Lyamkina Viktoriya Aleksandrovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik universiteti” konsepsiyasi asosida universitetlarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishning ilmiy-metodologik asoslari”, 08.00.13–Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.DSc/Iqt
Ilmiy maslahatchi: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalarni beruvchi DSc.04/2025.27.12.I.01.03
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Djurabaev Otabek Djurabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Kasimova Fotima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “tadbirkorlik universiteti” konsepsiyasini amalga oshirish sharoitida universitetlarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasida universitetlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
– uslubiy yondashuv doirasida “tadbirkorlik universitetlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’lim, fan, innovatsiya va tijoratlashtirish jarayonlarini integratsiyalash orqali bilim yaratishga, bilimlarni iqtisodiy qiymatga aylantirishga, startaplar va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga, bozor talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga, shuningdek, mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishga institutsional ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan ko‘p funksiyali oliy ta’lim muassasalari sifatida takomillashtirilgan;
– O‘zbekistonda “tadbirkorlik universitetlari”ning shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va oliy ta’limning asosiy manfaatdor tomonlari kutishlarining tarkibiy mazmunini ochib beruvchi sotsiologik tadqiqot natijalari asosida oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv tizimini “tadbirkorlik universiteti” modeliga aylantirishni idrok etishning asosiy empirik qonuniyatlari asoslangan;
– milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalari faoliyati natijalarini o‘lchashga kompleks, ko‘p darajali yondashuvga asoslangan “tadbirkorlik universiteti” faoliyati samaradorligini baholashning milliy yo‘naltirilgan indikatorlar tizimi O‘zbekiston Respublikasi sharoitlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
– ilmiy loyihalar, grantlar, startaplar va xo‘jalik shartnomalari soni ta’sirining optimal nisbatlarini aniqlash taklifi asoslangan (2,25; -1,04; 3,78), ulardagi ishtirokchilar soni (0; 3,54; –2,84) hamda olingan daromadlar hajmi (82,4; 0; 0) oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyat darajasining asosiy natijaviy ko‘rsatkichlarini shakllantirishga;
– O‘zbekistonda “tadbirkorlik universitetlari”ning shakllanishi va rivojlanishiga turli omillarning ta’sirini aks ettiruvchi ko‘p omilli ekonometrik modellar asosida 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Tadbirkorlik universiteti” konsepsiyasini amalga oshirish sharoitida universitetlarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy takliflar asosida:
“tadbirkorlik universitetlari” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va tijoratlashtirish jarayonlarini integratsiyalash orqali bilim yaratishga, bilimlarni iqtisodiy qiymatga aylantirishga, startaplar va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga, bozor talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga, shuningdek, mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishga institutsional ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan ko‘p funksiyali oliy ta’lim muassasasi sifatida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy qoidalardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tavsiya etilgan “Menejment asoslari” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 12-martdagi 98-sonli buyrug‘iga asosan 98-02-son nashr ruxsatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy sharoitida “tadbirkorlik universitetlari”ning mazmun-mohiyatiga oid nazariy-uslubiy tushunchalar kengaytirilgan;
O‘zbekistonda “tadbirkorlik universitetlari”ning shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va oliy ta’limning asosiy manfaatdor tomonlari kutishlarining tarkibiy mazmunini ochib beruvchi sotsiologik tadqiqot natijalariga asoslangan taklif, oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimining “tadbirkorlik universiteti” modeliga transformatsiyasini idrok etishning asosiy empirik qonuniyatlarini asoslash imkonini bergan; O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026-yil 1-iyundagi 01/01-01-452-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning joriy etilishi oliy ta’lim muassasalarini “tadbirkorlik universitetlari”ga transformatsiya qilishga qaratilgan boshqaruv qarorlarining asoslanganligini oshirish imkoniyatlarini yaratgan;
O‘zbekiston Respublikasining milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalari faoliyati natijalarini o‘lchashga kompleks va ko‘p bosqichli yondashuvga asoslangan “tadbirkorlik universiteti” faoliyati samaradorligini baholashning milliy yo‘naltirilgan indikatorlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026-yil 1-iyundagi 01/01-01-452-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini kompleks baholash va ularni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash imkoniyati yaratilgan;
ilmiy loyihalar, grantlar, startaplar va xo‘jalik shartnomalari soni ta’sirining optimal nisbatlarini aniqlash bo‘yicha taklif (2,25; -1,04; 3,78), ulardagi ishtirokchilar soni (0; 3,54; –2,84) hamda olingan daromadlar hajmi (82,4; 0; 0) oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyati darajasining asosiy natijaviy ko‘rsatkichlarini shakllantirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026-yil 1-iyundagi 01/01-01-452-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning joriy etilishi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy faoliyati va ilmiy salohiyatini boshqarish samaradorligini oshirish imkoniyatini ta’minlagan;
“tadbirkorlik universitetlari”ning shakllanishi va rivojlanishiga turli omillarning ta’sirini aks ettiruvchi ko‘p omilli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan O‘zbekistonda “tadbirkorlik universitetlari”ni rivojlantirishning 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim va global hamkorlikni rivojlantirish markazi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim va global hamkorlikni rivojlantirish markazining 2026-yil 1-iyundagi 01/01-01-452-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “tadbirkorlik universitetlari”ni uzoq muddatli istiqbolda rivojlanishini ilmiy asoslangan holda prognozlash va strategik rejalashtirish imkoniyati ta’minlangan.