Mirzaev Nomazning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Katta o‘lchamdagi belgilar fazosida tanib olish operatorlarini sintez qilish usullari», 05.01.03–Informatikaning nazariy asoslari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/T299.
Ilmiy maslahatchi: Fozilov Shavkat Xayrullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Shuxrat Manapovich, texnika fanlari doktori, professor; Rustamov Nasim Tulagenovich, texnika fanlari doktori, professor; Primova Xolida Anorboevna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: katta o‘lchamli belgilar fazosida timsollarni tanib olish masalalarini echishni ta’minlovchi va radial funksiyalarga asoslangan tanib olish operatorlari modellarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alohida afzal belgilar yoki belgilarning afzal birikmalarini ajratishga asoslangan tanib olish operatorlarining modellari ishlab chiqilgan;
reprezentativ ob’ektlarga nisbatan alohida afzal belgilar yoki belgilarning afzal birikmalarini ajratishga asoslangan tanib olish operatorlarining modellari ishlab chiqilgan;
afzal belgilarini va reprezentativ ob’ektlarni (ABRO) ajratishga asoslangan tanib olish operatorlari modellarining parametrik ifodasi ishlab chiqilgan;
ABRO ajratishga asoslangan tanib olish operatorlari modellarining algebraik tutashuvi doirasida korrekt va turg‘un tanib olish algoritmi mavjudligi isbotlangan;
ABRO ajratishga asoslangan tanib olish operatorlari modellarining har biriga mos aniqlangan parametrik fazoda ekstremal tanib olish operatorlarini qurish masalasi shakllantirilgan va uni echish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Belgilar fazosi o‘lchamining kattaligini hisobga olgan holda tanib olish operatorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
belgilarning o‘zaro bog‘liqliklarini baholashga asoslangan tanib olish algoritmlari va yaratilgan dasturiy majmua «UNICON.UZ» Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlar markazi Davlat unitar korxona faoliyatiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 33-8/7393-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida shaxsni yuz tasviri bo‘yicha identifikatsiya qilishga asoslangan kirishni nazorat qilish tizimining aniqlik darajasini 15% ga oshirish imkoni yaratilgan;
belgilarni bog‘liqlik modellarining afzal guruhini ajratishga asoslangan tanib olish algoritmlari va ular asosida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot «Xavfsiz shahar» jamoat tartibiga ko‘maklashish markaziga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 33-8/7393-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi tashqi kuzatuv tizimlari orqali ob’ektlarni tanib olish vaqtini 10% ga qisqartirish imkonini bergan;
belgilarning o‘zaro bog‘liqliklarini baholash va radial funksiyalarga asoslangan tanib olish algoritmlari va ular asosida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markaziga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 33-8/7393-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi yashirin so‘zni kiritayotgan foydalanuvchini autentifikatsiya qilish aniqligini 10% ga oshirish imkonini bergan.