Bekpolatov Bozatau Otepbergenovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida qonuniylik prinsipini ta’minlash , 12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Ilmiy rahbar: Berdimuratova Gulnaz Murat qizi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Yu.04.05.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor K.Umarova, yuridik fanlar doktori professor X.I.Ruzmetov.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida qonuniylik prinsipini ta’minlashning umumnazariy va amaliy jihatlarini kompleks tahlil qilish hamda shu asosda ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quydagilardan iborat:
ijro etuvchi hokimiyat organlarining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, agar qonunchilikda ularni tayinlash va lavozimdan ozod etishning boshqa tartibi belgilanmagan bo‘lsa, yuqori turuvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda hokim tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishi to‘g‘risidagi qoida asoslab berilgan; 
xalq deputatlari Kengashi tegishli hududda joylashgan davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslariga qonunlarni ijro etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va ularning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar yuzasidan asoslangan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon etishni talab qilgan holda Kengash so‘rovini yuborish huquqiga egaligi asoslab berilgan; 
Kengash tekshiruvi inson huquq va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soluvchi, shuningdek, tegishli hududning xavfsizligi va barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlar va voqealarni o‘rganish maqsadida o‘tkazilishi mumkinligi asoslab berilgan; 
Kengash tekshiruvini o‘tkazish uchun Kengash deputatlari orasidan Kengash tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuzilishi asoslab berilgan; 
qonunchilik normalariga muvofiq kelmaydigan viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan belgilangan tartibda bekor qilinishi asoslab berilgan; 
favqulodda holat amal qilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonida mazkur holat joriy etilgan hududda mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turish nazarda tutilishi mumkinligi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagi takliflar ishlab chiqildi va joriy qilindi:
ijro hokimiyati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, yuqori turuvchi respublika ijro hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda hokim tomonidan lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi taklif 
O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 17 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirda qabul qilinishi munosabati bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-976-son Qonunining 23-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi 
Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 29 dekabrdagi 3/dn-274-son dalolatnomasi). 
Mazkur qoidaning joriy etilishi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish tartibini normativ jihatdan tartibga solishga, kadrlar bo‘yicha qarorlarning yagona davlat boshqaruvi tizimi bilan muvofiqlashtirilishiga, shuningdek, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatida qonuniylik va mas’uliyat prinsiplarining mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
Xalq deputatlari Kengashiga tegishli hududda joylashgan davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslariga qonunlar ijrosi, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish hamda ularning vakolatiga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar berish yoki o‘z pozisiyasini bayon etishni talab qiluvchi so‘rovlar yuborish huquqini nazarda tutuvchi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 17 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirda qabul qilinishi munosabati bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-976-son Qonunining 
25⁶-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 29 dekabrdagi 
3/dn-274-son dalolatnomasi). Mazkur qoidaning joriy etilishi joylarda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi hamda hisobdorligini kuchaytirishga, shuningdek, mahalliy davlat boshqaruvi tizimida qonuniylik prinsipini amalga oshirish samaradorligini oshirishga qaratilgan;
Xalq deputatlari Kengashining inson huquq va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soluvchi, shuningdek, tegishli hudud xavfsizligi asoslari hamda barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan faktlar va holatlarni o‘rganish maqsadida Kengash tekshiruvini o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutuvchi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 17 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirda qabul qilinishi munosabati bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 
O‘RQ-976-son Qonunining 25⁷-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 29 dekabrdagi 3/dn-274-son dalolatnomasi). Mazkur qoidaning joriy etilishi deputatlik tekshiruvi mexanizmini institutsional jihatdan mustahkamlashga, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish samaradorligini oshirishga, shuningdek, mahalliy darajada jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan;
Kengash tekshiruvini o‘tkazish uchun Kengash deputatlari orasidan Kengash tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuzilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 
2024 yil 17 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirda qabul qilinishi munosabati bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 
O‘RQ-976-son Qonunining 25⁸-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan 
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 29 dekabrdagi 3/dn-274-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi Kengash tekshiruvi tartibini institutsional jihatdan shakllantirishga, aniqlangan faktlarni kollegial va xolis ko‘rib chiqish mexanizmlarini yaratishga, shuningdek, mahalliy xalq deputatlari Kengashlarining nazorat vakolatlarini amalga oshirish samaradorligi va ochiqligini oshirishga xizmat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lmagan qarorlarini belgilangan tartibda bekor qilishni nazarda tutuvchi taklif O‘zbekiston Respublikasining 
2024 yil 17 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirda qabul qilinishi munosabati bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 
O‘RQ-976-son Qonunining 26-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 29 dekabrdagi 3/dn-274-son dalolatnomasi). Mazkur qoidaning joriy etilishi mahalliy xalq deputatlari Kengashlari qarorlarining qonuniyligi ustidan parlament nazoratini kuchaytirishga, huquqni qo‘llash amaliyotining yagonaligini ta’minlashga hamda mahalliy davlat hokimiyati tizimida qonun ustuvorligi prinsipini mustahkamlashga qaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonida favqulodda holat amal qilayotgan hududda mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turish imkoniyatini nazarda tutuvchi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 17 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirda qabul qilinishi munosabati bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-976-son Qonunining 26¹-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 29 dekabrdagi 3/dn-274-son dalolatnomasi). Mazkur qoidaning joriy etilishi favqulodda holat sharoitida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishning konstitutsiyaviy jihatdan asoslangan mexanizmini shakllantirishga, vakolatlarning takrorlanishi va boshqaruv sohasidagi kolliziyalarning oldini olishga, shuningdek, inqirozli vaziyatlarda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini lozim darajada himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish