Yakubova Zilola Zikirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni  ijtimoiy kompetensiyalarini milliy tarbiya asosida shakllantirish texnologiyasi” 13.00.08-Maktabgacha ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9771 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sadikova Shoista Akbarovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.03.05
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna pedagogika fanlari doktori (DSc) professor, Xasanov Toxir Abdurashidovich iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha  katta yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetensiyalarini milliy tarbiya asosida shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari kompetensiyaning tarkibiy qismlarini subektlararo munosabatlardagi erkin va ijobiy muloqot atmosferasiga fasilitatsiyalash, ota-ona va tarbiyachi hamkorligini milliy qadriyatlarga mos yosh va individual hususiyatlariga differensial yo‘naltirish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish modeli maqsad-natijaviy komponentlarning o‘zaro integratsiyasini metodik tizimning faollik, hamkorlik, ongligi qaror qabul qilish akmegolik-strategik maqsadlariga muvofiqlashtirish, rivojlantiruvchi muhitni illyustrativ, milliy burchaklar tashkil etishga motivatsiyasining aksiologik-prakseologik yo‘naltirilganligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
milliy tarbiya asosida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetensiyalarini shakllantirish texnologiyalari ta’lim jarayoni mazmunini qadriyatlar, ana’nalar va madaniy meroslarga etnomadaniy tamoyillar orqali modifikatsiyalash, ijtimoiy muhit uyg‘unligini ijtimoiylashuv zanjiriga implementatsiyalash asosida takomillashtirilgan;  
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetentligini milliy tarbiya asosida shakllantirish texnologiyalarini qo‘llash samaradorligi ijtimoiy faollikni hamkorlik, qadrlash, milliy manfaat va an’analariga mutanosibligini subekt-subekt pozisiyasiga asoslangan intersubektiv hamkorlik orqali ta’minlash, ijtimoiy loyihalarga jalb etish tuyg‘usini rivojlantirish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining katta guruh tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini milliy tarbiya orqali rivojlantirish bo‘yicha:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari tarkibiy qismlarini subektlararo munosabatlarda erkin va ijobiy muloqot atmosferasini fasilitatsiyalash, ota-ona va tarbiyachi hamkorligini milliy qadriyatlarga mos holda yosh hamda individual xususiyatlarga differensial yo‘naltirish kabi tavsiyalar “Milliy tarbiya asoslari” nomli oʻquv qoʻllanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 22 maydagi 11-05-3300/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy kompetensiyalarini milliy tarbiya asosida shakllantirishning metodik jihatlarini takomillashtirishga erishilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish modeli maqsad-natijaviy komponentlarning o‘zaro integratsiyasini metodik tizimning faollik, hamkorlik, ongligi qaror qabul qilish akmegolik-strategik maqsadlariga muvofiqlashtirish, rivojlantiruvchi muhitni illyustrativ, milliy burchaklar, tashkil etishga motivatsiyasining aksiologik-prakseologik yo‘naltirilganligini ta’minlash asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalashda “Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish” nomli o‘quv qo‘llanma xulosa va tavsiyalardan foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 22 maydagi 11-05-3300/04-son ma’lumotnomasi).  Natijada bo‘lajak tarbiyachilar va ota-onalar hamkorligida bolalarning ijtimoiy kompetensiyalarini milliy tarbiya asosida shakllantirishga doir metodik tizimni takomillashtirishga xizmat qilgan;
milliy tarbiya asosida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetensiyalarini shakllantirish texnologiyalari ta’lim jarayoni mazmunini qadriyatlar, ana’nalar va madaniy meroslarga etnomadaniy tamoyillar orqali modifikatsiyalash, ijtimoiy muhit uyg‘unligini ijtimoiylashuv zanjiriga implementatsiyalash asosida takomillashtirish yuzasidan xulosalar “Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 22 maydagi 11-05-3300/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilar tayyorlashda ta’lim sifatini oshirish va o‘quv metodikasini yanada takomillashtirishga imkon bergan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetentligini milliy tarbiya asosida shakllantirish texnologiyalarini qo‘llash samaradorligi ijtimoiy faollikni hamkorlik, qadrlash, milliy manfaat va an’analariga mutanosibligini subekt-subekt pozisiyasiga asoslangan intersubektiv hamkorlik orqali ta’minlash, ijtimoiy loyihalarga jalb etish tuyg‘usini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan, “Odoblar xazinasi” nomli elektron axborot-ta’lim resursi yaratilgan va “Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 22 maydagi 11-05-3300/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’limda bolalarning ijtimoiy kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan yagona ma’lumotlar bazasi hamda zamonaviy elektron axborot-ta’lim resurslari tizimi yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish