Voseeva Umeda Xamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalardagi nerv sistemasi tug‘ma hamroh nuqsonlarining klinik va diagnostik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4903.
Ilmiy rahbar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Gaybiev Akmaljon Axmadjonovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Mamedbeyli Ayten Kyamal kizi, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Akademik E.A.Vagner nomidagi Perm davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bosh miya va ko‘rishning tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarda klinik-nevrologik, genetik, kasallikning xavf omillarini o‘rganish va instrumental o‘zgarishlarning xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosh miya va ko‘rish a’zolari tug‘ma rivojlanish nuqsonlari rivojlanishining xavf omillari, kasallikning yoshi, bosqichi va shakliga qarab ushbu patologiyada klinik va nevrologik holatning xususiyatlari aniqlangan;
neyrovizualizatsion ko‘rsatkichlar o‘rganilib, bosh miya va ko‘rish a’zolarining tug‘ma nuqsonlarida bosh miyadagi strukturaviy o‘zgarishlar aniqlangan;
bosh miya va ko‘rish organlarining tug‘ma rivojlanish nuqsoni bo‘lgan bolalarning onalarida folat genlari polimorfizmi allellari va genotiplari chastotalarining taqsimlanishi aniqlangan;
bolalarda tug‘ma nuqsonlar va ko‘rish rivojlanish anomaliyalari bilan birgalikda turli shakldagi bosh miya tug‘ma nuqsonlarini erta tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha amaliy va profilaktik tavsiyalar algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalardagi nerv sistemasi tug‘ma hamroh nuqsonlarining klinik va diagnostik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bosh miya va ko‘rish a’zolari tug‘ma rivojlanish nuqsonlari rivojlanishining xavf omillari, kasallikning yoshi, bosqichi va shakliga qarab ushbu patologiyada klinik va nevrologik holatning xususiyatlari aniqlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 04-oktyabrdagi 2-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Sposob ranney diagnostiki razlichnix form vrojdennix porokov razvitiya golovnogo mozga u detey v sochetanii s vrojdennimi porokami i anomaliyami razvitiya zreniya» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.11.2025 y. 30-T-son buyrug‘i) va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.10.2025 y. 187-ICh-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 16.02.2026 y. 03/66-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bosh miya va ko‘rishning tug‘ma nuqsonlari rivojlanishining xavf omillarini o‘rganish va aniqlash, xavf omillariga qarab klinik va nevrologik belgilarning xususiyatlarini aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bosh miya va ko‘rishning tug‘ma nuqsonlari rivojlanishining xavf omillarini o‘rganish orqali bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 15 kun uchun 5465400 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 1056450 so‘m sarflanadi. Xulosa: klinik-anamnestik ko‘rsatkichlar o‘rganilganda, ko‘ruv a’zosi va KChAYaK uchun asosiy xavf omillari 35 yoshdan oshgan onalarning yoshi, surunkali somatik va endokrin kasalliklar, asoratlangan homiladorlik, folat almashinuvining buzilishi ekanligi aniqlandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: neyrovizualizatsion ko‘rsatkichlar o‘rganilib, bosh miya va ko‘rish a’zolarining tug‘ma nuqsonlarida bosh miyadagi strukturaviy o‘zgarishlar aniqlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 04-oktyabrdagi 2-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Sposob ranney diagnostiki razlichnix form vrojdennix porokov razvitiya golovnogo mozga u detey v sochetanii s vrojdennimi porokami i anomaliyami razvitiya zreniya» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.11.2025 y. 30-T-son buyrug‘i) va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.10.2025 y. 187-ICh-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 16.02.2026 y. 03/66-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tug‘ma rivojlanish nuqsoni bo‘lgan bolalarda ko‘rish a’zosini tekshirishning instrumental-diagnostik usullari ma’lumotlari bilan bosh miyadagi strukturaviy o‘zgarishlarning neyrovizualizatsion ko‘rsatkichlarini o‘rganildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bosh miyadagi strukturaviy o‘zgarishlar tahlili ostida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 12564700 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: ushbu MRT, NSG, EEG va oftalmologik tekshiruv usullarini taqqoslashda bosh miyadagi strukturaviy o‘zgarishlarning og‘irligi va ko‘rish analizatorining shikastlanishi o‘rtasida yaqin bog‘liqlik aniqlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: bosh miya va ko‘rish organlarining tug‘ma rivojlanish nuqsoni bo‘lgan bolalarning onalarida folat genlari polimorfizmi allellari va genotiplari chastotalarining taqsimlanishi aniqlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 04-oktyabrdagi 2-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Sposob ranney diagnostiki razlichnix form vrojdennix porokov razvitiya golovnogo mozga u detey v sochetanii s vrojdennimi porokami i anomaliyami razvitiya zreniya» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.11.2025 y. 30-T-son buyrug‘i) va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.10.2025 y. 187-ICh-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 16.02.2026 y. 03/66-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bosh miya va ko‘rish a’zolarining tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bolalarning onalarida folat genlari polimorfizmlarining allel va genotip chastotalarining taqsimlanishini o‘rganildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: asosiy guruxdagi bemorlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar 30% qisqartirishlikka erishildi. Xulosa: molekulyar-genetik tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, MTHFR C677T, MTHFR A1298C, MTR A2756G va MTRR A66G polimorfizmlari bo‘yicha genlar va allellarning taqsimlanishi MG bolalaridan farq qiladi. Shu bilan birga, eng aniq o‘zgarishlar MTHFRga tegishli bo‘lib, T (C677T) va C (A1298C) mutant allellari ko‘pincha bolalarida qo‘shma patologiya - TBMN va oftalmopatiya bo‘lgan onalarda uchragan (p<0,01).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda tug‘ma nuqsonlar va ko‘rish rivojlanish anomaliyalari bilan birgalikda turli shakldagi bosh miya tug‘ma nuqsonlarini erta tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha amaliy va profilaktik tavsiyalar algoritmi ishlab chiqilgan va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 04-oktyabrdagi 2-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Sposob ranney diagnostiki razlichnix form vrojdennix porokov razvitiya golovnogo mozga u detey v sochetanii s vrojdennimi porokami i anomaliyami razvitiya zreniya» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.11.2025 y. 30-T-son buyrug‘i) va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.10.2025 y. 187-ICh-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 16.02.2026 y. 03/66-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bolalarda tug‘ma oftalmologik rivojlanish nuqsonlari bilan birgalikda turli shakldagi bosh miya tug‘ma nuqsonlarini erta aniqlashni takomillashtirish bo‘yicha tashxislash algoritmi va profilaktik tavsiyalar ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: joriy etilgan algoritm tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 18456900 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 40% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: klinik, biokimyoviy ko‘rsatkichlar va genetik tadqiqotlarni kompleks baholash asosida to‘rtta ketma-ket bosqichni o‘z ichiga olgan bolalarda ko‘ruv a’zosi va ko‘ruv a’zosi tug‘ma nuqsonining bosqichma-bosqich klinik-diagnostik algoritmi taklif etildi.