Nurova Firuza Kamolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): O‘zbek tili morfoanalizatori uchun fe’l analitik shakllarini modellashtirish, 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Fil7332.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Sadoqat Xolmatovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07.
Rasmiy opponentlar: Muhammedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Eshmo‘minov Asqar Allamurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi fe’lning analitik shakllarini morfoanalizatorda modellashtirish orqali axborot-qidiruv tizimlari va mashinali o‘qitishdagi avtomatik tanib olish modellarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi fe’l analitik shakllarini avtomatik aniqlashning formal lingvistik modeli ishlab chiqilib, analitik konstruksiyalarni tavsiflovchi morfologik, sintaktik va funksional belgilar tizimi aniqlangan hamda ularning formal grammatik tavsifi asoslangan, shuningdek fe’l analitik shakllarini qo‘shma fe’l, frazeologik birlik va erkin fe’lli konstruksiyalardan ajratishning lingvistik-kompyuter modeli ishlab chiqilib, differensial belgilarga asoslangan klassifikatsiya mezonlarining ishonchliligi dalillangan;
o‘zbek tili morfoanalizatori uchun fe’l analitik shakllarining teglar tizimi va formal qoidalar bazasi ishlab chiqilib, ularni avtomatik identifikatsiyalash va boshqa sintaktik birliklardan differensiallashni ta’minlovchi morfologik hamda sintaktik atributlar tizimi aniqlangan.
fe’l analitik shakllarini avtomatik aniqlash, birlashtirish va markirovkalash algoritmlari ishlab chiqilib, ularning morfoanalizatorning funksional moduli sifatida qo‘llanishida avtomatik tahlilning aniqligi va qamrov darajasiga ko‘ra samaradorligi dalillangan;
o‘zbek tili morfoanalizatorida fe’l analitik shakllarini modellashtirishning integrallashgan konseptual modeli ishlab chiqilib, modelning lingvistik aniqlikni oshirish va analitik shakllarni avtomatik tahlil qilish sifatini yaxshilashning formal-lingvistik va algoritmik imkoniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili morfoanalizatori uchun fe’l analitik shakllarini modellashtirish mavzusida olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
o‘zbek tilidagi fe’l analitik shakllarini avtomatik aniqlashning formal lingvistik modeli ishlab chiqilib, analitik konstruksiyalarni tavsiflovchi morfologik, sintaktik va funksional belgilar tizimi aniqlangan hamda ularning formal grammatik tavsifi asoslangan, shuningdek fe’l analitik shakllarini qo‘shma fe’l, frazeologik birlik va erkin fe’lli konstruksiyalardan ajratishning lingvistik-kompyuter modeli ishlab chiqilgan natijalaridan va materiallaridan 2020-2023-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-F3-201908172 – “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 24-iyundagi 01/4-2680-son ma’lumotnomasi). Natijada fe’l analitik shakllarini qo‘shma fe’l, frazeologik birlik va erkin fe’lli konstruksiyalardan ajratish yuzasidan korpusda morfologik tahlil samaradorligiga erishilgan;
o‘zbek tili morfoanalizatorida fe’l analitik shakllarini modellashtirishning integrallashgan konseptual modeli ishlab chiqilib, modelning lingvistik aniqlikni oshirish va analitik shakllarni avtomatik tahlil qilish sifatini yaxshilashning formal-lingvistik va algoritmik imkoniyatlari yuzasidan olib borilgan tadqiqotlaridan 2022-2024-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 24-iyundagi 01/4-2681-son ma’lumotnomasi). Natijada axborot-qidiruv tizimlari va o‘zbek tilining morfoanalizatorida fe’l analitik shakllarining modellari dasturiy ta’minot sifatida morfologik tahlil jarayonlarini aniqlashtirishiga erishilgan;
o‘zbek tili morfoanalizatori uchun fe’l analitik shakllarining teglar tizimi va formal qoidalar bazasi ishlab chiqilib, ularni avtomatik identifikatsiyalash va boshqa sintaktik birliklardan differensiallashni ta’minlovchi morfologik hamda sintaktik atributlar tizimi aniqlangan tadqiqotlaridan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “So‘z va adabiyot”, “Xalq qadrlagan durdonalar” kabi teleko‘rsatuvlarida hamda “Xalqning ma’naviy boyliklari” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining 2025-yil 6-oktyabrdagi 02-09-230-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi fe’l analitik shakllarining yanada samaraliroq va o‘rinli foydalanilishiga erishilgan.