Rustamova Dilfuzaxon Vohidjon qizining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
himoyasi haqida
e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktab o‘quvchilari og‘zaki nutqini metafora orqali rivojlantirish metodikasi (5-7-sinflar misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (filologiya)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B.2025.3.PhD/Ped10949
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Zokirova Sohiba Muhtoralievna
Filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.10.03
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Kurbonova Baxtixon Kuchkarbaevna, Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Kadirova Munira Rasulovna
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumta’lim maktablarining 5-7-sinf o‘quvchilari og‘zaki nutqini ona tili darslarida va darsdan tashqari mashg‘ulotlarida rivojlantirishda metaforadan foydalanishning ilmiy asoslangan metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ona tili darslarida 5-7-sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutqini rivojlantirish jarayonini metaforadan foydalangan holda tashkil etishning pedagogik zarurati o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, psixologik jihatdan fikrlash jarayonini hamda mavjud darsliklarning nazariy va amaliy tahlil qilinishi orqali asoslab berilgan;
ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish uchun berilgan mashqlarni bajarishda metafora orqali og‘zaki nutq boyligini oshirishga asoslanadigan tirilgan so‘zlar, jonlangan obrazlar teatri, qiyoslash qiziqarli, metaforani rasmda ko‘r, so‘zlar ortidagi sehrli dunyo, metafora chaqmoqlari, ko‘rinmas bog‘liqlik singari usullari yordamida aniqlangan;
ona tili darslarida darsdan tashqari mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish hamda og‘zaki nutqni metafora orqali rivojlantirishga qaratilgan “metafora sarguzashti” nomli quest tehnologiyasi asosida takomillashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan va ushbu tehnologiya asosida yaratilgan “Metafora” nomli mobil ilova orqali yanada takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda og‘zaki nutqni rivojlantirishda metaforadan foydalanish knikmasini shakllantirishda samaradorlikka erishish modelini metafora asosida o‘quv topshiriqlarini bosqichma-bosqich va intensiv bajarish samaradorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktab o‘quvchilari og‘zaki nutqini metafora orqali rivojlantirish metodikasiga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida: dissertatsiya ishi natijalarining Sirdaryo viloyati Guliston shahar 2- sonli va 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 20- sonli va 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari, andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi 10-sonli va 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv jarayoniga joriy etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar mavjudligi, tadqiqot ishidagi tajriba-sinov ishlari OAK talabi bo‘yicha rasmiylashtirilganligi, dissertatsiya ishi 5-7-sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi, 5-7-sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutqini rivojlantirishda metaforadan foydalanishning mazmuni aniqlanganligi uning shakl, metod va vositalari ishlab chiqilganligi, tadqiqot natijalarining ahamiyati va amaliyotga joriy etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirli Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universitetining 2025-yil 1-avgustdagi 22-01-411/22-sonli ma’lumotnomasi).
5-7-sinf o‘quvchilari og‘zaki nutqini rivojlantirishda metaforadan foydalanishning ahamiyatga ega vosita sifatida, metaforani bosqichma-bosqich o‘quvchilar nutqiga olib kirish uchun ishlab chiqilgan tavsiya va metodlardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” 01/4-2145-son amaliy grant loyihasida foydalanilgan. Natijada o‘quvchilar nuqtini yangi ma’nolar bilan boyitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
5-7-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarining og‘zaki nutqida metaforalardan foydalanish jarayonini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan model tizimli-jarayonli, leksik-kognitiv va faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvlar optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar hamda, “O‘xshashlikni angla”, “Metaforani rasmda ko‘r” metodlari orqali metaforani tushuntirish usullari “Nutqiy kompetensiyalar” nomli o’quv qo’llanma mazmuniga singdirilgan(O‘zbekiston Respublikasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalarvazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 746-980 raqamli ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilar og‘zaki nutqida metaforalardan foydalanishning metodik ta’minoti aniqlangan;
5-7-sinf ona tili darslarida metafora – didaktik, motivatsion va metodik vosita bo‘lib xizmat qilishi, milliy tafakkurda – ma’naviy, estetik va sotsiokultur hodisa sifatida katta o‘rin tutishi, metaforalar har bir jamiyat bilan birgalikda rivojlanib, shu jamiyat a’zosi bo‘lgan xalqning milliy-ma’daniy, estetik qarashlarini kengaytirishiga oid tavsiyalardan davlat dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan bajarilgan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” 01/4-2152-son amaliy grant loyihasida foydalanilgan.Natijada metaforaning tafakkurda – konseptual anglash, bilish va idrok mexanizmi sifatida namoyon bo‘lishi, uning dunyoni assotsiativ bilish borasida bolalar idrokining imkoniyatlarini oshirishga, kognitiv bilimlarni tilda aks ettirishga erishilgan;