Gulimbetov Arıslanbay Otebaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Quyi Amudaryo bo‘yi xalqlarining savdo-iqtisodiy aloqalari”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tar1538.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Djumashev Askar Mambetovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.04.04
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Sulaymanov Salamat Arepbaevich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Akimniyazova Gulnaz Abdinayimovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Quyi Amudaryo bo‘yi xalqlarining savdo va iqtisodiy aloqalari tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Ilmiy tadqiqotlar davomida XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Quyi Amudaryo bo‘yi xalqlarining savdo-iqtisodiy aloqalarida suv va quruqlikdagi yo‘llarining ahamiyati arxiv materiallaridagi yangi ma’lumotlar asosida aniqlangan;
Quyi Amudaryo bo‘yi hududidagi savdo yo‘llarining shakllanishi, rivojlanishi va ularning mintaqa iqtisodiyotining o‘sishiga ijobiy ta’siri aniqlanib, hududdagi eng yirik savdo markazlari – Xo‘jayli, Chimboy va Petro-Aleksandrovsk shaharlarining savdo aylanmasi, savdogarlar tarkibi va ularning faoliyat doirasi ochib berilgan;
Quyi Amudaryo bo‘yida yashovchi o‘zbek, qoraqalpoq, turkman va qozoq xalqlarining o‘zaro iqtisodiy munosabatlari, xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ayirboshlash, hunarmandchilik buyumlari savdosi va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashdagi aloqalari mintaqa xalqlarining ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynaganligi isbotlangan;
Rossiya imperiyasining Quyi Amudaryo bo‘yini mustamlakasiga aylantirishi va uning homashyo bazasi sifatida mintaqaning resurslarining o‘zlashtirilishining oqibatlari, imperiyaning ekspansionistik siyosati strategik va iqtisodiy manfaatlar bilan bog‘liqligi yangi ma’lumotlar bilan dalillangan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamyati: Dissertatsiyada ilgari o‘rganilmagan manbalar tahlili orqali Quyi Amudaryo bo‘yining iqtisodiy rivojlanish dinamikasi, savdo yo‘llari, tovar ayirboshlash hajmi va aholi turmush tarziga ta’siri yoritiladi. Tadqiqot O‘rta Osiyo tarixshunosligida mintaqaning iqtisodiy o‘rnini aniqlashga xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalaridan mintaqada iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni ishlab chiqishda hamda oliy o‘quv yurtlarida o‘quv kurslarini takomillashtirishda foydalanish mumkin.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Tadqiqotda keltirilgan ma’lumotlar va xulosalar oliy o‘quv yurtlarining tarix fakultetlarida “O‘zbekiston tarixi”, “Qoraqalpog‘iston tarixi” kabi fanlar bo‘yicha ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida, shuningdek, maxsus kurslar tayyorlashda qo‘l kelishi mumkin.
Tadqiqot natijalari asosida mintaqa tarixiga oid hujjatli filmlar yaratish, muzeylar uchun ekspozisiyalar tayyorlash va sayyohlik marshrutlarini ishlab chiqish mumkin.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Quyi Amudaryo bo‘yi xalqlarining savdo-iqtisodiy aloqalari tarixini har tomonlama o‘rganish asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar, natijalar va amaliy tavsiyalar quyidagicha amalga oshirildi:
Quyi Amudaryo bo‘yi hududidagi savdo yo‘llarining shakllanishi, rivojlanishi va ularning mintaqa iqtisodiyotiga ta’siri ilmiy asosda tahlil etilgan. Shuningdek, hududdagi eng yirik savdo markazlari – Xo‘jayli, Chimboy va Nukus shaharlarining savdo aylanmasi, savdogarlar tarkibi va ularning faoliyat ko‘lamiga oid natijalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyi fondlarida saqlanayotgan nodir nashrlar va qo‘lyozmalar ekspozisiyasini tashkil etishda foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyining 2025-yil 7-avgustdagi 271-sonli ma’lumotnomasi);
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2024 – 2027-yillarda bajarilishi ko‘zlangan Qoraqalpog‘istonda millatlararo bag‘rikenglik va millatlararo munosabatlarni rivojlantirish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasining XX asrning birinchi yarmidagi qoraqalpoq xalqining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixiga tegishli bo‘limini bajarishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 3-oktyabrdagi 595/1-son ma’lumotnomasi). Natijada Quyi Amudaryo bo‘yida yashovchi o‘zbek, qoraqalpoq, turkman va qozoq xalqlarining o‘zaro iqtisodiy munosabatlari, xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ayirboshlash, hunarmandchilik buyumlari savdosi va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashdagi aloqalari bo‘yicha natijalari asoslab berilgan.
Rossiya imperiyasining Quyi Amudaryo bo‘yiga kirib kelishi va uning mintaqa savdosi hamda iqtisodiy hayotiga ta’siri, shu jumladan, yangi bozorlarning paydo bo‘lishi, transport infratuzilmasining rivojlanishi va mahalliy ishlab chiqarishning Rossiya bozoriga integratsiyalashuvi jarayonlariga oid Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi Milliy instituti Qoraqalpoq filialida AI-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy, tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasining Qoraqalpog‘istonning iqtisodiy hayotiga tegishli bo‘lgan masalalarini o‘rganishda muhim nazariy manba sifatida foydalanildi (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi Milliy instituti Qoraqalpoq filialining 2025 yil 3-oktyabrdagi №387 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy xulosalar va tahlillar mazkur amaliy loyihaning yoshlar ongida milliy o‘zlikni anglash, tarixiy merosga hurmat va iqtisodiy tafakkurni shakllantirishga doir ta’limiy-modul va ma’naviy-ma’rifiy materiallar ishlab chiqish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg‘unligini tarixiy jarayonlar misolida talqin etishda, yoshlar o‘rtasida tarixiy xotira va ma’naviy merosni qadrlash g‘oyasini yaratishdagi dolzarbligi asoslangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanali davlat muassasasining “Saz sáwbet hám kewil ashar baǵdarlamalar” bosh redaksiyasi tamonidan tayorlangan “Kúsh bilimde” eshittirishi va Ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy bosh redaksiyasi tamonidan tayorlangan “Kúnnıń teması” eshittirishlari orqali dissertatsiya ishi bo‘yicha tayyorlangan XIX asrningning oxiri XX asr boshlarida Quyi Amudaryo bo‘yi xalqlarining savdo va iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi, hududda transportning rivojlanishi, ayniqsa, suv transporti, temir yoʻllar kabi sohalarning savdo-iqtisodiy aloqalardagi o‘rni va ahamiyati tadqiq etilganligi, mahalliy mahsulotlar nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham xaridorgir bo‘lganligi, bu esa hudud iqtisodiyotining rivojlanishiga hissa qo‘shganligi haqida ma’lumotlar berdi. Shuningdek, “Assalawma áleykum, Qaraqalpaqstan!” ko‘rsatuvida To‘rtko‘l shahrining savdo-iqtisodiy aloqalarda tutgan o‘rni haqida xalqimizga, keng jamoatchilik vakillariga, talaba va o‘quvchi yoshlarga targ‘ib qilindi. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining 2025-yil
23-sentyabrdagi 05-22/525-son ma’lumotnomasi).