Karimova Maftuna Karimberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): « Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bolalar zo‘ravonligi profilaktikasida ijtimoiy ish samaradorligini baholash mexanizmlari » 22.00.02 ‒ Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/S135.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, DSc.04/2025.27.12.S.01.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: sotsologiya fanlari doktori, professor Abduraxmonova Manzura Manofovna
Rasmiy opponentlar: Sobirova Umida sotsiologiya fanlari doktori (DSc), dotsent, Alisher Yunusov sotsiologiya fanlari doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bolalar zo‘ravonligi profilaktikasi bo‘yicha ijtimoiy ish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Peer to Peer” (tengdosh-tengdoshga) dasturiga asoslangan “xavfsiz bolalik” qo‘llab-quvvatlash guruhi faoliyatini mahallada tizimli yo‘lga qo‘yilishi asosida zo‘ravonlik holatlarini oldini olishga erishilishi sotsiologik asoslab berilgan;
bolalar o‘rtasida yangi shakllanayotgan kvadroberlik holatlarini kamaytirishning “sotsio-emotsional integratsiya modeli” (jamoaviy o‘zaro munosabatni hamjihatlik orqali kuchaytirish, axborot makonida ijobiy identifikatsiyani sotsiokommunikativ orqali shakllantirish va oilaviy hamdardlik muhitini interaktivlik orqali mustahkamlash) ishlab chiqilgan;
"hurmatga qadamlar" dasturini maktablarda qo‘llash orqali tengdoshlar bilan do‘stlikni saqlash va nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, empatiya va ijobiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida zo‘ravonlikning kamayishiga erishilishi sotsiologik asoslab berilgan;
oila-maktab-mahalla hamkorligida ishlab chiqilgan dasturlar asosida zo‘ravonlikka nisbatan “nol bardoshlik”ni yo‘lga qo‘yish orqali gender stereotiplarga, kamsitishga va kamsituvchi hazillarga qarshi immunitetini shakllanishi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida zo‘ravonlikni barataraf etishga erishilishi sotsiologik asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim muassalarida bolalar zo‘ravonligi profilaktikasida ijtimoiy ish kasbiy faoliyati samaradorligini baholash mexanizmlari:
umumta’lim maktablarida oila, maktab va mahalla o‘rtasidagi ijobiy hamkorlikni tashkil qilish orqali zo‘ravonlik holatlarining oldini olishda samaradorlikka erishishga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 14-fevraldagi 4035-IV -sonli Qarori 9-ilovasidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta ’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2025-yilga mo‘ljallangan Ish rejasidagi 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” dasturi”dagi vazifalar hamda davlatimiz rahbarining “2025-yil 3-yanvardagi respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1 sonli qaroridan kelib chiqib, 2025-yil 20- fevraldagi O‘RQ-1035-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining 2025-yil 18-apreldagi № 18-05-65/1-sonli ma’lumotnomasi). Shuningdek dissertant tomonidan taklif qilingan ilmiy yangiliklar yoshlarning parlament hayotidan xabardorligini oshirish, ularning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish maqsadida Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan o‘tkaziladigan turli uchrashuvlar seminar va boshqa tadbirlarni tashkil qilishda foydalanildi.
“hurmatga qadamlar” dasturini maktablarda qo‘llash orqali tengdoshlar bilan do‘stlikni saqlash va nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, empatiya va ijobiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida zo‘ravonlikni kamayishida ijobiy natijaga erishish ma’lumotidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kardlarni tayyorlash instituti tomonidan o‘tkazilgan “Yoshlarning barqaror rivojlanishiga tahdid omillari: mavjud vaziyat va oldini olish imkoniyatlari” mavzusidagi tadqiqot natijalarini tahlil qilishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kardlarni tayyorlash institutining 2025-yil 1-martdagi №01-3/85/1-sonli dalolatnoma). Bundan tashqari dissertantning bevosita taklifiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kardlarni tayyorlash institutida turli uchrashuvlar, seminar treninglar va boshqa tadbirlarni tashkil qilishda foydalanilib, ulani yuqori saviyada o‘tkazishga xizmat qilgan;
ijtimoiy institutlar (oila, maktab va mahalla) o‘rtasidagi ijobiy hamkorlikni tashkil qilish orqali “Peer to Peer” (tengdosh-tengdoshga) tamoyiliga asoslangan “xavfsiz bolalik” qo‘llab-quvvatlash guruhi faoliyatini mahallada tizimli yo‘lga qo‘yilishi hamda mahalla ijtimoiy ish xodimi “sog‘lom oila - xavfsiz bola” dasturi asosida “siz farzandingizni qanday eshitasiz?” shiori ostidagi jamoaviy yondashuvi bolalar o‘rtasida yangi shakllanayotgan kvadroberlik holatlarini kamayishida ijobiy natijaga erishish ma’lumotidan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi huzuridagi Mahalla akademiyasida 2024-2025-o‘quv yili uchun “Mahalla tizimi xodimlari” va “Mahalla ettiligi” a’zolari hamda vazirlik va idoralarning mahallalarga biriktirilgan masʼul xodimlarining mahalladagi faoliyati bo‘yicha malakasini oshirish kursining o‘quv dasturini hamda o‘quv rejasining 13-o‘quv yo‘nalishidagi “Mahalla raislari tomonidan “Mahalla ettiligi” a’zolarining o‘zaro samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali ularning faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish mexanizmlari” bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. Bundan tashqari dissertantning bevosita taklifiga ko‘ra Mahalla akademiyasi tomonidan 2025-yil fevral oyida o‘tkazilgan “Mahalla fuqarolari yig‘ini tuzilmasidagi “Mahalla ettiligi” a’zolarining hamkorligi va hamjihatliligini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomaning 4, 5, 6, 7, 9, 10-savollari va javob variantlarini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi huzuridagi Mahalla akademiyasining 2025-yil 25-martdagi № 01-03/20-sonli dalolatnoma). Shuningdek, Mahalla akademiyasi tomonidan dissertant tomonidan taklif qilingan ilmiy yangiliklardan 2025-yil yanvar-iyun oylarida viloyatlarda davlat boshqaruvi va huquqni muhofaza qiluvchi organlari, “Mahalla ettiligi”ning viloyat boshqarmalari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimliklari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida “Mahalla ettiligi faoliyati samaradorligini oshirish” mavzusida o‘tkazilgan turli uchrashuvlar, seminar va boshqa tadbirlarni tashkil qilishda foydalanilib, ulani yuqori saviyada o‘tkazishga xizmat qilgan.
bolalar o‘rtasida yangi shakllanayotgan kvadroberlik holatlarini kamaytirishning “sotsio-emotsional integratsiya modeli” (jamoaviy o‘zaro munosabatni hamjihatlik orqali kuchaytirish, axborot makonida ijobiy identifikatsiyani sotsiokommunikativ orqali shakllantirish va oilaviy hamdardlik muhitini interaktivlik orqali mustahkamlash) hamda ijtimoiy tarmoqlarda oila-maktab-mahalla hamkorligida “siz farzandingizni qanday eshitasiz?” milliy kontent dasturi asosida qisqa metrajli videoroliklar tayyorlashda hamda "hurmatga qadamlar" dasturini maktablarda qo‘llash orqali tengdoshlar bilan do‘stlikni saqlash va nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, empatiya va ijobiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bolalar zo‘ravonligini kamayishiga erishilishi “Farg‘ona” telekanalining “Xayrli kun”, “Yoshlar vaqti” ko‘rsatuvlari, “Farg‘ona” radiokanalining “Dolzarb mavzu” eshittirishini tayyorlashda taklif va tavsiyalaridan foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “farg‘ona viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining 2025 yil «24» dekabrdagi № 01-12/266-sonli dalolatnomasi)
Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, odamlarni rozi qilish asosidagi barqaror taraqqiyotga erishish davlatning ustuvor siyosati va zamonaviy boshqaruvning ilg‘or tendensiyasi darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi zo‘ravonlik hodisalarining ortib borayotganligi, uning oldini olish uchun zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishni talab qilmoqda. Jumladan, xorijiy mamlakatlarda muvaffaqiyat qozongan dasturlarni mahalliy sharoitga moslashtirgan holda tashkil qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotchi Karimova Maftuna Karimberdievna tomonidan ota-onalarning farzandiga beparvoligi va eshitmasligi oqibatida farzandlari ruhiy zo‘ravonlikka uchrashi hamda bola dipressiyaga tushishi va agressivlik holatlarini keltirib chiqarishi, o‘zini ma’lum bir hayvon qiyofasida aks ettiruvchi aksessuarlardan foydalangan holda o‘sha jonzotning xatti-harakatlariga taqlid qilish orqali ota-onalarining e’tiborini jalb etishga urinish holatlari kuzatilgani haqidagi ma’lumotlaridan foydalanilib O‘zbekiston MTRK Farg‘ona TRK tomonidan efirga uzatilgan “kun mavzusi” dasturida keng foydalanildi .