Yusupov Rajab Rasul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8392
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Igamnazarova Nafisa Saidnazarovna. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc 01/2025.27.12.Ped.03.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shahzoda Abdullaevna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. Qurbonova Muhabbat Mamajonovna pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ingliz tilidagi og‘zaki nutqni kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi metodik birlik sifatida talqin qilishga ko‘ra, dialogik va monologik nutqni real dars jarayonidagi muloqot vaziyatlari bilan bog‘lash hamda sinfda ingliz tilida muloqot qilish vositasida kasbiy nutqiy faollikni shakllantirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli og‘zaki nutqqa yo‘naltirilgan ta’lim sharoitida maqsadli, mazmunli, jarayonli va baholash-natijaviy bloklar uzviyligini ta’minlashga ko‘ra kasbiy-pedagogik muloqotda dialogik va monologik nutq interaktiv topshiriqlar hamda mezonli baholashning metodik birligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi loyiha asosidagi ta’lim, hamkorlikda o‘qitish va kommunikativ til o‘qitish texnologiyalarini og‘zaki nutq faoliyatiga yo‘naltirish orqali pedagogik muammoni tahlil qilish, dars loyihasini yaratish, mikroo‘qitishni tashkil etish hamda refleksiv tahlilga asoslangan Pedagogical Sprint texnikasini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi ingliz tilidagi og‘zaki nutq faoliyatini reproduktiv, rekonstruktiv, produktiv va refleksiv topshiriqlar orqali bosqichma-bosqich rivojlantirishga ko‘ra darsni ingliz tilida olib borish, savol-javobni boshqarish, topshiriqni og‘zaki tushuntirish hamda qayta aloqa berish malakalarini kasbiy-metodik faoliyat bilan bog‘lash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ingliz tilidagi og‘zaki nutqni kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi metodik birlik sifatida talqin qilishga ko‘ra dialogik va monologik nutqni real dars jarayonidagi muloqot vaziyatlari bilan bog‘lash hamda sinfda ingliz tilida muloqot qilish vositasida kasbiy nutqiy faollikni shakllantirish asosida aniqlashtirishga oid takliflardan “Developing speaking skills” (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 2-martdagi 11-05-1192/04-son ma’lumotnomasi) nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli og‘zaki nutqqa yo‘naltirilgan ta’lim sharoitida maqsadli, mazmunli, jarayonli va baholash-natijaviy bloklar uzviyligini ta’minlashga ko‘ra kasbiy-pedagogik muloqotda dialogik va monologik nutq interaktiv topshiriqlar hamda mezonli baholashning metodik birligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Developing speaking skills” (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 2-martdagi 11-05-1192/04-son ma’lumotnomasi) nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modelining samaradorligi oshgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi loyiha asosidagi ta’lim, hamkorlikda o‘qitish va kommunikativ til o‘qitish texnologiyalarini og‘zaki nutq faoliyatiga yo‘naltirish orqali pedagogik muammoni tahlil qilish, dars loyihasini yaratish, mikroo‘qitishni tashkil etish hamda refleksiv tahlilga asoslangan Pedagogical Sprint texnikasini qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Developing speaking skills” (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 2-martdagi 11-05-1192/04-son ma’lumotnomasi) nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning didaktik ta’minotini tahlil qilish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi ingliz tilidagi og‘zaki nutq faoliyatini reproduktiv, rekonstruktiv, produktiv va refleksiv topshiriqlar orqali bosqichma-bosqich rivojlantirishga ko‘ra darsni ingliz tilida olib borish savol-javobni boshqarish topshiriqni og‘zaki tushuntirish hamda qayta aloqa berish malakalarini kasbiy-metodik faoliyat bilan bog‘lash asosida aniqlashtirishga oid takliflardan “Developing speaking skills” (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 2-martdagi 11-05-1192/04-son ma’lumotnomasi) nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi samaradorligi oshgan.