Ergashev Rasulbek Soxib o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning leksik kompetensiyasini sun’iy intellekt vositasida takomillashtirishning aralash ta’lim texnologiyasi (Lingvistika: ingliz tili magistratura mutaxassisligi misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped9562
Ilmiy rahbar: Botirova Zebo Xakimjon-qizi, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.35.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti, pedagogika fanlari doktori (DSc) J.A.Yuldashev, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) G.G.Radjabova.
Yetakchi tashkilot: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi lingvistika (ingliz tili) magistratura mutaxassisligi talabalarning leksik kompetensiyasini sun’iy intellekt vositasida takomillashtirishning aralash ta’lim texnologiyasini mukammallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning leksik kompetensiyasini katta til modeli (LLM) asosidagi ChatGPT va generativ sun’iy intellekt vositasida rivojlantirishdagi aralash ta’lim texnologiyalarining lingvistik (leksik birliklarning semantik, kontekstual-pragmatik va kollokatsion xususiyatlarini chuqurroq ochib berish) va didaktik (bosqichma-bosqich o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni ishlab chiqish, individuallashtirilgan o‘quv traektoriyasini yaratish va mustaqil ta’limni qo‘llab-quvvatlash) imkoniyatlari raqamli pedagogika, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va kompetensiyaviy paradigma kontekstida ilmiy jihatdan aniqlashtirilgan;
lingvistika yo‘nalishida talabalarning leksik kompetensiyasining tarkibiy tuzilmasi Chet tilni egallashning umumevropa kompetensiyari (CEFR) deskriptorlari hamda Data-Driven Assessment (ma’lumotlarga asoslangan baholash) yondashuvi doirasida kognitiv, kommunikativ-pragmatik, sotsiomadaniy va strategik komponentlar, ularning diagnostik mezonlari, o‘lchov ko‘rsatkichlari va baholash parametrlari tizimi orqali ilmiy-pedagogik jihatdan aniqlashtirilgan;
talabalarning leksik kompetensiyasini sun’iy intellekt vositasida takomillashtirish jarayoniga aralash ta’lim texnologiyasini integratsiyalash metodikasi konseptual-didaktik modellashtirish, tarkibiy va funksional komponentlarni tizimlashtirish, raqamli ta’lim muhitini yaratish, integrativ didaktik tizim asosida ishlab chiqilgan;
sun’iy intellekt vositasida leksik kompetensiyasini rivojlantirishning aralash ta’lim texnologiyasining uslubiy ta’minotini TPACK (texnologik pedagogik material bilimi) modeli, adaptiv o‘qitish, individuallashtirilgan o‘quv traektoriyasi, tezkor teskari aloqa va o‘quv faoliyatining analitik monitoringi asosida ishlab chiqilgan va uning samaradorligi tajribaviy o‘qitish asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning leksik kompetensiyasini sun’iy intellekt vositasida takomillashtirishning aralash ta’lim texnologiyasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
katta til modeli (LLM) asosidagi ChatGPT va generativ sun’iy intellekt platformalarini lingvistik ta’lim jarayoniga integratsiyalash sharoitida talabalarning leksik kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari, aralash ta’limning didaktik imkoniyatlari hamda uning kasbiy lingvistik tayyorgarlik tizimidagi o‘rni, raqamli pedagogika, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va kompetensiyaviy paradigma kontekstiga oid xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘ZBEKISTON” teleradiokanali DM muharririyati tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlari ssenariysining 2025-yil aprel va sentyabr oyi sonlarida Oliy ta’limga oid ruknida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 13-oktyabrdagi 05-09-1600-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, lingvistik ta’lim jarayonida sun’iy intellekt asosidagi aralash ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning leksik kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari hamda ularning kasbiy tayyorgarlik tizimidagi ahamiyati keng pedagogik jamoatchilikka etkazildi va oliy ta’lim amaliyotiga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ommalashtirildi;
lingvistika (ingliz tili) magistrature mutaxassisligi talabalarning leksik kompetensiyasining tarkibiy tuzilmasi CEFR deskriptorlari hamda Data-Driven Assessment (ma’lumotlarga asoslangan baholash) yondashuvi doirasida kognitiv, kommunikativ-pragmatik, sotsiomadaniy va strategik komponentlar, ularning diagnostik mezonlari, o‘lchov ko‘rsatkichlari va baholash parametrlari tizimiga oid tavsiyalardan 2024-2025-yillarda bajarilgan INTI IU Research Seeding Grant 2024 (INTI-FELA-02-06-2024) raqamli loyiha doirasida foydalanilgan (Turan xalqaro universiteti 2025-yil 10-oktyabrdagi 04/10-09/33 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning leksik kompetensiyasini sun’iy intellekt vositasida aralash ta’lim texnologiyalar asosida takomillashtirishga qaratilgan mashqlar majmui va metodik tavsiyalari ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
aralash ta’lim texnologiyasini sun’iy intellekt (SI) integratsiyasiga asoslangan konseptual-didaktik modeli, tarkibiy va funksional komponentlar tizimi, pedagogik shart-sharoitlar majmui hamda leksik kompetensiyani bosqichma-bosqich rivojlantirishni ta’minlovchi metodik tizim raqamli ta’lim muhiti, integrativ didaktik tizim va ma’lumotlarga asoslangan o‘quv boshqaruvi tamoyillariga oid xulosa va tavsiyalardan “English for Scientific and Professional Purposes” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan № 229657-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning leksik kompetensiyasini sun’iy intellekt vositasida takomillashtirishning aralash ta’lim texnologiyasi mukammallashtirilgan;
sun’iy intellekt vositasiga asoslangan aralash ta’lim muhitida talabalarning leksik kompetensiyasini rivojlantirish jarayonini raqamli ta’lim muhiti, TPACK (texnologik pedagogik material bilimi) modeli, adaptiv o‘qitish, individuallashtirilgan o‘quv traektoriyasi, tezkor teskari aloqa va o‘quv faoliyatining analitik monitoringi asosida tashkil etish mexanizmiga asoslangan amaliy takliflaridan “English for Scientific and Professional Purposes” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan № 229657-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning sun’iy intellekt vositalariga asoslangan aralash ta’lim muhitida leksik kompetensiyani rivolantirishga erishish imkoniyatlari kengaytirilgan.