Abdurashidova Sayyora Sirojiddin qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Til derivatsion tizimida affiksoidlarning o‘rni (ingliz va o‘zbek tili materiallari misolida), 10.00.13 – Qiyosiy va chogʻishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4115.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Baxriddinova Bashorat Ma’dievna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Turon universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.39.01. 
Rasmiy opponentlar: Danieva Maysara Djamalovna, filologiya fanlari doktori, professor; Abuzalova Mehriniso Qodirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tili materiallari asosida gradient morfologik tizimning dinamik elementi hisoblangan affiksoidlarning til derivatsion tizimida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tilshunoslikda affiks va mustaqil leksema o‘rtasidagi oraliq birlik hisoblangan affiksoidlarning grammatikalizatsiya jarayonidagi evolyusion taraqqiyoti, leksemadan affikslikka o‘tishning gradatsion bosqichlari, oraliq lisoniy birlik sifatidagi kategorial maqomi, struktur-semantik va derivatsion-funksional tabiati, polifunksionalligi hamda yangi yasama birliklar hosil qilishdagi mahsuldorlik darajasini belgilovchi omillar kompleks lingvistik tahlil asosida ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida affiksoidlarning universal hamda milliy xususiyatlari, dinamik o‘zgaruvchanligi, gradient morfologik kategoriya ekani ingliz tilidagi cyber-, crypto-, -phobia, -gate, -holic affiksoidlari hamda o‘zbek tilidagi -noma, -sifat, -bek, -xon, -jon affiksoidlari tahlili misolida ochib berilgan, ularning leksemadan affiksga o‘tishining grammatikalizatsiyaviy evolyusiya bosqichlari, semantik desemantizatsiya va funksional ixtisoslashuv jarayonlari, derivatsion mahsuldorligining ortish qonuniyatlari hamda affiksoidlashuv darajasini belgilovchi lingvistik mezonlar aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida affiksoidlarning prefiksoid, suffiksoid hamda ambipozision (asosdan oldin ham, keyin ham qo‘llanuvchi) turlari ajratilib, affiksoidlarning pozision differensiatsiyasi grammatikalizatsiya darajasi, semantik transformatsiyasi, derivatsion mahsuldorligi va yangi so‘z hosil qilish imkoniyatlari bilan shartlanishi aniqlangan;
derivatsion, kognitiv va korpusli yondashuvlar asosida qiyoslanayotgan tillarda affiksoidlar vositasida so‘z yasashning struktur-semantik, funksional va produktivlik darajasini belgilovchi derivatsion qoliplari aniqlanib, ularning mahsuldorlik ko‘rsatkichlari asosida sermahsul ([prefiksoid + asos] = ot; [asos + suffiksoid] = ot), kamunum ([prefiksoid + sifat/ot] = sifat/ot; [asos + suffiksoid] = sifat) hamda unumsiz ([prefiksoid + ot/fe’l] = ot/sifat; [prefiksoid + ot/fe’l] = ot/fe’l/sifat; [asos + suffiksoid] = ravish/sifat) derivatsion modellari ajratilgan; affiksoidlar ishtirokida ot turkumiga mansub birliklarni hosil qiluvchi modellarning ingliz va o‘zbek tillarida eng yuqori derivatsion faollik va mahsuldorlikka ega ekani nazariy hamda korpus materiallari asosida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Til derivatsion tizimida affiksoidlarning o‘rnini ingliz va o‘zbek tillari materiallari misolida o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
tilshunoslikda affiks va mustaqil leksema o‘rtasidagi oraliq birlik hisoblangan affiksoidlarning grammatikalizatsiya jarayonidagi evolyusion taraqqiyoti, leksemadan affikslikka o‘tishning gradatsion bosqichlari, oraliq lisoniy birlik sifatidagi kategorial maqomi, struktur-semantik va derivatsion-funksional tabiati, polifunksionalligi hamda yangi yasama birliklar hosil qilishdagi mahsuldorlik darajasini belgilovchi omillarning kompleks lingvistik tahlili, ingliz va o‘zbek tillarida affiksoidlarning universal hamda milliy xususiyatlari, dinamik o‘zgaruvchanligi, gradient morfologik kategoriya ekani ingliz tilidagi cyber-, crypto-, -phobia, -gate, -holic affiksoidlari hamda o‘zbek tilidagi -noma, -sifat, -bek, -xon, -jon affiksoidlari tahlili misolida ochib berilgan, ularning leksemadan affiksga o‘tishining grammatikalizatsiyaviy evolyusiya bosqichlari, semantik desemantizatsiya va funksional ixtisoslashuv jarayonlari, derivatsion mahsuldorligining ortish qonuniyatlari hamda affiksoidlashuv darajasini belgilovchi lingvistik mezonlar aniqlanganligiga oid ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023-yillarda olib borilgan  IL-21091506 “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati va mobil ilovasini yaratish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 16-apreldagi 04/1-2040-son maʼlumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida antroponimlardagi affiksoidli birliklarni tartibga solish, ularning to‘g‘ri yozilishi va izohlanishini ta’minlashda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida affiksoidlarning prefiksoid, suffiksoid hamda ambipozision (asosdan oldin ham, keyin ham qo‘llanuvchi) turlari ajratilib, affiksoidlarning pozision differensiatsiyasi grammatikalizatsiya darajasi, semantik transformatsiyasi, derivatsion mahsuldorligi va yangi so‘z hosil qilish imkoniyatlari bilan shartlanishi aniqlanganligiga oid ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida olib borilgan Erasmus+ International KA107 Creidit mobility Key action 1- Mobility for learners and staff – Higher education student and staff mobility” Gumbold universiteti, Germaniya 2022-2025 nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 16-apreldagi 04/1-2041-son maʼlumotnomasi). Bu maʼlumotlar amaliy grant doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, tezislar hamda monografiyalar saviyasini oshirishda xizmat qilgan;
derivatsion, kognitiv va korpusli yondashuvlar asosida qiyoslanayotgan tillarda affiksoidlar vositasida so‘z yasashning struktur-semantik, funksional va produktivlik darajasini belgilovchi derivatsion qoliplari aniqlanib, ularning mahsuldorlik ko‘rsatkichlari asosida sermahsul ([prefiksoid + asos] = ot; [asos + suffiksoid] = ot), kamunum ([prefiksoid + sifat/ot] = sifat/ot; [asos + suffiksoid] = sifat) hamda unumsiz ([prefiksoid + ot/fe’l] = ot/sifat; [prefiksoid + ot/fe’l] = ot/fe’l/sifat; [asos + suffiksoid] = ravish/sifat) derivatsion modellari ajratilgan; affiksoidlar ishtirokida ot turkumiga mansub birliklarni hosil qiluvchi modellarning ingliz va o‘zbek tillarida eng yuqori derivatsion faollik va mahsuldorlikka ega ekani nazariy hamda korpus materiallari asosida asoslanganligiga oid ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi “Fayzli kun” dam olish dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2026-yil 8-apreldagi 17-05/59-son ma’lumotnomasi). Natijada dastur mazmuni yanada mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan boyishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish