Babaxanov Laziz Abdullaxanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ulug‘bek Hamdam she’riyati lingvopoetikasi, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3256. 
Ilmiy rahbar: Nasirov Isxak, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.40.01.
Rasmiy opponentlar: Yarashova Nasiba Jumaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ulug‘bek Hamdam she’riyati misolida o‘zbek tili birliklarining estetik-semantik imkoniyatlarini ochib berish hamda ularning badiiy-g‘oyaviy mazmunni shakllantirishdagi o‘rni va vazifasini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
she’riy matnning lingvopoetik modeli ishlab chiqilib, unda poetik mazmunning shakllanishi fonetik, leksik, morfologik va sintaktik sathlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat hamda badiiy-estetik axborotni hosil qilish mexanizmlari aniqlangan;
Ulug‘bek Hamdam she’riyati tilidagi fonetik, grafik va leksik-semantik birliklarning o‘zaro uyg‘unligi poetik obrazning individual-uslubiy xususiyatlarini shakllantiruvchi hamda badiiy-estetik ta’sirchanlikni ta’minlovchi lingvopoetik tizimni tashkil etishi dalillangan;
Ulug‘bek Hamdam she’riyatida metafora, metonimiya, sinekdoxa va oksyumoronlarning o‘zaro uyg‘un qo‘llanishi poetik mazmunning yaxlit va serqirra ifodasini ta’minlovchi hamda muallifning individual badiiy tafakkurini konseptuallashtiruvchi asosiy lingvopoetik vositalar tizimini tashkil etishi isbotlangan;
Ulug‘bek Hamdam she’riyatida morfologik va sintaktik vositalarning estetik-ekspressiv salohiyati poetik nutqning ritmik, emotsional va semantik yaxlitligini ta’minlashdagi funksional xususiyatlari hamda ularning muallif individual uslubini shakllantirish qonuniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ulug‘bek Hamdam she’riyatini lingvopoetik jihatdan tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
she’riy matnning lingvopoetik modeli ishlab chiqilib, unda poetik mazmunning shakllanishi fonetik, leksik, morfologik va sintaktik sathlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat hamda badiiy-estetik axborotning ko‘p qatlamli ifodalanishi asosida voqelanishi xususidagi xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IL-402104474-“Bolalar adabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026 - yil 18-fevraldagi 04/1-957-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek bolalar she’riyatining lingvopoetik xususiyatlarini yorituvchi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bazasini shakllantirish, bolalar she’riyati tilining badiiy-estetik imkoniyatlarini ilmiy asosda tavsiflash hamda U.Hamdam she’riyati misolida poetik matnning fonetik va leksik-semantik xususiyatlarini ochib berishda muhim ilmiy manba sifatida xizmat qilgan;
Ulug‘bek Hamdam she’riyati tilidagi fonetik, grafik va leksik-semantik birliklarning o‘zaro uyg‘unligi poetik obrazning individual-uslubiy xususiyatlarini shakllantiruvchi hamda badiiy-estetik ta’sirchanlikni ta’minlovchi yaxlit lingvopoetik mexanizm to‘g‘risidagi xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining oʻzbek adabiyotining tarixi, buguni va boy madaniyatini, el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan erishilayotgan tub o‘zgarishlarni teran aks ettirishga qaratilgan yuksak badiiy asarlar yaratishga rag‘batlantirish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2026-yil 03-martdagi 01/03-100-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek she’riyatining badiiy-estetik tamoyillari, xususan, Ulug‘bek Hamdam ijodining poetik xususiyatlarini ilmiy asosda yoritishga oid nazariy qarashlar yosh ijodkorlarning badiiy mahoratini oshirish, ular ijodida milliy va zamonaviy poetik tafakkur uyg‘unligini shakllantirish hamda kitobxonlik tanlovlari uchun ilmiy-metodik materiallar tayyorlashda muhim manba sifatida xizmat qilgan;
Ulug‘bek Hamdam she’riyatida metafora, metonimiya, sinekdoxa va oksyumoronlarning o‘zaro uyg‘un qo‘llanishi poetik mazmunning ko‘p qatlamli ifodasini hosil qiluvchi hamda muallifning individual badiiy tafakkurini konseptuallashtiruvchi asosiy lingvopoetik vositalar tizimini tashkil etishi yuzasidan chiqarilgan xulosalardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tamaddun darg‘alari” nomli ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqish jarayonida samarali foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” telekanalining 2026-yil 2-martdagi 01-33/140-son ma’lumotnomasi). Natijada OAVning badiiy saviyasini oshirish, unda poetik tafakkur va obrazlilikni ta’sirchan shaklda yoritish, shuningdek, ilmiy-ma’rifiy kontentning estetik hamda kommunikativ samaradorligini kuchaytirishda mazkur tadqiqotning lingvopoetik xulosalari muhim metodologik manba sifatida xizmat qilgan;
Ulug‘bek Hamdam she’riyatida morfologik va sintaktik vositalarning estetik-ekspressiv imkoniyatlari poetik nutqning ritmik, emotsional va semantik yaxlitligini ta’minlovchi funksional omillar ekani to‘g‘risidagi nazariy qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida amalga oshirilgan AI-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2026-yil 12-martdagi 114-son ma’lumotnomasi). Natijada Ulug‘bek Hamdam she’riyatining lingvopoetik xususiyatlariga oid ilmiy xulosalar yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi o‘quv-metodik materiallar takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish