Xodjaeva Nafisa Axmadjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan ishlab chiqarish nomi): “Oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholash mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3358.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.1.44.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: i.f.d., prof. T.A. Hasanov.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., prof. Rasulev Dilmurod Mirzaaxmedovich, i.f.d., Xolmuminov Shuxrat Shayzakovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish asosida oliy ta’limni sifatini oshirishning samarali tizimini yaratish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarini tegishli tarmoq, soha va hududlardagi imkoniyatlarni tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish mexanizmlari ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yaxshilash asosida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish imkoniyatlari asoslantirilgan;
oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda yuqori sifatni ta’minlash yuzasidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish mexanizmlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limi muassasalari faoliyati samaradorligini baholash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish asosida oliy ta’limni sifatini oshirishning samarali tizimini yaratish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5847-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 3 apreldagi 4/17-3/4-8-13-sonli ma’lumotnomasi). Bunga ko‘ra, xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga o‘tildi;
oliy ta’lim muassasalarini tegishli tarmoq, soha va hududlardagi imkoniyatlarni tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5847-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 3 apreldagi 4/17-3/4-8-13-sonli ma’lumotnomasi). Bunga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etildi;
oliy ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yaxshilash asosida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5847-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 3 apreldagi 4/17-3/4-8-13-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng jalb qilish, ularni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliya-lashtirish tizimiga o‘tkazish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash amaliyoti joriy etildi;
oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda yuqori sifatni ta’minlash yuzasidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5847-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 3 apreldagi 4/17-3/4-8-13-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida shaffoflik, xolislik va obektivlikni baholash imkoniyati yaratildi.