Hamidova Laylo Kamildjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “teskari o‘qitish (Flipped Learning)”ga metodik tayyorgarligini rivojlantirish
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7943
Ilmiy rahbar: Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Urakov Sherzod Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Saidova Mohinur Jonpo‘latovna, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “teskari o‘qitish (Flipped Learning)”ga metodik tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “teskari o‘qitish”ga metodik tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik tizimi F-L-I-P tamoyillari (moslashuvchan muhit, o‘rganish madaniyati, maqsadli kontent va pedagog roli)ni ustuvorlashtirish hamda individual o‘qish, auditoriyadagi faol o‘rganish, formativ baholash va refleksiv qayta loyihalash bosqichlarini yagona siklik jarayonga keltirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “teskari o‘qitish”ga metodik tayyorgarligini rivojlantirish modeli amaliy metodik ko‘nikmalarni shakllantirish, raqamli kontentni o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga moslashtirish hamda hamkorlikdagi, muammoli va loyihaviy faol o‘rganish texnologiyalarini tuzilmaviy-funksional model komponentlariga integratsiyalovchi pedagogik tizim sifatida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “teskari o‘qitish”ga tayyorlash metodikasi raqamli ta’lim resurslarining metodik imkoniyatlarini didaktik jihatdan kengaytirish hamda auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni interfaol o‘qitish metodlari asosida pedagogik dizaynning iterativ yondashuvi bilan uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “teskari o‘qitish”ga metodik tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi diagnostik mezonlar asosida reproduktiv, konstruktiv va kreativ darajalar bo‘yicha formativ, summativ, peer-review hamda rubrika vositasida majmuaviy baholash orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “teskari o‘qitish (Flipped Learning)”ga metodik tayyorgarligini rivojlantirishga oid olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “teskari o‘qitish”ga metodik tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik tizimi F-L-I-P tamoyillari (moslashuvchan muhit, o‘rganish madaniyati, maqsadli kontent va pedagog roli)ni ustuvorlashtirish hamda individual o‘qish, auditoriyadagi faol o‘rganish, formativ baholash va refleksiv qayta loyihalash bosqichlarini yagona siklik jarayonga keltirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. [O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-sonli nashr ruxsatnomasi]. Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik tizimini yagona siklik jarayonga keltirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “teskari o‘qitish”ga metodik tayyorgarligini rivojlantirish modeli amaliy metodik ko‘nikmalarni shakllantirish, raqamli kontentni o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga moslashtirish hamda hamkorlikdagi, muammoli va loyihaviy faol o‘rganish texnologiyalarini tuzilmaviy-funksional model komponentlariga integratsiyalovchi pedagogik tizim sifatida takomillashtirishga oid tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2024-2025-yillar davomida bajarilgan AL-662204339 - sonli “Maktab o‘quvchilaridagi iqtidorni va kasbiy qiziqishni onlayn aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik dasturiy taʼminotni yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan [O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 9-yanvardagi 04/11-341 raqamli ma’lumotnoma]. Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “teskari o‘qitish”ga metodik tayyorgarligini rivojlantirish modeli amaliyotga kiritish imkonini bergan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “teskari o‘qitish”ga tayyorlash metodikasi raqamli ta’lim resurslarining metodik imkoniyatlarini didaktik jihatdan kengaytirish hamda auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni interfaol o‘qitish metodlari asosida pedagogik dizaynning iterativ yondashuvi bilan uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “teskari o‘qitish”ga tayyorlash metodikasi mazmuni mashg‘ulotlarning pedagogik dizaynini iterativ loyihalash asosida takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “teskari o‘qitish”ga metodik tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi diagnostik mezonlar asosida reproduktiv, konstruktiv va kreativ darajalar bo‘yicha formativ, summativ, peer-review hamda rubrika vositasida majmuaviy baholash orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalardan “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “teskari o‘qitish”ga metodik tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligining sifat o‘zgarishini ta’minlashga erishilgan.