Toshtemirov Inomjon Muqimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Temir yo‘l yuk tushirish punktlari ishchilarining mehnat sharoitlari xavfsizligini oshirish usullarini takomillashtirish, 05.10.01 – “Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T5460.
Ilmiy rahbar: Xudayberganov Sakijan Kabildjanovich, texnika fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.10/2025.27.12.T.01.03 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdazimov Shavkat Xakimovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Narziev Shovkiddin Murtozaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l yuk tushirish punktlari ishchilarining mehnat sharoitlari xavfsizligini oshirish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yarim ochiq vagonlarning quyi lyuklarini qo‘l kuchi asosida yopish jarayonida xizmat ko‘rsatuvchi xodimning dinamik jismoniy yuklamasi, energiya sarfi va ish bajarish davomiyligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlanib, mavjud texnologiyaning mehnat muhofazasi talablariga muvofiqligi va texnologik samaradorligini kompleks baholash mezonlari ishlab chiqilgan; 
ilk bor yuklarni ko‘tarilgan yo‘lda tushirish jarayonida temir yo‘l yarim ochiq vagonlarining quyi lyuklarini yopish uchun ishchi maydonchalarda joylashtirilgan elektr tal qo‘llanilishiga asoslangan xizmat ko‘rsatuvchi xodimning jismoniy yuklamasini kamaytirish imkonini beruvchi mexanizatsiyalashtirilgan texnologiya ishlab chiqilgan;
yarim ochiq vagon quyi lyuklarining joylashish balandligi va ularni ochishda qo‘llaniladigan asbob turini hisobga olgan holda lyuklarni ochish jarayonida xodim mehnatining dinamik yuklamada ishlash davomiyligi va energiya sarfini kompleks baholash usuli ishlab chiqilgan;
ko‘tarilgan yo‘lda joylashgan yarim ochiq vagonlardan ko‘mirni quyi lyuklar orqali tushirish jarayonida hosil bo‘ladigan chang zarrachalarining tarqalish tavsiflarini hisoblash modeli aerodinamik oqimlar xususiyatlari va yuk tushirish balandligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l yuk tushirish punktlari ishchilarining mehnat sharoitlari xavfsizligini oshirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘tarilgan yo‘lda joylashgan yarim ochiq vagonlardan ko‘mirni quyi lyuklar orqali tushirish jarayonida hosil bo‘ladigan chang zarrachalarining tarqalish tavsiflarini hisoblash modeli hamda temir yo‘l yarim ochiq vagonlarining quyi lyuklari orqali yuklarni tushirish usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga kiruvchi “Qo‘qon Mintaqaviy temir yo‘l uzeli”  filialida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 21-yanvardagi 4/E87-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, lyuk bel balandligida joylashgan holatda ishchi mehnati SanPiN RUz №0141-03 2 – engil ishlar toifasiga, lyuk 2,8 metr balandlikda joylashgan holatda esa 3.2 – og‘ir ishlar toifasiga kirishi asoslangan hamda ko‘tarilgan yo‘lda yuk tushirish estakadasini qo‘llash orqali xodimning bitta vagon lyuklarini ochish jarayonidagi mehnat sarfi 37% ga va energiya sarfi 1,43 barobar kamayishi asoslangan;
yarim ochiq vagon lyuklarini ochish jarayonida xodim mehnatining fiziologik yuklamada ishlash davomiyligi va energiya sarfini kompleks baholash usuli, ishchi maydonchalarda joylashtirilgan elektr tal qo‘llanilishiga asoslangan xizmat ko‘rsatuvchi xodimning jismoniy yuklamasini kamaytirish imkonini beruvchi mexanizatsiyalashtirilgan texnologiya “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga kiruvchi “Qo‘ng‘irot Mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 21-yanvardagi 4/E87-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, normal ob-havo sharoitida ko‘mirni quyi lyuklar orqali tushirish jarayonida hosil bo‘ladigan yirik chang zarrachalarining maksimal ko‘tarilish balandligi 3,2 m, gorizontal tarqalish masofasi 3,0 m atrofida cheklanishi va havoda o‘rtacha 1,0 daqiqa davomida bo‘lishi aniqlangan hamda temir yo‘l yarim ochiq vagonlarining quyi lyuklari orqali yuklarni tushirish usulini tadbiq etish orqali ishchilarga chang ta’sirini kamida 2 barobar kamaytirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish