Doniyorova Gulrux Baxtiyorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Xotin-qizlarga bag‘ishlangan nashrlarda adabiy jarayonlar tahlili (1936–1976-yillar misolida), 10.00.14 – XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2026.2.PhD/Fil7341.
Ilmiy rahbar: Fayzullaeva Obidaxon Xolbekovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.38.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Normat, filologiya fanlari doktori; Hamroqulova Xurshida Quvvatovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimizda 1936-1976-yillarda xotin-qizlarga bag'ishlangan nashrlarda badiiy adabiyot masalalarining yoritilishi, unda chop etilgan hikoya, she’r, qissa va romanlardan parchalar, tarjima asarlarning o‘ziga xos jihatlarini ochib berish, xususan, tanlangan mavzu yo‘nalishida nashrning individual xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
1936-1976-yillarda nashr etilgan xotin-qizlarga bag‘ishlangan jurnallarda adabiy jarayonning yoritilish xususiyatlari ilk bor kompleks tarzda ochib berilib,  chop etilgan badiiy asarlarning o‘quvchida vatanparvarlik, mehnatsevarlik va yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish orqali ma’naviy kamolotiga ko‘rsatgan ijobiy ta’siri, lirik she’rlarning badiiy-estetik, nasriy asarlarning poetik, ma’rifiy-tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyati dalillangan;
“Yangi yo‘l”, “Yorqin turmush”, “Yorqin hayot”, “O‘zbekiston xotin-qizlari” va “Saodat” jurnallarida e’lon qilingan badiiy hamda adabiy-tanqidiy materiallarning adabiy jarayon rivojidagi ahamiyati asoslanib, tarjimon ijodkorlarning jahon adabiyoti namunalaridan tarjimalarining ijodkor badiiy uslubi, tasvir vositalari va kompozision mahoratini boyitishdagi o‘rni isbotlangan; 
U.Nosir, G‘.G‘ulom, H.Xudoyberdieva kabi taniqli ijodkorlarning adabiy merosiga kiritilmay qolib ketgan, o‘zbek adabiyotiga noma’lum bo‘lgan “Hayot” she’ri va “Eng so‘nggi kayf”, “Tushlarimga kirib tur,bolam” kabi hikoyalari topilib, ilmiy muomalaga kiritilgan va ilmiy istifodaga olib kirish zarurati aniqlangan; 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanayotgan jurnallarning 100 yillik sonlaridagi asarlarning shakl va mazmun uyg‘unligi hamda janr sifatida epistolyar  tizimida ekanligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xotin-qizlarga bag‘ishlangan nashrlarda adabiy jarayonlar tahlilini tadqiq etish davomida olingan ilmiy natijalar quyidagilarda o‘z tatbig‘ini topgan:
1936-1976-yillarda nashr etilgan xotin-qizlarga bag‘ishlangan jurnallarda adabiy jarayonning yoritilish xususiyatlari ilk bor kompleks tarzda yoritib berilgan hamda chop etilgan badiiy asarlarning o‘quvchida vatanparvarlik, mehnatsevarlik va yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish orqali ma’naviy kamolotiga ko‘rsatgan ta’siri, lirik she’rlarning badiiy-estetik, nasriy asarlarning poetik, ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyati dalillanganligiga oid ilmiy xulosalardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan IL-52 tur-21091433-raqamli “O‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish (Wikipedia elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 9-dekabrdagi 04/1-5896-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur platforma xotin-qizlar matbuoti va undagi adabiy jarayonga oid yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan.
“Yangi yo‘l”, “Yorqin turmush”, “Yorqin hayot”, “O‘zbekiston xotin-qizlari” va “Saodat” jurnallarida e’lon qilingan badiiy hamda adabiy-tanqidiy materiallarning adabiy jarayon rivojidagi o‘rni va ahamiyati asoslangan, tarjimon ijodkorlarning jahon adabiyoti namunalaridan tarjimalarining ijodkor badiiy uslubi, tasvir vositalari va kompozision mahoratini boyitishdagi o‘rni isbotlanganligiga oid ilmiy xulosalardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-son “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 9-dekabrdagi  04/1-5897-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan elektron platforma o‘zbek ayol ijodkorlari va matbuoti tarixiga oid yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan. 
U.Nosir, G‘.G‘ulom, H.Xudoyberdieva kabi taniqli ijodkorlarning adabiy merosiga kiritilmay qolib ketgan, o‘zbek adabiyotiga noma’lum bo‘lgan “Hayot” she’ri va “Eng so‘nggi kayf”, “Tushlarimga kirib tur,bolam” kabi hikoyalari topilib, ilmiy muomalaga kiritilgan va ilmiy istifodaga olib kirish zarurati aniqlanganligiga oid natijalar asosida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Umr daftari” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2025-yil 27-noyabrdagi  01-20/895-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy meros va uning tarbiyaviy ahamiyati to‘g‘risidagi tasavvurlar boyitilgan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanayotgan jurnallarning 100 yillik sonlaridagi asarlarning shakl va mazmun uyg‘unligi,  janr sifatida epistolyar  tizimida ekanligi aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Unitilmas siymolar” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2025-yil 27-noyabrdagi  15-20/897-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-ommabop mazmundagi ko‘rsatuvning g‘oyaviy-estetik asoslari mustahkamlanishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish