Mingboev Asqar Qandaharovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda narxlarni monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5563.
Ilmiy rahbar: Xamraxudjaev Nematxon Yaxyoxanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, , dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.26.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bekmurodov Adxamov Sharipovich Toshkent Xalqaro Universiteti rektori maslahatchisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor va Urinov Bobur Nasilloevich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Menejment kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Alfraganus universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda narxlarni monopoliyaga qarshi tartibga solishni boshqarishga oid ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
narxlar dinamikasi va bozor xulq-atvorini real vaqt rejimida kuzatish hamda profilaktik ta’sir choralarini qo‘llashga qaratilgan ko‘p bosqichli “FAIR PRICE” raqamli boshqaruv modelini konseptual-arxitekturaviy mexanizm asosida ishlab chiqishga ko‘ra tizimda narxlarni prognozli shakllantirish, tahlil qilish va qaror qabul qilish jarayonlarida axborotning tarqoqligini bartaraf etish hamda tezkor monitoring jarayonlarini amalga oshirish taklifi ilmiy asoslangan;
O‘zbekistonda raqobat siyosatini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi vakolatlarni strategik qayta taqsimlash, mustaqil regulyatorlar institutini rivojlantirish hamda monopoliyaga qarshi organning institutsional mustaqilligini kuchaytirishga asoslangan adaptiv institutsional boshqaruv modeli ishlab chiqilgan;
ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarini aniqlash, baholash va ularga nisbatan boshqaruv ta’sir choralarini qo‘llash samaradorligini oshirish maqsadida narx monitoringi, narx darajasi indikatorlari, asossiz daromadlarni aniqlash algoritmlari hamda huquqiy-iqtisodiy ekspertiza usullarini o‘zaro integratsiyalashga asoslangan to‘rt bosqichli nazorat va qaror qabul qilish mexanizmi ishlab chiqilgan;
monopol sohalarda narxlarni shakllantirish va davlat tomonidan tartibga solish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqib “adolatli foyda keltiruvchi narx”, “benchmark raqobat” hamda xarajatlarni optimallashtirish yondashuvlarini integratsiyalashga asoslangan narxlarni boshqarish va tartibga solish mexanizmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda narxlarni monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida taklif etilgan:
narxlar dinamikasi va bozor xulq-atvorini real vaqt rejimida kuzatish hamda profilaktik ta’sir choralarini qo‘llashga qaratilgan ko‘p bosqichli “FAIR PRICE” raqamli boshqaruv modelini konseptual-arxitekturaviy mexanizm asosida ishlab chiqishga ko‘ra tizimda narxlarni prognozli shakllantirish, tahlil qilish va qaror qabul qilish jarayonlarida axborotning tarqoqligini bartaraf etish hamda tezkor monitoring jarayonlarini amalga oshirish taklifi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2026-yil 9-fevraldagi 392/02-21-son ma’lumotnomasi). Natijada narxlar monitoringini markazlashgan raqamli boshqaruv asosida tashkil etish, bozor holatini real vaqt rejimida tahlil qilish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishning tezkorligi va samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
O‘zbekistonda raqobat siyosatini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi vakolatlarni strategik qayta taqsimlash, mustaqil regulyatorlar institutini rivojlantirish hamda monopoliyaga qarshi organning institutsional mustaqilligini kuchaytirishga asoslangan adaptiv institutsional boshqaruv modelining amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PQ-28-son “Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 211-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2026-yil 9-fevraldagi 392/02-21-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi vakolatlarning aniq chegaralanishi, regulyatorlarning institutsional mustaqilligi va boshqaruv samaradorligi kuchaytirilgan, raqobat muhitini tartibga solishda shaffoflik hamda boshqaruv qarorlarining xolisligi ta’minlanib, monopoliyaga qarshi tartibga solish tizimining institutsional samaradorligi oshirilgan;
ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarini aniqlash, baholash va ularga nisbatan boshqaruv ta’sir choralarini qo‘llash samaradorligini oshirish maqsadida narx monitoringi, narx darajasi indikatorlari, asossiz daromadlarni aniqlash algoritmlari hamda huquqiy-iqtisodiy ekspertiza usullarini o‘zaro integratsiyalashga asoslangan to‘rt bosqichli nazorat va qaror qabul qilish mexanizmidan Raqobat qo‘mitasining mazkur yo‘nalishga oid yo‘riqnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2026-yil 9-fevraldagi 392/02-21-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarini erta bosqichda aniqlash, iqtisodiy zarar miqdorini ishonchli baholash, boshqaruv qarorlarini qabul qilishning asoslanganligini oshirish hamda tezkor ta’sir choralarini qo‘llash samaradorligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
monopol sohalarda narxlarni shakllantirish va davlat tomonidan tartibga solish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqib “adolatli foyda keltiruvchi narx”, “benchmark raqobat” hamda xarajatlarni optimallashtirish yondashuvlarini integratsiyalashga asoslangan narxlarni boshqarish va tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga oid takliflardan “Kommunal sohada mavjud muammolar va ularning echimi bo‘yicha takliflar”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2026-yil 9-fevraldagi 392/02-21-son ma’lumotnomasi). Natijada kommunal xizmatlar sohasida tariflarni shakllantirish va tartibga solish jarayonining shaffofligi hamda iqtisodiy asoslanganligi oshirilgan, narxlarni boshqarishda yagona yondashuvni qo‘llash va boshqaruv qarorlarining samaradorligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish