Xojanazarov Nazarbek Reypnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chorvachilik komplekslarida raqamli texnologiyalarni transferlash jarayonini samarali boshqarish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.13 – Menejment va 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4260
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.04.12.
Rasmiy opponentlar: Xodjaeva Nodiraxon Abdurashidovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimova Shirin Zoxid qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: raqamli chorvachilik komplekslarini shakllantirish sharoitida chorvachilikni samarali boshqarishni rivojlantirish istiqbollarini asoslash va soha samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “chorvachilik kompleksining raqamli boshqaruv tizimi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni chorvachilik komplekslarini boshqaruv jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirishda oziqlantirish, chorva hayvonlarini sensorlar asosida kompleks monitoring qilish, ozuqa resurslarini optimal boshqarish, sog‘ish, buzoqlanish jarayonlarini boshqarish va buzoq sog‘lig‘ini monitoring qilish, raqamli sog‘lomlashtirish hamda mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
chorvachilik komplekslari hudud aholisining go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish darajasini baholash usullarini qo‘llashda “yuqori” [75-100], “o‘rta” (50-75], “past” [0-50] baholash mezonlaridan chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompleks, xo‘jalik va boshqa korxonalarda foydalanish taklifi ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yaylov yuklamasini me’yorlash, degradatsiyaga uchragan erlarni tiklash, ozuqa ekini maydonlarini oqilona joylashtirish va erdan foydalanishni chorva zichligiga moslashtirish orqali hududiy chorvachilik komlekslari, klasterlari va fermer xo‘jaliklarida er va yaylov resurslaridan foydalanish samaradorligini 12-18% ga oshirish taklifi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligi va sifatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini raqamli boshqaruv tizimlariga ko‘ra aniqlashtirish asosida mintaqada etishtiriladigan chorvachilik mahsulotlari hajmining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chorvachilik komplekslarini rivojlantirish va boshqarish samaradorligini ta’minlash va istiqbollarini belgilashga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “chorvachilik kompleksining raqamli boshqaruv tizimi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini chorvachilik komplekslarini boshqaruv jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirishda oziqlantirish, chorva hayvonlarini sensorlar asosida kompleks monitoring qilish, ozuqa resurslarini optimal boshqarish, sog‘ish, buzoqlanish jarayonlarini boshqarish va buzoq sog‘lig‘ini monitoring qilish, raqamli sog‘lomlashtirish hamda mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Sanli ekonomika” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 iyuldagi 314-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi talabalarda chorvachilik komplekslarini boshqaruv jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “chorvachilik kompleksining raqamli boshqaruv tizimi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkonini yaratgan;
chorvachilik komplekslari hudud aholisining go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish darajasini baholash usullarini qo‘llashda “yuqori” [75-100], “o‘rta” (50-75], “past” [0-50] baholash mezonlaridan chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompleks, xo‘jalik va boshqa korxonalarda foydalanish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 12 martdagi 02/016-994-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi raqamli chorvachilik komplekslarini shakllantirish va boshqarishga ta’sir qiluvchi omillar ta’sirini miqdoriy baholash va salbiy oqibatlarini kamaytirishga, chorvani oziqlantirish hamda chorvachilik mahsulotlarini etishtirishni optimallashtirish, sifat me’yorlariga ko‘ra mahsulot olish, vaznni hisobga olgan holda oziqlantirishni ratsionlashtirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yaylov yuklamasini me’yorlash, degradatsiyaga uchragan erlarni tiklash, ozuqa ekini maydonlarini oqilona joylashtirish va erdan foydalanishni chorva zichligiga moslashtirish orqali hududiy chorvachilik komplekslari, klasterlari va fermer xo‘jaliklarida er va yaylov resurslaridan foydalanish samaradorligini 12-18% ga oshirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan sohani istiqbolda rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini asoslashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 12 martdagi 02/016-994-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi hududiy chorvachilik komplekslari, klasterlari va fermer xo‘jaliklarida er va yaylov resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligi va sifatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini raqamli boshqaruv tizimlariga ko‘ra aniqlashtirish asosida mintaqada etishtiriladigan chorvachilik mahsulotlari hajmining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan sohani istiqbolda rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini asoslashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 12 martdagi 02/016-994-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi istiqbol davrida mintaqada chorvani oziqlantirish va sut etishtirishni optimallashtirish va samaradorlikni muayyan darajada oshirishga xizmat qilgan.