Sohibova Zarnigor Nusratilloevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbek peyzaj lirikasi: genezisi, tabiati va o‘ziga xos xususiyatlari, 10.00.14 – XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2023.4.DSc/Fil699.
Ilmiy maslahatchi: Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.09.08.
Rasmiy opponentlar: Xalova Maftuna Abdusalomovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Yo‘lchiev Qahhor Vahobovich, filologiya fanlari doktori, professor; Pirnazarova Manzura Matniyozovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek peyzaj lirikasining genezisi, nazariy asoslari, tarixiy shakllanish bosqichlari hamda milliy she’riyatimizdagi badiiy-estetik vazifalarini yaxlit ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek peyzaj lirikasining genezisi xalq og‘zaki ijodi va mumtoz adabiyotda shakllanganligi, uning markazida tabiat obrazi turishi, hayosevarlikka ilhomlantiruvchi estetik va shuuriy manzaralar bilan bog‘liq psixologik funksiyalarni bajarishi, tabiat va inson munosabatlarining badiiy, falsafiy va ekologik jihatdan integratsiyalashuvi xalq qo‘shiqlari, mumtoz lirika namunalari, Hamid Olimjon, Abdulla Oripovlarning she’rlari negizida asoslangan;
tabiat tasviri balalar adabiyotida bilish, tarbiyaviy-axloqiy va hissiy-estetik qiymat kasb etishi, modern she’riyatda esa falsafiy-ramziy kechinmalarni ifodalashi, ijtimoiy-siyosiy lirikada esa allegorik tarzda davr bilan bog‘liq muayyan g‘oyani tashishi aniqlanib, uning vatan tasviri bilan bog‘liq milliy topografik xususiyati, inson ruhiy olamini ifodalashdagi shodlik va umid, g‘amginlik va sog‘inch, isyonkorlik va kurash kabi psixologik fon sifatidagi imkoniyatlari isbotlangan;
Orol timsoli Matnazar Abdulhakim, Muhammad Yusuf, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Faxriyor va Eshqobil Shukur kabi shoirlar ijodida ayol, ona yoki o‘limga mahkum qilingan inson kabi obrazlar orqali ekopoetik yondashuvda tasvirlanib, insoniyat, onalik va kelajak qadriyatlari inqirozi singari maʼnolarni anglatishi; “ko‘k tobut”, “ko‘kaylari kesilgan ayol”, “halok bo‘layotgan Alpomish”, “zaharlangan daryo” singari paradoksal birliklar befarqlikning axloqiy va maʼnaviy javobgarligini ifodalashi aniqlangan;
o‘zbek modern she’riyatida tabiat manzarasi inson ongining ziddiyatli holatlarini ochib beruvchi poetik hodisa ekanligi, peyzaj obrazlari ramziylik, fragmentarlik va absurd kabi xususiyatlarni ifodalashi, borliqni subektiv idrok etish va “ruhiy landshaft”ni ifoda etishi, she’rxon tafakkurida individualizm, yolg‘izlik, ekzistensional tashvish, hayotni sevish, borliqni asrash, kelajakka javobgarlik kabi hissiy sifatlarni shakllantirishga xizmat qilishi ochib berilgan;
yangi o‘zbek she’riyatida peyzaj inson va tabiat o‘rtasidagi murakkab falsafiy, ijtimoiy hamda ekologik munosabatlarni yorituvchi badiiy vositaga aylanganligi, ekopoetik yondashuv orqali tabiat estetik go‘zallik manbayi, insoniy mas’uliyat, ma’naviy uyg‘oqlik va ogohlik timsoli sifatida talqin etilganligi, bunda ekologik muvozanat, insonning tabiatga befarqligi, ijtimoiy zo‘ravonlik va ma’naviy tanazzul bilan bog‘liq muammolar markaziy o‘ringa chiqqanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek peyzaj lirikasi genezisi, tabiati va o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan dissertatsiya natijalaridan:
o‘zbek peyzaj lirikasining genezisi xalq og‘zaki ijodi va mumtoz adabiyotda shakllanganligi, uning markazida tabiat obrazi turishi, hayosevarlikka ilhomlantiruvchi estetik va shuuriy manzaralar bilan bog‘liq psixologik funksiyalarni bajarishi, tabiat va inson munosabatlarining badiiy, falsafiy va ekologik jihatdan integratsiyalashuvi xalq qo‘shiqlari, mumtoz lirika namunalari, Hamid Olimjon, Abdulla Oripovlarning she’rlari negizida asoslangan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 29-dekabrdagi 04/1-6365-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha yangi nazariy ma’lumotlar bilan boyigan;
tabiat tasviri balalar adabiyotida bilish, tarbiyaviy-axloqiy va hissiy-estetik qiymat kasb etishi, modern she’riyatda esa falsafiy-ramziy kechinmalarni ifodalashi, ijtimoiy-siyosiy lirikada esa allegorik tarzda davr bilan bog‘liq muayyan g‘oyani tashishi aniqlanib, uning vatan tasviri bilan bog‘liq milliy topografik xususiyati, inson ruhiy olamini ifodalashdagi shodlik va umid, g‘amginlik va sog‘inch, isyonkorlik va kurash kabi psixologik fon sifatidagi imkoniyatlari borasidagi ilmiy-nazariy qarashlardan Buxoro davlat universiteti hamda Germaniya akademik almashinuv xizmati DAAD tomonidan moliyalashtirilgan ID-57663348-sonli “European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research – Muloqotda Evropa istiqbollari: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari” nomli xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 29-dekabrdagi 06/8194-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi peyzaj tasvirining o‘ziga xosligi va ekotanqidiy yondashuvlarga oid ilmiy xulosalar xalqaro loyiha materiallarini yangi nazariy ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Orol timsoli Matnazar Abdulhakim, Muhammad Yusuf, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Faxriyor va Eshqobil Shukur kabi shoirlar ijodida ayol, ona yoki o‘limga mahkum qilingan inson kabi obrazlar orqali ekopoetik yondashuvda tasvirlanib, insoniyat, onalik va kelajak qadriyatlari inqirozi singari maʼnolarni anglatishi; “ko‘k tobut”, “ko‘kaylari kesilgan ayol”, “halok bo‘layotgan Alpomish”, “zaharlangan daryo” singari paradoksal birliklar befarqlikning axloqiy va maʼnaviy javobgarligini ifodalashi aniqlangan o‘rinlardan 2025-yil 22-may kuni Germaniyaning Maynz shahridagi Yoxannes Gutenberg universiteti Slavyan, Turk va Boltiqbo‘yi tadqiqotlari instituti Turkologiya kafedrasida ilmiy maʼruza qilingan (Yoxannes Gutenberg universitetining 2025-yil 22-maydagi 55099-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijlik talabalar va maʼruza ishtirokchilarining o‘zbek peyzaj lirikasiga oid yangi ilmiy bilimlarga ega bo‘lishlariga erishilgan;
buxorolik ijodkorlar, jumladan, Fitrat ijodidagi peyzajning milliy adabiy tafakkur va falsafiy qatlamlarni ochishdagi ahamiyati borasidagi tahlillardan; o‘zbek peyzaj lirikasining genezisi, taraqqiyot bosqichlari va badiiy xususiyatlariga oid mulohazalardan, peyzajning badiiy-estetik, kompozision va ramziy vazifalari haqidagi tasniflardan olingan xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2024-yilda bajarilgan AL-662204396 raqamli “Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining ilmiy-adabiy merosi bo‘yicha elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 8-sentyabrdagi 5341-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha peyzaj tasvirining o‘ziga xosliklari haqidagi yangi maʼlumotlar bilan boyitilgan;
o‘zbek peyzaj lirikasining genezisi, taraqqiyot bosqichlari va badiiy xususiyatlari ilk bor tizimli ravishda tadqiq etilgan xulosalardan, peyzajning badiiy-estetik, kompozision va ramziy vazifalari alohida tasniflar asosida o‘rganilib, xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyot va yangi o‘zbek she’riyatidagi badiiy namunalar orqali dalillangan mulohazalardan, o‘zbek peyzaj lirikasiga mansub she’rlarning milliy adabiy tafakkurdagi o‘rni hamda uning falsafiy qatlamlari ochib berilgan tahlillardan, shuningdek, o‘zbek adabiyotshunosligida “topografik she’riyat” tushunchasi, uning asosiy jihatlari, vazifalari asoslangan xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi “Assalom, Buxoro”, “Adabiyot – millat ertasi” ko‘rsatuvlarining 2025-yil 2216 va 5-sonlaridagi senariysida foydalanilgan holda tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 8-sentyabrdagi 01-09-209-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy ko‘rsatuvlar zahirasini ilmiy jihatdan boyishiga erishilgan.