Tashmatov G‘ayrat Rovshonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasining hududiy rivojlanishini strategik rejalashtirish”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt452.
Ilmiy rahbar: Sodiqov Avazbek Madaminovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.01.10.
Rasmiy opponentlar: Otaboev Sherzod Xudayberganovich, Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD); Valiev O‘ktam Xadievich, Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
O‘zbekiston Respublikasining hududiy rivojlanishini strategik rejalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Strategik hujjatlar va ilg‘or xorijiy tajribani kompleks tahlil qilish asosida “Milliy – mintaqaviy – mahalliy” darajalarining ixcham tizimiga ega bo‘lgan strategik rejalashtirish hujjatlarining uch bosqichli ierarxiyasini (maqsad belgilash – rejalashtirish – dasturlash), ularni ishlab chiqish, kelishish va monitoring qilishning yagona tartibini, shuningdek, strategiyalarni o‘zgartirish mexanizmlarini nazarda tutuvchi “Strategik rejalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining konseptual asoslari ishlab chiqildi;
davlat hududiy siyosati instrumentlarini ilmiy asoslangan holda tabaqalashtirish va hududlarni muvozanatli rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalarni shakllantirishni ta’minlaydigan, o‘zaro bog‘liq to‘rtta blok (iqtisodiy, ijtimoiy, infratuzilmaviy, ekologik)ga birlashtirilgan 20 ta ko‘rsatkich tizimidan iborat O‘zbekiston Respublikasi hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini kompleks baholash metodikasi ishlab chiqildi;
2022–2026-yillarga mo‘ljallangan hududiy dasturlar ijrosining retrospektiv tahlili natijalariga ko‘ra aniqlangan va ularning o‘rtacha 20–40 foizga “ortiqcha bajarilishini” keltirib chiqaradigan O‘zbekiston Respublikasining hududiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish bosqichida reja ko‘rsatkichlarining tizimli ravishda pasayib ketish hodisasi aniqlandi va miqdoriy jihatdan tavsiflandi, bu esa maqsadlarni belgilash metodologiyasini qayta ko‘rib chiqish va haqiqiy qiymatlar rejadagidan keskin farq qilganda reja topshiriqlarini avtomatik ravishda tuzatish mexanizmlarini joriy etish zarurligini asoslaydi;
Uord usuli (siluet koeffisienti 0,68) yordamida ko‘p o‘lchovli klaster tahlili asosida 2010–2024-yillarda 14 ta hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ma’lumotlari asosida sinovdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi hududlarining tipologiyasi tuzildi, unda uchta klaster – o‘sish qutblari, o‘rtacha rivojlanish darajasidagi hududlar va davlat hududiy siyosati vositalarining tabaqalashtirilgan to‘plami bilan ustuvor qo‘llab-quvvatlanadigan hududlarga ajratildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududiy rivojlanishni strategik rejalashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
strategik rejalashtirishning yaxlit tizimini shakllantirish bo‘yicha takliflar, xususan, asosiy qonunni qabul qilish, uch pog‘onali hujjatlar ierarxiyasi va strategik rejalashtirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktyabrdagi “Strategik rejalashtirish va rivojlantirish tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-201-son Farmonining 1, 2, 7 va 8-bandlarida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligining 2025-yil 26-dekabrdagi 02-05-0871-son ma’lumotnomasi);
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini to‘rtta o‘zaro bog‘liq blokka birlashtirilgan 20 ta indikator tizimi asosida kompleks baholash usuli Toshkent shahrini rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda foydalanilgan (Toshkent shahar hokimligining 2025-yil 17-dekabrdagi 02-3523-son ma’lumotnomasi), bundan tashqari, baholashning indikator tizimini qo‘llash bo‘yicha uslubiy qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktyabrdagi PF-201-son Farmonini amalga oshirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni tayyorlashda inobatga olingan (Strategik rivojlanish va islohotlar agentligining 2025-yil 26-dekabrdagi 02-05-0871-son ma’lumotnomasi);
hududiy rivojlanish dasturlarida rejali ko‘rsatkichlarni tizimli ravishda pasaytirib ko‘rsatish fenomeni aniqlanganligi va u bilan bog‘liq reja ko‘rsatkichlarini belgilash metodikasini optimallashtirish hamda ularning asosliligi va realligini oshirish bo‘yicha takliflar Toshkent shahrini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va baholashda foydalanilgan (Toshkent shahar hokimligining 2025-yil 17-dekabrdagi 02-3523-son ma’lumotnomasi), shuningdek, PF-201-son Farmonida aks ettirilgan strategik hujjatlarni amalga oshirish monitoringining chegaraviy qiymatlari va tuzatish ta’sirlarining avtomatik mexanizmlari bilan kompleks tizimini shakllantirishda inobatga olingan (Strategik rivojlanish va islohotlar agentligining 2025-yil 26-dekabrdagi 02-05-0871-son ma’lumotnomasi);
maqsadli qiymatlarga ega indikatorlar tizimini va ko‘rsatkichlarga erishish uchun javobgarlik mexanizmlarini joriy etishni o‘z ichiga olgan hududiy dasturlar monitoringi va baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Toshkent shahrini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va baholashda qo‘llanilgan (Toshkent shahar hokimligining 2025-yil 17-dekabrdagi 02-3523-son ma’lumotnomasi);
2010–2024-yillar oralig‘ida 14 ta hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ma’lumotlari asosida ko‘p o‘lchovli klaster tahlili asosida tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi hududlari tipologiyasi Toshkent shahri tumanlarining rivojlanish xaritalarini tayyorlashda va hududiy rivojlanishning tabaqalashtirilgan siyosati bo‘yicha tavsiyalarni shakllantirishda qo‘llanilgan (Toshkent shahar hokimligining 2025-yil 17-dekabrdagi 02-3523-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish