Ikromov Shohrom Bo‘ron o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orqa miya infarkti xavf omillari, klinik-patogenetik xususiyatlari, davolash-reabilitatsiyani optimallashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4562 
Ilmiy rahbar: Gaybiev Akmal Ahmadjonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Niyazov Shuhrat Toshtemirovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), Usmonova Durdona Djurabekovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston Milliy Tibbiyot Universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
Orqa miya ishemik infarktida endotelial disfunksiya, oksidativ stress va neyroiltihomning klinik-patogenetik rolini o‘rganish, yakka tartibdagi prognostik modelni ishlab chiqish va alfa-lipoy kislotasiga asoslangan patogenetik davolashni asoslash orqali tashxis, prognoz va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
orqa miya ishemik infarktida endotelial disfunksiya (ET-1, vWF, NO, ICAM-1, VCAM-1), oksidativ stress (MDA, SOD) va neyroiltihom (IL-6, TNF-α, NSE, S100β) ning majmuaviy klinik-patogenetik roli ilk bor miqdoriy tavsiflanib, nazoratga nisbatan ET-1 ning 2,1 marta, IL-6 ning 6,6 marta, hsCRP ning 10,3 marta oshishi aniqlangan;
klaster tahlili yordamida kasallikning uchta patogenetik varianti endotelial-vazospastik, oksidativ-iltihobiy va aralash ilk bor ajratilib, ularning noqulay oqibat chastotasi mos ravishda 29,4%, 58,6% va 37,8% ekanligi aniqlangan;
klinik, endotelial, oksidativ va strukturaviy prediktorlarni birlashtiruvchi yakka tartibdagi «Endothelial Risk-Score» prognostik shkalasi ilk bor ishlab chiqilib, yuqori diskriminatsiya (AUC 0,89; 95% II 0,82–0,94) va maqbul kalibrlash (Xosmer–Lemeshou p=0,41) bilan validatsiya qilingani aniqlangan;
alfa-lipoy kislotasining orqa miya ishemik infarktidagi samaradorligi ilk bor patogenetik asoslanib isbotlandi: qulay oqibat (mRS 0–2) ulushi 35% dan 65% gacha oshdi (p=0,006; NNT 3,3), oksidativ stress va neyroiltihom markyorlari ilgarilab me’yorlashgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Orqa miya infarktini tashislash, davolash va reabilitatsiya jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3 fevraldagi 8n-z/668-son hamda 2025 yil 10 oktyabrdagi /6238-son ma’lumotnomalari):
birinchi ilmiy yangilik: orqa miya ishemik infarktida endotelial disfunksiya (ET-1, vWF, NO, ICAM-1, VCAM-1), oksidativ stress (MDA, SOD) va neyroiltihom (IL-6, TNF-α, NSE, S100β) ning majmuaviy klinik-patogenetik roli ilk bor miqdoriy tavsiflanib, nazoratga nisbatan ET-1 ning 2,1 marta, IL-6 ning 6,6 marta, hsCRP ning 10,3 marta oshishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi. Natijalar Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining nevrologiya amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: endotelial-oksidativ-iltihobiy markyorlarning miqdoriy baholanishi orqa miya ishemik infarktining klinik-patogenetik ogʻirligini obektiv aniqlash imkonini beradi; bemorlarni xavf darajasi bo‘yicha erta stratifikatsiya qilish nogironlanish ehtimolini kamaytiradi va oilaviy-ijtimoiy hayotga qaytishni tezlashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: biomarker profilini qo‘llash takroriy neyrovizualizatsiya (MRT, KT) va empirik davolash zaruratini kamaytiradi, har bir bemor hisobiga tashxis va davolash xarajatlarini o‘rtacha 1500000–2200000 so‘mga qisqartiradi. Xulosa: endotelial disfunksiya, oksidativ stress va neyroiltihom markyorlarini majmuaviy baholash orqa miya ishemik infarktining tashxis va monitoring aniqligini oshiradi hamda davolashni individuallashtirishga imkon yaratadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: klaster tahlili yordamida kasallikning uchta patogenetik varianti   endotelial-vazospastik, oksidativ-iltihobiy va aralash   ilk bor ajratilib, ularning noqulay oqibat chastotasi mos ravishda 29,4%, 58,6% va 37,8% ekanligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi. Natijalar Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining nevrologiya amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: patogenetik variantlarni farqlash yuqori xavfli oksidativ-iltihobiy variantli bemorlarni (noqulay oqibat 58,6%) erta aniqlab, ularga maqsadli antioksidant va iltihobga qarshi terapiya qo‘llash imkonini beradi; bu esa nogironlanish darajasini pasaytiradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: variantga mos maqsadli terapiya universal empirik davolash sxemalariga qaraganda samaraliroq bo‘lib, bir bemor hisobiga davolash va qayta gospitalizatsiya xarajatlarini o‘rtacha 2000000–3000000 so‘mga kamaytiradi. Xulosa: orqa miya ishemik infarktining patogenetik fenotiplashtirilishi davolash tactikasini individuallashtiradi va noqulay oqibatlar chastotasini sezilarli kamaytiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: klinik, endotelial, oksidativ va strukturaviy prediktorlarni birlashtiruvchi yakka tartibdagi «Endothelial Risk-Score» prognostik shkalasi ilk bor ishlab chiqilib, yuqori diskriminatsiya (AUC 0,89; 95% II 0,82–0,94) va maqbul kalibrlash (Xosmer–Lemeshou p=0,41) bilan validatsiya qilingani aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi. Natijalar Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining nevrologiya amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: «Endothelial Risk-Score» yuqori xavfli bemorlarni erta ajratib, ularga jadal davolash va reabilitatsiyani mustahkamlash imkonini beradi; bemorlar va ularning yaqinlariga prognoz haqida obektiv maʼlumot berilishi qaror qabul qilish sifatini oshiradi va davolashga rozilikni mustahkamlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: prognostik shkalani qo‘llash intensiv terapiya bo‘limidagi o‘rin va reabilitatsiya resurslarini maqsadli taqsimlash imkonini beradi, past xavfli bemorlarda samarasiz jadal terapiyani bartaraf etib, bir bemor hisobiga o‘rtacha 1 800000–2500000 so‘m mablagʻ tejaydi. Xulosa: «Endothelial Risk-Score» ni joriy etish klinik qaror qabul qilishning obektivligini oshiradi va davolash resurslaridan maqsadli foydalanishni taʼminlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: alfa-lipoy kislotasining orqa miya ishemik infarktidagi samaradorligi ilk bor patogenetik asoslanib isbotlandi: qulay oqibat (mRS 0–2) ulushi 35% dan 65% gacha oshdi (p=0,006; NNT 3,3), oksidativ stress va neyroiltihom markyorlari ilgarilab me’yorlashgani aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi. Natijalar Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining nevrologiya amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: alfa-lipoy kislotasini davolash tarkibiga kiritish qulay klinik oqibat (mRS 0–2) chastotasini 35% dan 65% gacha oshiradi (NNT 3,3   har uch bemorni davolashda birida ogʻir nogironlanish oldini olinadi), bu bemorlarning mustaqilligi va oilaviy-ijtimoiy hayotga qaytishini sezilarli yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: nogironlanish darajasining kamayishi uzoq muddatli parvarish va reabilitatsiya xarajatlarini har bir bemor hisobiga o‘rtacha 4000000–6000000 so‘mga kamaytiradi; mehnat qobiliyatining tez tiklanishi qo‘shimcha ijtimoiy-iqtisodiy foyda keltiradi. Alfa-lipoy kislotasining qo‘shimcha narxi (yiliga 200000–350000 so‘m) samaradorlik bilan bogʻliq iqtisodiy tejamkorlik oldida sezilarli emas. Xulosa: alfa-lipoy kislotasini standart davolash sxemasiga kiritish orqa miya ishemik infarktida klinik oqibatlarni sezilarli yaxshilaydi va davolash xarajatlarini kamaytiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish