Shog‘ofurov Shaxbozjon Shokirjon o‘g‘li
texnika fanlari doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “HQPDS dasturini trikotaj to‘qima tuzilishlarida qo‘llash orqali mahsulot assortimentini kengaytirish”, 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T908
Ilmiy maslahatchi: Xoliqov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti professori, texnika fanlari doktori, professor; Allaniyazov G‘ulomjon Sherniyazovich, Qoraqolpoq davlat universiteti Sanoat texnologiyasi kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, dotsent; Saloxiddinova Maxliyo Nurmuxammad qizi, Namangan davlat tenika universiteti Metrologiya va standarlashtirish kafedrasi dotsenti, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: loyihalash dasturidan foydalanish orqali naqshli trikotaj to‘qimalarining yangi tuzilishlarini yaratish hisobiga mahsulot assortimentini kengaytirish hamda mashinalarining texnologik imkoniyatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
trikotaj halqasining geometrik tuzilishini tavsiflovchi halqa qadami, halqa balandligi, ip uzunligi, egilish radiuslari hamda tutashish nuqtalari orasidagi bog‘lanishlar asosida halqa tuzilishini tavsiflovchi tenglamalar tizimi ishlab chiqilgan;
yangi shakllangan trikotaj halqasida gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda ta’sir etuvchi kuchlarning halqa geometriyasi parametrlari hamda og‘ish burchaklariga bog‘liqligi aniqlanib, mazkur bog‘liqlikni ifodalovchi matematik tenglamalar ishlab chiqilgan;
halqaning markaziy egri chizig‘i va ip o‘qining joylashuviga asoslangan matematik model ishlab chiqilib, oddiy, press, transfer hamda deformatsiyalangan halqalarning parametrlarini yagona matematik yondashuv asosida aniqlash usuli taklif etilgan;
HQPDS dasturida transfer elementlari va halqa tuzilishi parametrlarining o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan naqsh hosil qilish algoritmi ishlab chiqilib, naqsh elementlarini matematik tavsiflash modeli taklif etilgan;
transfer asosidagi naqshli trikotaj to‘qimalarida karetka tezligi, trikotaj to‘qimasi zichligi hamda tortuvchi rolik tezligining trikotaj to‘qimasi cho‘zilishiga ta’sirini ifodalovchi regressiya tenglamasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. HqPDS dasturi yordamida naqshli trikotaj to‘qimasining yangi tuzilishlarini olish usulini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
trikotaj halqasining geometrik tuzilishini tavsiflovchi ishlab chiqilgan dastur yordamida yangi tuzilishdagi naqshli trikotaj to‘qimalarining namunalari “Porloq Chust Brendi” MChJ trikotaj korxonasiga ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2026-yil 10-iyundagi 01/06-799-son ma’lumotnomasi). Natijada bazaviy variantga nisbatan hajmiy zichlik 21 % ga kamaygan, 1000 kg tayyor mahsulot ishlab chiqarishda 202 kg poliakrilonitril ipi tejalgan va 15,24 mln so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda ta’sir etuvchi kuchlarning halqa geometriyasi parametrlari hamda og‘ish burchaklariga bog‘liqligini ifodalovchi matematik tenglamalar asosida trikotaj halqasini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar “Terry Jar Textile” MChJ korxonasiga ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2026-yil 10-iyundagi 01/06-799-son ma’lumotnomasi). Natijada hajmiy zichlik o‘rtacha 20,2 % ga kamayib, 1000 kg mahsulot ishlab chiqarishda 202 kg xomashyo iqtisod qilingan. Natijada ishlab chiqarish tannarxi pasayib, 15,24 mln so‘m umumiy iqtisodiy samaradorlik ta’minlangan;
transfer elementlari va halqa tuzilishi parametrlarining o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan naqsh elementlarini tavsiflash modeli “Mega Textile” MChJ korxonasiga ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2026-yil 10-iyundagi 01/06-799-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘qima parametrlarini optimallashtirish natijasida hajmiy zichlik 11 % ga kamaygan, 109 kg xomashyo tejalgan hamda bir tonna mahsulot hisobiga 8,55 mln so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
transfer asosidagi naqshli trikotaj to‘qimalarida karetka tezligi, trikotaj to‘qimasi zichligi hamda tortuvchi rolik tezligining trikotaj to‘qimasi cho‘zilishiga ta’sirini ifodalovchi tavsiyalar “Textile and Light Industry Center” MChJ korxonasiga ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2026-yil 10-iyundagi 01/06-799-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi naqshli to‘qima variantlarida hajmiy zichlik 13 % ga kamaygan, 131 kg xomashyo tejalgan hamda 10,13 mln so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Tadqiqot natijalari joriy etish natijasida mahsulot assortimenti kengaytirilgan, ishlab chiqarish samaradorligi oshirilgan, energiya va mehnat xarajatlari kamaytirilgan hamda korxonalarda bir tonna mahsulot hisobiga 8,55 mln so‘mdan 15,24 mln so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.