Fattoxov Ulug‘bek Abduxalimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta biznes sub’ektlari faoliyatini kreditlash tizimini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5089
Ilmiy rahbar: Tashmatov Zayirkul Xudayberganovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ziyaev Azamat Mirza o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Toshkent Rossiya iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik va o‘rta biznes sub’ektlari faoliyatini kreditlash yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini yangi “Ekspress” innovatsion kredit mahsulotini ko‘rsatishni taklif etildi;
kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining asosiy hisob raqami boshqa bankda bo‘lganda mavjud foiz stavkasiga 2 foiz qo‘shish orqali kreditlash bank daromadlarini 3 foizga oshirish taklifi asoslandi;
kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini noturar ko‘chmas mulkni sotib olishi uchun “Biznes ipoteka” kredit mahsuloti orqali boshlang‘ich to‘lov miqdoriga proporsional tarzda kreditlash usuli taklif etildi;
quyosh panellari va inventarlarini ishlab chiqaruvchi kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga “Light green” kredit mahsuloti orqali aylanma mablag‘larni to‘ldirish asosiy Markaziy bank qayta moliyalash stavkasiga 7 foiz ustama qo‘shish orqali kreditlash taklif etildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarida barcha tadbirkorlik sub’ektlariga yangi “Ekspress” innovatsion kredit mahsulotini ko‘rsatish orqali bank daromadlarini 2 foizgacha oshirish taklifi “O‘zmilliy bank” AJning 2025 yilda rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda inobatga olingan (“O‘zmilliy bank” AJning 2026-yil 30-yanvardagi №02/I-830/03-son ma’lumotnoma). Natijada, bankning tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatadigan xizmatlari soni ortishiga va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga imkon bergan. Shuningdek, 2025-yilning 4-choragida 25 ta mijozlar ushbu xizmat turidan foydalanib 44,5 mlrd. so‘m kredit olishga erishgan va bank oylik 927,0 mln. so‘mdan foizli daromad olishga erishib, yillik 11,1 mlrd. so‘mdan ortiq foizli daromad olishga erishiladi;
Tadbirkorlik sub’ektlarining asosiy hisob raqami boshqa bankda bo‘lganda mavjud foiz stavkasiga 2 foiz qo‘shish orqali kreditlash bank daromadlarini oshirish taklifi “O‘zmilliy bank” AJning 2025 yil uchun Kredit siyosatini ishlab chiqishda inobatga olindi (“O‘zmilliy bank” AJning 2026-yil 30-yanvardagi №02/I-830/03-son ma’lumotnoma). Natijada, bank tomonidan kredit mahsulotlari taklifi kengayib mijozlar soni ortishiga olib keladi. Shuningdek ushbu usul orqali bank daromadi kredit turlari hisobiga o‘rtacha 40,0 – 50,0 mlrd. so‘m qo‘shimcha ortishiga erishilgan;
Tadbirkorlik sub’ektlarini noturar ko‘chmas mulkni sotib olishi uchun “Biznes ipoteka” kredit mahsuloti orqali boshlang‘ich to‘lov miqdoriga proporsional tarzda kreditlash usuli taklifi “O‘zmilliy bank” Ajning 2025 yil uchun Kredit siyosatini ishlab chiqishda inobatga olindi (“O‘zmilliy bank” AJning 2026-yil 30-yanvardagi №02/I-830/03-son ma’lumotnoma). Natijada, bank tomonidan 2026-2027 yillarda tadbirkorlik sub’ektlariga noturarjoy ko‘chmas mulk sotib olish uchun bank 500,0 mlrd. so‘mdan ortiq kreditlar ajratilishi natijasida bank daromadi yillik 120,0 mlrd. so‘mdan oshishiga erishish rejalashtirilgan;
Quyosh panellari va inventarlarini ishlab chiqaruvchi kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga “Light green” kredit mahsuloti orqali aylanma mablag‘larni to‘ldirish asosiy Markaziy bank qayta moliyalash stavkasiga 7 foiz ustama qo‘shish orqali kreditlash taklifi “O‘zmilliy bank” AJning 2025 yilga mo‘ljallangan Kredit siyosatini ishlab chiqishda inobatga olindi (“O‘zmilliy bank” AJning 2026-yil 30-yanvardagi №02/I-830/03-son ma’lumotnoma). Natijada, bank tomonidan kredit mahsulotlari taklifi kengayib mijozlar soni ortishiga olib kelgan. Ushbu usul orqali bank 4006 ta mijozlarga jami 453,5 mlrd. so‘m, shundan 218 ta tadbirkorlik sub’eklariga 337,5 mlrd. so‘m va 3793 ta aholi xonadonlariga 116,0 mlrd. so‘m kreditlar ajratilgan. Bank daromadi kredit turi hisobiga yillik 109,0 mlrd. so‘mga ortishiga erishilgan.