning rivojlanish tendensiyalarini falsafiy jihatdan tahlil qilishga oid olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
yuridik etika taraqqiyotini belgilovchi huquq va axloq metakategoriyalarining mohiyati ularning sotsial regulyator sifatidagi o‘rni, normativ va imperativ-baholovchi xarakteri hamda ijtimoiy ong shakli kabi umumiy hamda shakllanish mexanizmi, ta’minlanish usullari, majburlov darajasi, ijtimoiy qamrovi va jamiyat ehtiyojlariga javob berish sur’ati singari farqlanuvchi xususiyatlarini falsafiy tahlil qilish orqali ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Millat va ma’naviyat”, ”Ta’lim va taraqqiyot”, “Uyg‘onish ma’rifati” nomli dasturlarining 2025-yil mart-aprel oylaridagi sonlarining dasturlari va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 10-iyundagi 05-09-875-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar yuridik etikaning rivoji bilan bog‘liq qarashlari, bugungi islohotlarda yuridik sohalarning axloqiy mazmunidagi o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq dunyoqarashi yuksalishiga erishilgan.
yuridik etikani amaliy etikaning boshqa sohalari bilan qiyoslash asnosida uning huquq va axloqning o‘zaro sinkretik dialektikasi, sohadagi subordinal munosabatlar tizimi, vertikal yoki gorizontal tarzda manfaatlar to‘qnashuvining vujudga kelishi xavfi, professional mas’uliyatning yuqori darajasi kabi eksklyuziv xususiyatlari mavjudligi falsafiy tarafdan ochib berilganligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan. (Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 20-oktyabrdagi 10/670-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur yo‘nalishda tayyorlangan uslubiy va targ‘ibot materiallarining qamrovi va ta’sirchanlik darajasining oshishiga erishilgan.
kasbiy huquqiy amaliyotning aksiologik asoslarini tahlil qilish orqali huquqshunos faoliyati vijdon, adolat, ezgulik va burch singari axloqiy imperativlarga tayanishi, huquqshunosning axloqiy madaniyati uning individual qadriyatlar tizimi, kommunikativ madaniyati hamda kasbiy xulq-atvordagi uzlyuksiz axloqiy izchillik orqali namoyon bo‘lishi aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat yuridik universitetida 2024-2025-yillarda bajarilgan ILM-202310202762-raqamli “Ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar muammolarini hal qilishga ko‘maklashuvchi yuridik klinika faoliyatini yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi amaliy loihaning faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 16-martdagi 02/01-01-172-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflarni amaliyotda qo‘llash loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga ijobiy hissa qo‘shgan
Yangi O‘zbekistonda yuridik etikani rivojlantirish istiqbollarining asosiy yo‘nalishlari negizini milliy va xorijiy axloqiy standartlarni integratsiyasi, kasb etikasi qoidalari buzilganda yuridik majburlovning muqarrarligini ta’minlash, yuridik amaliyotni raqamlashtirish, jamoatchilik nazorati institutini kuchaytirish kabi barqaror tendensiyalar tashkil etishi falsafiy tarafdan asoslanganligiga oid xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston respublikasi Advokatlar palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston respublikasi Advokatlar palatasining 2026-yil 16-martdagi 07-09/505-son ma’lumotnomasi). Natijada advokatlar kasb etikasini mustahkamlashga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish