Jamalova Kamola Shahobiddinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy asarlar ustida ishlash jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida emotsional intellektni shakllantirish texnologiyalari”, 13.00.02  Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim), (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.4.PhD/Ped8644
Ilmiy rahbar: Xo‘jamberdieva Shaxnoza Ko‘paysinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Yusupova Shoxidaxon Jaloliddinovna,    pedagogika fanlari doktori, professor  
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika univesiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy asarlar ustida ishlash jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining emotsional intellektini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
badiiy asarlar bilan ishlash jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining emotsional intellektini rivojlantirishning nazariy-metodologik konsepsiyasi emotsional o‘zini identifikatsiyalash, emotsional regulyasiya, empatik interaksiya, ijtimoiy-emotsional adaptatsiya hamda refleksiv evaluatsiya komponentlarining funksional integratsiyasini ontogenetik rivojlanish qonuniyatlari va individual-psixologik determinantlar bilan uyg‘unlashtiruvchi pedagogik mexanizmlarni konseptuallashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’limda badiiy matnlarning emotsional-rivojlantiruvchi salohiyatiga tayangan didaktik model maqsadli, konseptual-metodologik, kontentli, operatsion-faoliyatli, diagnostik-prognostik hamda natijaviy bloklarning tizimli komplementarligini ta’minlash, emotsional interpretatsiya, personaj identifikatsiyasi va refleksiv tahlil jarayonlarini didaktik integratsiyalash orqali modellashtirilgan;
badiiy asarlar vositasida emotsional intellektni rivojlantirishning xususiy-metodik tizimi individual, kooperativ va kollaborativ o‘quv faoliyatini emotsional-analitik, empatik-refleksiv hamda kreativ-kommunikativ topshiriqlar bilan didaktik jihatdan integratsiyalash, shuningdek, interfaol ta’lim strategiyalarini variativ qo‘llash algoritmlarini optimallashtirish hisobiga takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining emotsional intellektini rivojlantirish pedagogik texnologiyasi motivatsion-orientatsion, emotsional-kognitiv, refleksiv-empatik hamda diagnostik-korreksion bosqichlarning protsessual izchilligini ta’minlovchi texnologik algoritmni loyihalash, emotsional persepsiya, empatik responsivlik, emotsional regulyasiya va refleksiv kompetentlik indikatorlariga asoslangan kvalimetrik diagnostika mexanizmlarini pedagogik amaliyotga implementatsiya qilish orqali ishlab chiqilgan hamda uning samaradorligi pedagogik eksperiment natijalari asosida verifikatsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy asarlar ustida ishlash jarayonida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining emotsional intellektini shakllantirish texnologiyalari boʻyicha olingan natijalar asosida:
badiiy asarlar bilan ishlash jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining emotsional intellektini rivojlantirishning nazariy-metodologik konsepsiyasi emotsional o‘zini identifikatsiyalash, emotsional regulyasiya, empatik interaksiya, ijtimoiy-emotsional adaptatsiya hamda refleksiv evaluatsiya komponentlarining funksional integratsiyasini ontogenetik rivojlanish qonuniyatlari va individual-psixologik determinantlar bilan uyg‘unlashtiruvchi pedagogik mexanizmlarni konseptuallashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar 60110200 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Boshlang‘ich va uzlyuksiz ta’lim pedagogikasi” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligining 2024-yil 24-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i, 233967-raqamli guvohnoma). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshiga modifikatsiyalash orqali emotsional intellektning rivojlanish jarayoni komponentlarini takomillashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich ta’limda badiiy matnlarning emotsional-rivojlantiruvchi salohiyatiga tayangan didaktik model maqsadli, konseptual-metodologik, kontentli, operatsion-faoliyatli, diagnostik-prognostik hamda natijaviy bloklarning tizimli komplementarligini ta’minlash, emotsional interpretatsiya, personaj identifikatsiyasi va refleksiv tahlil jarayonlarini didaktik integratsiyalash orqali modellashtirishga doir tavsiyalar 60110200 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 387-sonli buyrug‘iga asosan 352590-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida emotsional intellektni rivojlantirish tuzilmasi mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
badiiy asarlar vositasida emotsional intellektni rivojlantirishning xususiy-metodik tizimi individual, kooperativ va kollaborativ o‘quv faoliyatini emotsional-analitik, empatik-refleksiv hamda kreativ-kommunikativ topshiriqlar bilan didaktik jihatdan integratsiyalash, shuningdek, interfaol ta’lim strategiyalarini variativ qo‘llash algoritmlarini optimallashtirish hisobiga takomillashtirishga oid tavsiyalari boshlang‘ich ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan bugungi strategik talablarni amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi 2025-yil 31-oktyabrdagi 01/11-02/1-737-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini maqsadli tayyorlashning didaktik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining emotsional intellektini rivojlantirish pedagogik texnologiyasi motivatsion-orientatsion, emotsional-kognitiv, refleksiv-empatik hamda diagnostik-korreksion bosqichlarning protsessual izchilligini ta’minlovchi texnologik algoritmni loyihalash, emotsional persepsiya, empatik responsivlik, emotsional regulyasiya va refleksiv kompetentlik indikatorlariga asoslangan kvalimetrik diagnostika mexanizmlarini pedagogik amaliyotga implementatsiya qilish orqali ishlab chiqilgan hamda uning samaradorligi pedagogik eksperiment natijalari asosida verifikatsiya qilishga doir amaliy tavsiyalari 60110200 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Boshlang‘ich va uzlyuksiz ta’lim pedagogikasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i, 233967-raqamli guvohnoma). Natijada, didaktik talablarning amaliyotga ta’siri va samaradorligi yanada oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish