Kurbanova Zamira Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shakllanayotgan tuxumdon polikistoz sindromi bo‘lgan qizlarda erta tashxis qo‘yish markerlari va birlamchi profilaktika usullari» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1853.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02.
Rasmiy opponentlar: Hamdamova Muhayyoxon Tuxtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ruzieva Nodira Hakimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Osh davlat universiteti (Qirg‘iziston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shakllanayotgan tuxumdon polikistoz sindromi bo‘lgan qizlarni erta tashxislashda klinik-laborator va instrumental ko‘rsatkichlarni majmuaviy baholash, xavf omillarini korreksiya qilish samaradorligini aniqlash hamda birlamchi profilaktika dasturini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shakllanayotgan tuxumdon polikistoz sindromida xalqaro fenotipik tasniflarga muvofiq giperandrogen, metabolik, ovarial va aralash fenotiplarning uchrashi aniqlanib, bir vaqtning o‘zida bir nechta fenotip mezonlarining mavjud bo‘lishi tufayli fenotipik tasniflarning sindrom rivojlanish xavfi va yetakchi patogenetik yo‘nalishini baholashdagi cheklanganligi aniqlangan;
shakllanayotgan tuxumdon polikistoz sindromi bo‘lgan qizlarda sog‘lom tengdoshlariga nisbatan LG/FSG nisbatining, antimyuller gormoni, insulinrezistentlik indeksining (HOMA-IR) yuqori bo‘lishi, vitamin D (25(OH)D) darajasining pastligi hamda tuxumdonlar hajmi va antral follikulalar soni yuqori ekanligi aniqlanib, gormonal-metabolik buzilishlar va ovarial morfologik o‘zgarishlarning o‘zaro bog‘liq patogenetik majmuasi asoslangan;
shakllanayotgan tuxumdon polikistoz sindromida tuxumdonlar stromasining ultratovush xususiyatlarini miqdoriy baholash imkonini beruvchi stromal indeks (SI) ishlab chiqilib, mazkur indeksning gormonal-metabolik buzilishlar (LG/FSG nisbati (r=0,44), HOMA-IR (r=0,51) va AMG) og‘irligini aks ettiruvchi qo‘shimcha morfologik marker sifatidagi ahamiyati isbotlangan;
ROC-tahlil asosida ilk marotaba antimyuller gormoni, insulinrezistentlik indeksi, LG/FSG nisbati, vitamin D (25(OH)D) va gomotsistein ko‘rsatkichlari asosida shakllanayotgan tuxumdon polikistoz sindromining integral xavf indeksi hamda sindromning dominant fenotipini aniqlashga qaratilgan fenotipik indeks ishlab chiqilib, ular asosida sindromni erta aniqlash, xavf darajasini baholash va fenotipik stratifikatsiya qilish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizlarda shakllanayotgan tuxumdon polikistoz sindromini erta tashxislash, klinik-gormonal, metabolik va sonografik ko‘rsatkichlarni kompleks baholash, kasallik rivojlanishining xavf omillarini aniqlash hamda ularni o‘z vaqtida korreksiya qilishga qaratilgan profilaktik-korreksion yondashuvlardan foydalanish asosida olingan ilmiy natijalarga asosida:
birinchi ilmiy yangilik: shakllanayotgan tuxumdon polikistoz sindromida xalqaro fenotipik tasniflarga muvofiq giperandrogen, metabolik, ovarial va aralash fenotiplarning uchrashi hamda bir vaqtning o‘zida bir nechta fenotip mezonlarining mavjudligi fenotipik tasniflarning sindrom rivojlanish xavfi va yetakchi patogenetik yo‘nalishlarni baholash asosida «Shakllanayotgan tuxumdon polikistoz sindromi bo‘lgan qizlarda gormonal va biokimyoviy buzilishlarni tashxislash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ekspertlar kengashi tomonidan tasdiqlangan (2022 yil 24 fevraldagi 8n-r/203-son ma’lumotnoma). Natijalar Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi (03.04.2026; №61-son buyruq), Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 2-son tug‘ruq kompleksi (06.04.2026; №87-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 maydagi 08/46-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavf guruhidagi qizlarda gormonal-metabolik buzilishlarni erta aniqlash va profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: bir nafar bemor