Baratov Rashid O‘sarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda etuk kadrlar tayyorlashning etnomadaniy xususiyatlari va tamoyillari”, 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (madaniyat falsafasi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fal188.
Ilmiy rahbar: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasanomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovna, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida etuk kadrlar tayyorlashda etnomadaniy xususiyatlarning ahamiyatiga innovatsion yondashuvning mohiyatini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy, etnomadaniy va umuminsoniy qadriyatlar milliy ta’lim strategiyasining zaruriy komponentlari ekanligi ilmiy asoslangan;
zamonaviy mutaxassis kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashning tizimli hamda maqsadli tamoyillari ishlab chiqilgan;
kadrlarda ijtimoiy daxldorlik hamda intellektual kompetentlikni shakllantirishda etnomadaniyatning pragmatik va ratsional xususiyatlariga e’tibor berish muhimligi asoslangan;
ijtimoiy taraqqiyotda etnomadaniy tamoyillar (jamoaviylik, tashabbuskorlik, ijtimoiy adolat) kadrlar salohiyatini yanada yuksaltirish omili ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kadrlar tayyorlash jarayonida etnomadaniy xususiyatlar va tamoyillar bilan bog‘liq muammolarni tadqiq etish asosida:
milliy, etnomadaniy va umuminsoniy qadriyatlar milliy ta’lim strategiyasining zaruriy komponenti ekanligiga oid ilmiy xulosalardan 2018–2020 yillarga mo‘ljallangan PZ-20170930369 raqamli “Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarni yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida  foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 26 iyundagi 08/09-840-son ma’lumotnomasi). Natijada mutaxassis kadrlarda globallashuv jarayonida inson ongiga salbiy ta’sir etuvchi turli ma’naviy tahdidlarga qarshi  g‘oyaviy immunitet shakllanishiga xizmat qilgan.
zamonaviy mutaxassis kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashning tizimli hamda maqsadli tamoyillariga oid taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” ning “Temir yo‘l transportini yanada rivojlantirishning konseptual yo‘nalishlari” deb nomlangan III bo‘limni “Kadrlar siyosatini faollashtirish” bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning NOK-2893/19-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi ta’lim muassasalarida etishib chiqayotgan mutaxassislarda kasbiy kompetentlik, intellektual dunyoqarash va milliy tuyg‘uni shakllanishiga xizmat qilgan.
kadrlarda ijtimoiy daxldorlik hamda intellektual kompetentlikni shakllantirishda etnomadaniyatning pragmatik va ratsional xususiyatlariga e’tibor berish muhimligi haqidagi xulosalardan “Fan to‘g‘risida” gi qonun loyihasini O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan ishlab chiqilishida foydalanilgan. (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2019 yil 25 oktyabrdagi 01-1/1/394-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatni modernizatsiya qilishda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi zamon talablari darajasiga ko‘tarilishiga xizmat qilgan.
ijtimoiy taraqqiyotda  etnomadaniy tamoyillar (jamoaviylik, tashabbuskorlik, ijtimoiy adolat) kadrlar salohiyatini yanada yuksaltirish omili ekanligiga oid tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2019 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan yo‘l xaritasining 3, 5-bandlarini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining 2019 yil 11 iyundagi 04-13/2707-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtidorli yoshlarda tashabbuskorlik, daxldorlik, ilmiy tadqiqotlar qilishga intilishni yanada yuksaltirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish