Yusupov Jo‘rabek Xasanboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston qishloqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti (1946-1960-yillar, Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari misolida)”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tar2236
Ilmiy rahbar: Juraev Xusniddin Pazliddinovich - tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.12.2025.Tar.10.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Soyibjon Abdurazzoqovich - tarix fanlari doktori, professor, Sattarov Akram Madaminovich - tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1946-1960-yillar davriy chegarasida Farg‘ona vodiysi qishloqlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, qishloq xo‘jaligida yuz bergan o‘zgarishlarning umumiy xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi qishloq xo‘jaligida paxtachilikni monopollashtirish va iqtisodiy majburlashga asoslangan imperiyacha siyosat qishloq xo‘jaligining umumiy tuzilishida og‘ir oqibatlarga olib kelgani, xususan, vodiyda donli ekinlar, sabzavot va poliz, chorva ozuqasi ekinlari maydoni hamda yalpi hosili tobora kamayib borgani, bu holat qishloq aholisining yalpi daromadiga, turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani dalillangan; 
XX asr 50-yillardagi agrar islohotlar cheklangan xususiyatga ega ekani, ular ishlab chiqarishning kolxoz-sovxoz tizimini har tomonlama takomillashtirishga emas, balki faqat uni tarkibiy jihatdan qayta qurishga qaratilgani tahlil etilib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishni takomillashtirish ikki yo‘nalishda: mehnatni brigada-zveno usulida tashkil etish va kolxozlarni yiriklashtirish; kolxozlarni sovxozlarga aylantirish yo‘li bilan kooperativ mulkni davlat tasarrufiga o‘tkazish asosida amalga oshirilgani dalillangan;
XX asr 50-yillarning ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysi qishloq xo‘jaligini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar muayyan miqdor va sifat o‘zgarishlariga olib kelgan bo‘lsa-da, iqtisodiyotning bu sohasidagi vaziyat juda ziddiyatliligicha qolavergani, bu ziddiyat ikkita muhim holat bilan: birinchisi qishloq xo‘jaligining rivojlanish tendensiyalari bilan bog‘liq bo‘lib,                  1950-yillarning boshlaridayoq uning rivojlanish sur’atlari sezilarli darajada pasaygani; ikkinchisi esa 1957-yildan e’tiboran rivojlanishda turg‘unlikka o‘xshash barqarorlik holati yuzaga kelgani isbotlangan; 
qishloq aholisining turmush sharoiti juda sekinlik bilan o‘zgarib borgani, Farg‘ona vodiysi qishloqlarida aholining maishiy turmushida zarur bo‘lgan kiyim-kechak, sanoat mollari, mebel, uy-ro‘zg‘or buyumlari kabi mahsulotlar ta’minotida etishmovchilik va muammolar saqlanib qolgani, bu muammolar qishloq aholisining moddiy farovonlik darajasi, turar-joy va maishiy, hamda ijtimoiy-madaniy turmush sharoitlariga, ijtimoiy infratuzilma rivojlanishining past darajasi esa Farg‘ona vodiysi qishloqlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
1946–1960-yillar davriy chegarasida Farg‘ona vodiysi qishloqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘zgarishlar tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ham o‘zbek qishloqlari og‘ir ahvolda qolgani, aholini frontga safarbar qilish Farg‘ona vodiysi qishloqlari mehnat resurslarining sezilarli darajada kamayishiga olib kelgani aniqlangan, buning natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish pasayib, ko‘pgina kolxozlar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgani va kolxozchilarning turmush sharoiti yomonlashganiga doir dissertatsiya materiallaridan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati muzeyi ekspozisiyalarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2026-yil 29-yanvardagi 04-05/367-son ma’lumotnomasi). Ushbu materiallar muzeyga tashrif buyuruvchilarda urushdan keyingi yillarda o‘zbek qishloqlardagi umumiy ahvol haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan;
urushdan keyingi yillarda Farg‘ona vodiysi kolxozchi dehqonlari tarixining dolzarb va kam o‘rganilgan muammolari tadqiq etilib, tadqiqot davomida olingan ma’lumotlar butun respublika miqyosida ham, alohida hududlar bo‘yicha ham aholining turli toifalari ko‘rsatkichlari bilan qiyoslanganiga doir ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “Tarix maydoni” dasturlarini samarali tashkil etish, ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 
2026-yil 7-yanvardagi 01-33/11-son ma’lumotnomasi). Materiallar ko‘rsatuvlarni teletomoshabinlarga ta’sirli etkazilishiga, teletomoshabinlarda bugungi farovon hayotning qadriga etib, shukronalik tuyg‘usining mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
1950-yillardagi agrar islohotlar cheklangan xarakterga ega ekani, ular ishlab chiqarishning kolxoz-sovxoz tizimini har tomonlama takomillashtirishga emas, balki faqat uni tarkibiy jihatdan qayta qurishga qaratilgani tahlil etilib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishni takomillashtirish ikki yo‘nalishda: mehnatni brigada-zveno usulida tashkil etish va kolxozlarni yiriklashtirish; kolxozlarni sovxozlarga aylantirish yo‘li bilan kooperativ mulkni davlat tasarrufiga o‘tkazish asosida amalga oshirilganiga doir dissertatsiya materiallaridan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati muzeyi ekspozisiyalarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2026-yil 29-yanvardagi 04-05/367-son ma’lumotnomasi). Ushbu materiallar muzeyga tashrif buyuruvchilarda urushdan keyingi yillarda o‘zbek qishloqlardagi umumiy ahvol haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan;
kolxozchi dehqonlarining turmush sharoiti juda sekinlik bilan o‘zgarib borgani, Farg‘ona vodiysi qishloqlarida aholining turmush faoliyatiga oid ko‘plab masalalarni hal qilish bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolgani, bu muammolar qishloq aholisining moddiy farovonlik darajasi, turar-joy va maishiy, hamda ijtimoiy-madaniy turmush sharoitlari, ya’ni ijtimoiy infratuzilmaning ishlashi va rivojlanishi bilan bog‘liq ekani asoslangan, ijtimoiy infratuzilma rivojlanishining past darajasi Farg‘ona vodiysi qishloqlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatganiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “Tarix maydoni” dasturlarini samarali tashkil etish, ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2026-yil 7-yanvardagi 01-33/11-son ma’lumotnomasi). Materiallar ko‘rsatuvlarni teletomoshabinlarga ta’sirli etkazilishiga, teletomoshabinlarda bugungi farovon hayotning qadriga etib, shukronalik tuyg‘usining mustahkamlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish