Kolesnikov Igor` Konstantinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yagona elektromagnit maydoni asosida energiya tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish», 05.05.01–Energetik tizimlar va komplekslar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/T308.
Ilmiy maslahatchi: Allaev Qaxramon Raximovich, texnik fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Babajanov Maksud Kalandarovich, texnik fanlari doktori, professor; Sokolov Valeriy Konstantinovich, texnik fanlari doktori, professor; Korovkin Nikolay Vladimirovich, texnik fanlari doktori, professor (Rossiya).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yagona elektromagnit maydonda, suvni tozalash va zararsizlantirishda kavitatsion issiqliq generatorning resurs va energiya saqlovchi qurilmalarini ishlab chiqish va nazariy asoslarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik generatorlarini loyihalashtirish uchun Maksvell tenglamalar tizimlari asosida material jismlarning kuchli o‘zaro harakatidagi yagona elektromagnit maydonining nazariyasi ishlab chiqilgan;
suyuqlik oqimi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, elektromagnit maydon aylanishi, issiqlik generatorida issiqlik ajralishi jarayonlarining matematik modellari orqali kavitatsion jarayonlar texnologiyasi ishlab chiqilgan;
bakteriya va mikroorganizmlarni sifatli yo‘q qiluvchi tavsifga ega bo‘lgan hamda kavitatsiya asosida suvni zararsizlantirish va tozalovchi yangi qurilma ishlab chiqilgan;
yuqori foydali ish koeffisientiga ega bo‘lgan hamda elektromagnit maydoni asosida aylanma kavitatsiya issiqlik generator qurilmasi ishlab chiqilgan;
katta va kichik turar joy binolarini issitish uchun issiqlik energiyasini olish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yagona elektromagnit maydoni asosida energiya tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bakteriya va mikroorganizmlarni sifatli yo‘q qiluvchi tavsifga ega bo‘lgan hamda kavitatsiya asosida suvni zararsizlantirish va tozalovchi yangi qurilma «ECO AGRO INDASTRIUX NOU HAU» MChJga baliq xo‘jaligidagi suv hovuzlarini tozalash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 8 noyabrdagi 03/23-1684-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida baliq xo‘jaligining suv hovuzlarida ekologik toza suv bilan ta’minlash va baliqlarini oziqlantirish imkonini yaratgan;
elektromagnit maydoni asosida aylanma kavitatsiya issiqlik generator qurilmasi «ECO AGRO INDASTRIUX NOU HAU» MChJga baliq xo‘jaliklaridagi suv hovzalaridagi katta va kichik xonalarni issitish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 8 noyabrdagi 03/23-1684-son ma’lumotnomasi). Natijada mayda baliqlar suv hovzalar haroratini bir me’yorda ushlab turish hamda bir soatda 1-7 kVtli kichik elektr energiya quvvatlarini sarflash imkonini bergan;
suyuqlik oqimi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, elektromagnit maydon aylanishi, issiqlik generatorida issiqlik ajralishi jarayonlarining matematik modellari orqali kavitatsion jarayonlar texnologiyasi «ECO AGRO INDASTRIUX NOU HAU» MChJga baliq xo‘jaligida katta va kichik binolarni issitish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 8 noyabrdagi 03/23-1684-son ma’lumotnomasi). Natijada boshqarish qurilmasini 10-30 ms impul`s uzunligi, 5 Gsdan 30 kGsgacha chastotali parametrlari orqali xonalardagi namgarchilik va doimiy haroratni ta’minlash imkonin bergan.