Daminova Shoxista Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha 5-6 yoshdagi bolalarda badiiy adabiyot vositasida ijtimoiy xulq madaniyatini shakllantirish” 13.00.08 - Maktabgacha ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12525.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Jamoldinova Odinaxon Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.03.05
Rasmiy opponentlar: Sharipova Surayyo Burxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Abidova Nilufar Zakirovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha 5-6 yoshdagi bolalarda badiiy adabiyot vositasida ijtimoiy xulq madaniyatini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha 5-6 yoshidagi bolalarda badiiy adabiyot vositasida ijtimoiy xulq madaniyatini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari badiiy asarlar bilan tanishtirish jarayonining uzviyligi va uzlyuksizligini ta’minlash bosqichlari hamda ijtimoiy, pedagogik, psixologik va metodik xususiyatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha 5-6 yoshidagi bolalarda badiiy adabiyot vositasida ijtimoiy xulq madaniyatini shakllantirish mazmuni tarbiyalanuvchilarda “Men” konsepsiyasi, hissiyotlar va ularni boshqarish, ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish elementlarini hisobga olgan holda badiiy asarlarni tanlash, ifodali o‘qib berish, asar yuzasidan suhbat qilish, ijtimoiy vaziyatlarni his etish, anglash va taqlid qilish orqali ijobiy sifatlarni shakllantirishga motivatsiya berish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha 5-6 yoshidagi bolalarda badiiy adabiyot vositasida ijtimoiy xulq madaniyatini shakllantirishning modeli kognitiv, refleksiv, integrativlik, qadriyatli komponentlarning maqsadli, metodologik, mazmunli, tashkiliy-metodik yondashuvlariga ustuvorlik berish hamda multimedia resurslarining didaktik imkoniyatlarini hisobga olish, integratsiyalashgan mashg‘ulotlarni loyihalash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha 5-6 yoshidagi bolalarda badiiy adabiyot vositasida ijtimoiy xulq madaniyatini shakllantirishning samaradorligi ijtimoiy-hissiy rivojlanganlikni belgilash, ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot shakllari ta’sirchanligi barqarorligini hisobga olish va baholashga yo‘naltirilgan monitoring indikatorlarini o‘z o‘zini va o‘zaro baholash uyg‘unligini dinamik rivojlanishiga ustuvorlik berish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha 5-6 yoshdagi bolalarda badiiy adabiyot vositasida ijtimoiy xulq madaniyatini shakllantirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
maktabgacha 5-6 yoshidagi bolalarda badiiy adabiyot vositasida ijtimoiy xulq madaniyatini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida belgilangan ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda badiiy asarlar bilan tanishtirish jarayonining uzviyligi va uzlyuksizligini ta’minlash bosqichlari hamda ijtimoiy, pedagogik, psixologik va metodik xususiyatlarini hisobga olishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 30-sentyabrdagi PF-152-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 26-dekabrdagi 04-37-4451-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-metodik materiallar multimedia resurslari bilan boyitilgan.
maktabgacha 5-6 yoshidagi bolalarda badiiy adabiyot vositasida ijtimoiy xulq madaniyatini shakllantirish mazmunini badiiy adabiyot mashg‘ulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida integratsiyalashgan holda tashkil etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari va ota-onalar uchun elektron manba yaratish va bolalarda ijtimoiy xulq madaniyatini shakllantirishga oid kontentlar bilan to’ldirib borishga oid takliflar “STEAM ta’limi asoslari” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 2026-yil 31-martdagi 8/5.1-sonli qaroriga asosan berilgan 2026/65U-565 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada maktabgacha 5-6 yoshidagi bolalarda badiiy adabiyot vositasida ijtimoiy xulq madaniyatini shakllantirish pedagogik shart-sharoitlari mazmuni intensivlashtirilgan.
maktabgacha 5-6 yoshidagi bolalarda badiiy adabiyot vositasida ijtimoiy xulq madaniyatini shakllantirishning modeli Bolalarda ijtimoiy hulq madaniyatini shakllantirishda oilaviy kutubxonalar tashkil etish va maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan oilaning hamkorligini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalardan Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kichik kutubxona yaratish, uning faoliyatini tashkil etish va bolalar badiiy adabiyotidan samarali foydalanish bo’yicha yo’riqnomani takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 26-dekabrdagi 04-37-4451-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning badiiy adabiyotga qiziqishini oshirishning samarali mexanizmi sifatida kichik kutubxonalar tashkil etilib, oilaviy kutubxonalar bilan integratsiyasini ta’minlash orqali ota-onalarning pedagogik madaniyatini rivojlantirishga erishilgan.
maktabgacha 5-6 yoshidagi bolalarda badiiy adabiyot vositasida ijtimoiy xulq madaniyatini shakllantirishning samaradorligi takomillashtirishga oid tavsiyalari hamda maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq yaratilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi bo‘yicha katta guruh bolalarida ijtimoiy-hissiy kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini belgilovchi indikatorlarni takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan RZ-2014-0906083753 – “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayoni sifat va samaradorligini takomillashtirishning pedagogik tizimi” mavzusidagi amaliy loyihani hamda “bolalaradabiyoti.uz platformasi va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi IL-402104474 innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 18-sentyabrdagi 01/15-09/193-sonli ma’lumotnomasi hamda A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 15-dekabrdagi 04/1-2698-son ma’lumotnomasi). Natijada 5-6 yoshdagi bolalarning ijtimoiy xulq madaniyatining shakllanganlik darajasi belgilovchi indekatorlarning samaradorligi oshgan.