uchun o‘rtacha 1890000 so‘m mablag‘ tejaldi. Xulosa: kompleks diagnostik yondashuvni amaliyotga joriy etish samaradorligi tasdiqlandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: shakllanayotgan tuxumdon polikistoz sindromi bo‘lgan qizlarda LG/FSG nisbati, antimyuller gormoni va HOMA-IR ko‘rsatkichlarining yuqoriligi, vitamin D (25(OH)D) darajasining pasayishi hamda tuxumdonlarning sonografik o‘zgarishlari o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqlik aniqlanishi asosida «Shakllanayotgan tuxumdon polikistoz sindromi bo‘lgan qizlarda gormonal va biokimyoviy buzilishlarni tashxislash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ekspertlar kengashi tomonidan tasdiqlangan (2022 yil 24 fevraldagi 8n-r/203-son ma’lumotnoma). Natijalar Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi (03.04.2026; №61-son buyruq), Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 2-son tug‘ruq kompleksi (06.04.2026; №87-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 maydagi 08/46-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kasallik rivojlanish xavfini aniqroq baholash va korreksion tadbirlarni o‘z vaqtida belgilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: bir nafar bemor uchun o‘rtacha 1620000 so‘m mablag‘ tejaldi. Xulosa: patogenetik asoslangan diagnostik yondashuvning amaliy samaradorligi tasdiqlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: shakllanayotgan tuxumdon polikistoz sindromida tuxumdon stromasining ultratovush xususiyatlarini miqdoriy baholovchi stromal indeks ishlab chiqilib, uning LG/FSG nisbati, HOMA-IR va antimyuller gormoni ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi qo‘shimcha morfologik marker sifatidagi diagnostik ahamiyatini asosida «Shakllanayotgan tuxumdon polikistoz sindromi bo‘lgan qizlarda gormonal va biokimyoviy buzilishlarni tashxislash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ekspertlar kengashi tomonidan tasdiqlangan (2022 yil 24 fevraldagi 8n-r/203-son ma’lumotnoma). Natijalar Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi (03.04.2026; №61-son buyruq), Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 2-son tug‘ruq kompleksi (06.04.2026; №87-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 maydagi 08/46-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: profilaktik-korreksion dastur qo‘llanilishi hayz funksiyasi va bemorlar hayot sifatining yaxshilanishiga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: bir nafar bemor uchun o‘rtacha 1880000 so‘m mablag‘ tejaldi. Xulosa: profilaktik-korreksion yondashuvni amaliyotga joriy etish samaradorligi tasdiqlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ROC-tahlil asosida antimyuller gormoni, HOMA-IR, LG/FSG nisbati, vitamin D (25(OH)D) va gomotsistein ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan integral xavf indeksi hamda fenotipik indeks ishlab chiqilib, ular asosida shakllanayotgan tuxumdon polikistoz sindromini erta aniqlash, xavfni baholash va fenotipik stratifikatsiya qilish algoritmi taklif etilgani asosida «Shakllanayotgan tuxumdon polikistoz sindromi bo‘lgan qizlarda gormonal va biokimyoviy buzilishlarni tashxislash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ekspertlar kengashi tomonidan tasdiqlangan (2022 yil 24 fevraldagi 8n-r/203-son ma’lumotnoma). Natijalar Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi (03.04.2026; №61-son buyruq), Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 2-son tug‘ruq kompleksi (06.04.2026; №87-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 maydagi 08/46-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarni individual xavf darajasiga ko‘ra stratifikatsiya qilish va davolash taktikasini optimallashtirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: bir nafar bemor uchun o‘rtacha 2390000 so‘m mablag‘ tejaldi. Xulosa: integral algoritmni amaliyotga joriy etish diagnostika va davolash samaradorligini oshirdi.