Mannanova Nilufar Xodjakbarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini takomillashtirishda “qattiq” va “yumshoq” ko‘nikmalar korrelyasiyasi”, 22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqot usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/S40
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi
akademiyasi huzuridagi sotsiologiya fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/2025.27.12.S.01.02 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekmuradov Mansur Bobomuradovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich, akademik, texnika fanlari doktori; Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich sotsiologiya fanlari doktori, professor, Ismoil Saifnazarov falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat fuqarolik xizmati kadrlari faoliyatini takomillashtirishda qattiq va yumshoq ko‘nikmalar borasidagi nazariy-empirik rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatini takomillashtirishda kadrlarning hard skills (“qattiq” ko‘nikmalar) hamda soft skills (“yumshoq” ko‘nikmalar) ko‘nikmalarini raqamli integratsiya darajasida rivojlantirish orqali meritokratik yondashuvni amalga oshirishning nazariy-empirik asoslari ishlab chiqilgan;
davlat fuqarolik xizmatchilarida “qattiq” va “yumshoq” ko‘nikmalar korrelyasiyasiga tayangan holda faoliyat samaradorligini oshirishda Dreyfusning “Ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonidagi mental faoliyatning besh bosqichli modeli” (A Five-Stage Model of the Mental Activities Involved in Directed Skill Acquisition) asosida “tashxislash va rivojlantirish”ga yo‘naltirilgan indikatorlar tizimi (malaka talablari orqali intensiv o‘sish, simulyativ holatdagi empatik xususiyat, refleksivlik) ishlab chiqilgan;
islohotlar samaradorligini ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar (milliy-mental xususiyatlar, ehtiyojlar tizimi evolyusiyasi, moddiy va ijtimoiy shart-sharoitlar)ni bosqichma-bosqich algoritmlash va o‘zaro bog‘liqligini korrelyasiyalashning afzalligi nazariy-empirik asoslantirilgan, ularning boshqaruv qarorlari natijadorligiga ta’siri sotsiologik asoslantirilgan;
odamlarni rozi qilishda davlat fuqarolik xizmatchilarining jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan norozilik holatlari va ijtimoiy kelishmovchiliklarning oldini olishga preventiv yondashish, tomonlarni murosaga kelishtirish, barqarorlikni saqlash xususiyatlari orqali erta diagnostika qilish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash imkoniyatlari sotsiologik jihatdan asoslangan;
davlat fuqarolik xizmatchilarida konstruktiv muloqot o‘rnatish, ijtimoiy ishonch, proaktivlik ko‘nikmalarni jamoatchilik fikrini e’tiborga olib shakllantirishda davlat kadrlar siyosati hamda sotsiomadaniy etalonlar bilan uyg‘unlashtirilgan individual brendini rivojlantirish va fikrga ko‘ndirish, jamoatchilik fikrini boshqarish, emotsional intellekt, inson va ijtimoiy kapitalga ega bo‘lish, pozitiv imidjni shakllantirish zaruriyati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqotlari natijalari asosida:
O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatini takomillashtirishda kadrlarning “qattiq” va “yumshoq” ko‘nikmalarini raqamli integratsiya darajasida rivojlantirish orqali meritokratik yondashuvni amalga oshirishning nazariy-empirik asoslari ishlab chiqilgan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining mavzuga doir barcha tadbirlarida foydalanilgan. Natijada, mazkur tadqiqot ishida qo‘mita loyihalarining samaradorligini oshirishga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq “Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasiga oid yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘chirma”da keltirilgan “Senatning aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati”da ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirishda tadbir va targ‘ibot dasturlari takomillashtirishga xizmat qilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2025 yil 24 iyuldagi ma’lumotnomasi).
Davlat fuqarolik xizmatchilarida “qattiq” va “yumshoq” ko‘nikmalar korrelyasiyasiga tayangan holda faoliyat samaradorligini oshirishda Dreyfusning “Ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonidagi mental faoliyatning besh bosqichli modeli” (“A Five-Stage Model of the Mental Activities Involved in Directed Skill Acquisition”) asosida “tashxislash va rivojlantirish”ga yo‘naltirilgan indikatorlar tizimi (malaka talablari orqali intensiv o‘sish, simulyativ holatdagi empativ xususiyat, refleksivlik) bilan bog‘liq takliflardan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ijtimoiy - siyosiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanilgan. (“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025 yil 12 avgustdagi 02/02-81-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining 5.1. “Davlat va jamoat tashkilotlari boshqaruvini takomillashtirish” bobida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishda foydalanilgan.
Islohotlar samaradorligini ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar (milliy-mental xususiyatlar, ehtiyojlar tizimi evolyusiyasi, moddiy va ijtimoiy shart-sharoitlar)ni bosqichma-bosqich algoritmlash va o‘zaro bog‘liqligini korrelyasiyalashning afzalligi nazariy-empirik asoslantirilgan, ularning boshqaruv qarorlari natijadorligiga ta’siri sotsiologik asoslantirilganligi kabi yangiliklari, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining mavzuga doir barcha tadbirlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2025 yil 24 iyuldagi ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tadqiqot ishida qo‘mita loyihalarining samaradorligini oshirishga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq “Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasiga oid yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘chirma”da keltirilgan “Senatning aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati”da ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirishda tadbir va targ‘ibot dasturlarida unumli foydalanildi. Bu esa keng jamoatchilik ongida davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan ishonch va ijobiy munosabatlarning rivojlanishiga, xalq oldida davlat fuqarolik xizmatining nufuzi oshishiga xizmat qilgan.
Odamlarni rozi qilishda davlat fuqarolik xizmatchilarining jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan norozilik holatlari va ijtimoiy kelishmovchiliklarning oldini olishga preventiv yondashish, tomonlarni murosaga kelishtirish, barqarorlikni saqlash xususiyatlari orqali erta diagnostika qilish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash imkoniyatlariga oid xulosalaridan mintaqaviy va tarmoq markazlaridagi malaka oshirish o‘quv-uslubiy dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 18 iyuldagi 3/17-2025-776-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kadrlarining qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yangi preventiv yondashuvdagi axborot-metodik ta’minotni joriy etish imkoni yuzaga kelgan.
Davlat fuqarolik xizmatchilarida konstruktiv muloqot o‘rnatish, ijtimoiy ishonch, proaktivlik ko‘nikmalarni jamoatchilik fikrini e’tiborga olib shakllantirishda davlat kadrlar siyosati hamda sotsiomadaniy etalonlar bilan uyg‘unlashtirilgan individual brendini rivojlantirish va fikrga ko‘ndirish, jamoatchilik fikrini boshqarish, emotsional intellekt, inson va ijtimoiy kapitalga ega bo‘lish, pozitiv imidjni shakllantirish zaruriyatiga oid takliflardan “Ta’lim menejerining innovatsion faoliyati, kompetentligi, professionalligi”, “Boshqaruv psixologiyasi va liderlik” malaka oshirish kursi modullari mazmunini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 18 iyuldagi 3/17-2025-776-9-son ma’lumotnomasi). Natijada Oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining malaka oshirish kursida ilmiy-innovatsion kompetensiyalarni rivojlantirish tendensiyalari boyicha zaruriy yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga xizmat qilgan.