Yusupov Ozod Rabbimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘zning rangdor pardasi tasviri bo‘yicha shaxsni biometrik identifikatsiyalash algoritmlari», 05.01.03–Informatikaning nazariy asoslari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1099.
Ilmiy rahbar: Fozilov Shavkat Xayrullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Babomuradov Ozod Jo‘raevich, texnika fanlari doktori; Bekmuratov Qosim Allaberdievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «UNICON.UZ» fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘zning rangdor pardasi tasvirlari tahlili asosida shaxsni biometrik identifikatsiyalash algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘zning rangdor pardasi tasviri sifatini ikki o‘lchovli Fur`e almashtirishi spektrining yuqori chastotalarining umumiy energiyasini hisoblash asosida etalonsiz baholash algoritm ishlab chiqilgan;
tasvirda ko‘zning rangdor pardasining ichki va tashqi chegaralarini aniqlash va ajratishning turli xalaqitlarga turg‘un hamda tasvirga ishlov berishi tezkor bo‘lgan algoritmlari ishlab chiqilgan;
tasvirda ko‘zning rangdor pardasi ko‘rinish sohasini to‘suvchi halaqitlarni aniqlashning tezkor va aniqlik darajasi yuqori bo‘lgan algoritmi ishlab chiqilgan;
tasvirdagi ko‘zning rangdor pardasi sohasining sifatini xarakterlovchi parametrlarini statistik tahlil asosida baholash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘zning rangdor pardasi tasviri bo‘yicha shaxsni identifikatsiyalash masalasini echish bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy natijalar asosida:
tasvirning sifatini etalonsiz baholash va unda ko‘zning rangdor pardasi joylashgan sohani ajratish, ushbu sohada to‘suvchi halaqitlarni aniqlash hamda uning sifatini xarakterlovchi parametrlarni baholash, ko‘zning rangdor pardasining belgilarini ajratish va tanib olish algoritmlari asosida yarilgan dasturiy majmua Payariq tumani hokimligining maxsus bo‘limiga ruxsatsiz kirishni cheklash maqsadida nazorat qilish va boshqarishda joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2019 yil 3 dekabrdagi 33-8/8554-son va Samarqand viloyati hokimligining 2019 yil 17 sentyabrdagi 07-10/1019-son ma’lumotnomalari). Ilmiy-tadqiqot natijasida xodimlar ko‘zining rangdor pardasi tasvirlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, testlash jarayonida xodimlarni maxsus bo‘limga kirishini nazorat qilish va boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ish hajmi 1.2 barobarga qisqartirish hamda xodimlar shaxsini identifikatsiya qilish aniqligini 15% ga oshirish imkonini bergan;
tasvirning sifatini etalonsiz baholash va unda ko‘zning rangdor pardasi joylashgan sohani ajratish, ushbu sohada to‘suvchi halaqitlarni aniqlash hamda uning sifatini xarakterlovchi parametrlarni baholash, ko‘zning rangdor pardasining belgilarini ajratish va tanib olish algoritmlari asosida yarilgan dasturiy majmua Samarqand viloyati Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasining axborot tizimlari va maxsus xonalarida foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning ishonchligini oshirish uchun ko‘zning rangdor pardasi tasviri bo‘yicha shaxsni biometrik identifikatsiyalash joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 23 sentyabrdagi 10-27680-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida foydalanuvchi xodimlar ko‘zning rangdor pardasi tasviri bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilib, testlash jarayonida xodimlarga axborot tizimlari va maxsus xonalardan foydalanishga ruxsat berish uchun xodimlarning shaxsini identifikatsiya qilish vaqtini 2 barobarga qisqartirish imkonini bergan.