Xaydarova Mashxura Qurbonali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ayollar kostyumi uchun naqshli yangi to‘qima turini va uni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish”, 05.06.02-“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5983
Ilmiy rahbar: Valiev Gulam Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Alieva Dilbar Ganievna, texnika fanlari doktori, professor;
Doniyorova Matluba Adashbaevna texnika fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: To‘quv dastgohining imkoniyatlaridan keng foydalanib, mahalliy xom ashyodan foydalangan xolda yangi ayollar kostyumbop naqshli to‘qimasini yartishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
to‘qimalar tuzilishini aniqlovchi omillar tahlili asosida polotno o‘rilishi va arqoq qoplamalarining kombinatsiyasi orqali to‘qimada mikro-bo‘shliqlar tizimini shakllantirishga asoslangan, to‘qimaning g‘ovakdorligini ortishini ta’minlaydigan katak naqshli o’rilishlarning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
to‘qimalarning tuzilish parametrlarini nazariy tadqiq qilish asosida naqsh shakllanish qonuniyatlarini miqdoriy modellashtirish imkonini beradigan, takomillashtirilgan turdagi katak naqshli to‘qimalarning rapport va katak o‘lchamlari orasidagi matematik bog‘liqliklari olingan;
takomillashtirilgan turdagi katak naqshli xom va tayyor to‘qimalarda pardozlash qisqarishini hisobga olgan holda ishlab chiqarish boshlanishidan oldin katak bo‘lagidagi naqshning uzunligi va enini bashorat qilish imkonini beruvchi formulalar ishlab chiqilgan;
to‘la omilli tajribalar natijasida olingan regression model yordamida ip buramlari soni va to‘qima zichligining havo o‘tkazuvchanlikka ta’siri miqdoriy baholanib, boshqarishning matematik-statistik mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ayollar kostyumbop naqshli to‘qimalarini rapirali to‘quv dastgohining imkoniyatlaridan keng foydalanib, mahalliy xomashyodan foydalangan holda yaratish, ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
ayollar kostymbop naqshli to‘qimalarini olish texnologiyasini “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani “OQ TOSh TEKSTIL” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan. («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2026-yil 6-iyuldagi № 01/06-994 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, to‘quv jarayonida mehnat unumdorligi 11,7 % ga oshgan, p.m. to‘qimaga keltirilgan xarajatlar mavjud texnologiyada 25006 so‘m, yangi taklif etilayotgan texnologiyada esa 24801 so‘mni tashkil etgan va 205 so‘mga kamaygan. Ayollar kostyumi uchun naqshli yangi to‘qima turini va uni ishlab chiqarish takomillashtirilgan texnologiyasini ishlab chiqarishga joriy etishdan iqtisodiy samaradorlik yiliga 905,637 ming so‘mni tashkil etgan.