Obidov Avazbek Azamatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jinlangan chigitlarga ishlov berishning samarali texnologiyasini yaratish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/T263.
Ilmiy maslahatchi: Axmedxodjaev Xamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi PhD.30.05.2018.T.66.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi fan doktori (DSc) ilmiy darajacini beruvchi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Usmonqulov Alisher Qodirqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxammadiev Davlat Mustafoevich, texnika fanlari doktori, professor; Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jinlangan chigitga ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish yo‘li bilan paxta tolasi chiqishini ko‘paytirish, chigit va lint sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta chigitining fizik-mexanik va tebranma harakat ta’sirida komponentlarga ajralish xususiyatlarini inobatga olgan holda jinlangan chigitlarni tozalash va saralash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
jinlangan chigitlar o‘lchamlari, massasi va yuza bilan ishqalanish koeffisientining ishlov berish uskunasi samaradorligiga ta’sirini hisobga olgan holda tebranuvchan to‘rli yuzaga ega bo‘lgan paxta chigitini saralash va tozalash qurilmasi konstruksiyasi yaratilgan;
tebranma harakat ta’sirida chigit massasining yuza bo‘ylab ko‘chishi va oqimi miqdorini boshqarish imkoniyatini inobatga olib, saralash jarayonini chigit bilan ta’minlovchi vibratsion ta’minlagich konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
turli qatlamdagi chigitli massa komponentlarining tebranuvchi yuza bo‘ylab siljishi va traektoriyalarini inobatga olgan holda ta’minlash hamda saralash jarayonlarini yagona tebranuvchi yuza yordamida amalga oshirish asoslab berilgan;
turli zichlikdagi o‘zaro elastik bog‘lanishda bo‘lgan va harakatlanayotgan chigitlar ko‘chish jarayoni bog‘lanishlari tahlili natijalariga ko‘ra ularni to‘rli yuzada toladorligi bo‘yicha saralash samaradorligi aniqlangan;
ko‘p omilli tajribalar natijalaridan kelib chiqib, saralash jarayonida qurilmaning talab qilingan samaradorligini ta’minlovchi to‘rli yuza qiyalik burchagi, tebranish chastotasi va amplitudasining ratsional qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta chigitini saralash va mayda iflosliklardan tozalashning takomillashtirilgan  texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxta chigitini saralash va tozalashning yangi texnologiyasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tassarufiga kiruvchi korxonalarda, jumladan “To‘raqurg‘on paxta tozalash” korxonasida joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 2 dekabrdagi 03-18/6897-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonada yigirishga yaroqli tola chiqishini 0,52% ga oshirish imkoni yaratilgan;
paxta chigitini saralash va tozalash qurilmasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tassarufiga kiruvchi korxonalarda, jumladan “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 2 dekabrdagi 03-18/6897-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta chigitini tozalash jarayoni samaradorligini 8-10% ga oshirish, lintdagi iflosliklar va nuqsonlar miqdorini 0,3-0,4% ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
saralash jarayonini chigit bilan ta’minlovchi vibratsion ta’minlagich konstruksiyasi va saralash jarayoni ratsional parametrlari “O‘zpaxtasanoat” AJ tassarufiga kiruvchi korxonalarda, jumladan “To‘raqurg‘on paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 2 dekabrdagi 03-18/6897-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta chigitini saralash uskunasining samaradorligi 5,0-6,0% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish