Isoqov Zafarjon Zokirjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Mahalliy byudjet soliqli daromadlar bazasini kengaytirishning metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Iqt1118.
Ilmiy rahbar: Xudoykulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.26.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Niyazmetov Islambek Masharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Normurzaev Umid Xolmurzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy byudjet soliqli daromadlar bazasini kengaytirishning metodologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
differensial soliq bazasini mustahkamlash va real vaqt rejimidagi daromadlar bazasini kengaytirish maqsadida algoritmik yondashuv asosida “Tadbirkorlik subektlari tomonidan dala chetlariga ekin ekilganligi”, “Ekologik markirovkalash sertifikati mavjudligi”, ““Yashil” energiyadan foydalanish samaradorligi”, “Tadbirkorlik subektlari ilmiy tadqiqot natijasida yangi ishlanmalarni ishlab chiqarish” va “OTT bitiruvchilari hamda texnikumlarda dual ta’lim shaklida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning bandligini ta’minlash” ko‘rsatkichlari qo‘shimcha ball beruvchi mezon sifatida baholash taklifi asoslangan;
mahalliy byudjet soliqli daromadlar bazasini kengaytirish va yashirin iqtisodiyot ulushini sezilarli darajada qisqartirish, jismoniy shaxslar uchun qonuniy faoliyatning jozibadorligini oshirishda yillik tovar aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi joriy etish hamda soliq stavkasini 1 foiz miqdorida belgilash taklifi ilmiy asoslangan;
hududiy moliyaviy siyosatda uzoq muddatli fiskal strategiyaga erishish va mahalliy byudjet soliqli daromadlarini aniq va ilmiy tarzda prognozlashtirish orqali soliq bazasini kengaytirishni moliyaviy barqarorlik hamda shaffoflik asosida ta’minlash yuzasidan aylanmadan olinadigan soliq, jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va er solig‘i, er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha mahalliy byudjet daromadlarini prognozlashtirish va metodologik asoslarni mustahkamlash bo‘yicha ishlab chiqilgan metodologiyadan foydalanish taklifi asoslangan;
er osti suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash va suv o‘lchash uskunalarisiz suv olinishini soliqqa tortishning differensiallashtirilgan mexanizmi orqali soliq bazasini kengaytirishda xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyati davomida er osti suv manbalaridan suv o‘lchash uskunalarisiz suvdan foydalanganda belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida soliqqa tortish yuzasidan bergan taklifi ilmiy asoslangan;
soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish jarayonida yuqori likvidli mulkiy aktivlar bozorida naqd pulsiz to‘lovlarni tartibga solish va soliqqa tortish bazasini yashirishni oldini olish hamda mulk obektlarini alohida risklarni boshqarish segmenti orqali raqamli texnologiyalar asosida soliq organlarining tahliliy imkoniyatlarini kengaytiruvchi innovatsion mexanizm sifatida ko‘chmas mulk obektlari, ishlab chiqarilganiga o‘n yildan oshmagan transport vositalari hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olishni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish bo‘yicha bergan taklifi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
differensial soliq bazasini mustahkamlash va real vaqt rejimidagi daromadlar bazasini kengaytirish maqsadida algoritmik yondashuv asosida “Tadbirkorlik subektlari tomonidan dala chetlariga ekin ekilganligi”, “Ekologik markirovkalash sertifikati mavjudligi”, ““Yashil” energiyadan foydalanish samaradorligi”, “Tadbirkorlik subektlari ilmiy tadqiqot natijasida yangi ishlanmalarni ishlab chiqarish” va “OTT bitiruvchilari hamda texnikumlarda dual ta’lim shaklida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning bandligini ta’minlash” ko‘rsatkichlari qo‘shimcha ball beruvchi mezon sifatida baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 662-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-fevral kungi “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”dagi 75-sonli Qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvar kungi “Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 55-sonli qarorining 3-bobi “Reytingni baholash metodikasi” va 2-ilovasi “Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingi ko‘rsatkichlari” ga o‘zgartirish kiritildi va taklif amaliyotga joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo’mitasining 2026-yil 4-iyundagi 26/2-74680-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga qo’llanilishi natijasida hududiy mahalliy byudjet soliq to‘lovchilari hisoblangan tadbirkorlik subektlari tomonidan soliq intizomi va soliq solish bazasini kengayishi hisobiga, 2025-yil yakuni bo‘yicha 2 403 nafar va 2026-yil 1-may holatiga 3 103 nafar tadbirkorlik subektlari o‘z reytingini oshirishga erishgan bo‘lib, aylanmadan soliq to‘lovchi tadbirkorlik subektlarini daromadlari 2,0 barobar oshishiga xizmat qilgan;
mahalliy byudjet soliqli daromadlar bazasini kengaytirish va yashirin iqtisodiyot ulushini sezilarli darajada qisqartirish, jismoniy shaxslar uchun qonuniy faoliyatning jozibadorligini oshirishda yillik tovar aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi joriy etish hamda soliq stavkasini 1 foiz miqdorida belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgust kungi “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-247-sonli Qaroriga asosan 2026-yil 1-yanvardan amaliyotga joriy etildi (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo’mitasining 2026-yil 4-iyundagi 26/2-74680-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy byudjet soliqli daromadlari hisoblangan aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi subektlar soliq solish bazasini kengayishi hisobiga 2026-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi uchun 1 099,6 mlrd.so‘m soliq undirilishiga erishilgan. Shuningdek, 2025-yilga nisbatan 2026-yil 1-aprel holatiga yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi tushumlari miqdori 2,4 barobarga oshgan;
hududiy moliyaviy siyosatda uzoq muddatli fiskal strategiyaga erishish va mahalliy byudjet soliqli daromadlarini aniq va ilmiy tarzda prognozlashtirish orqali soliq bazasini kengaytirishni moliyaviy barqarorlik hamda shaffoflik asosida ta’minlash yuzasidan aylanmadan olinadigan soliq, jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va er solig‘i, er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha mahalliy byudjet daromadlarini prognozlashtirish va metodologik asoslarni mustahkamlash bo‘yicha ishlab chiqilgan metodologiyadan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabr kungi “Davlat byudjeti daromadlarini prognozlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-397-sonli Qarorida o‘z aksini topgan va amaliyotga 2026-yil 1-yanvar kunidan joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo’mitasining 2026-yil 4-iyundagi 26/2-74680-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy byudjet daromadlari aniq va ilmiy asoslangan tarzda prognozlashtirish orqali moliyaviy barqarorlik va shaffoflikni ta’minlash va mahalliy soliq tushumlari 1,5 barobarga oshishiga xizmat qilgan;
er osti suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash va suv o‘lchash uskunalarisiz suv olinishini soliqqa tortishning differensiallashtirilgan mexanizmi orqali soliq bazasini kengaytirishda xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyati davomida er osti suv manbalaridan suv o‘lchash uskunalarisiz suvdan foydalanganda belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida soliqqa tortish yuzasidan bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi 2025-yil 5-may kungi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” gi O‘RQ-1062-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445-moddasida tasdiqlanib, o‘z aksini topdi (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo’mitasining 2026-yil 4-iyundagi 26/2-74680-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, er osti manbalaridan olingan suv sarfi uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari soliq solish bazasini kengayishi hisobiga 2024-yilda 19 foizdan 2025-yilda 35 foizga hamda 2025-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha 45 foizga o‘sdi. Bu esa, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish bazasini takomillashishi natijasida 2026-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 332,3 mlrd. so‘m mablaglar tushgan holda, 82 foizga tushumlar o‘sganligidan dalolat beradi;
soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish jarayonida yuqori likvidli mulkiy aktivlar bozorida naqd pulsiz to‘lovlarni tartibga solish va soliqqa tortish bazasini yashirishni oldini olish hamda mulk obektlarini alohida risklarni boshqarish segmenti orqali raqamli texnologiyalar asosida soliq organlarining tahliliy imkoniyatlarini kengaytiruvchi innovatsion mexanizm sifatida ko‘chmas mulk obektlari, ishlab chiqarilganiga o‘n yildan oshmagan transport vositalari hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olishni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabr kungi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-246-sonli farmoniga asosan 2026-yil 1-aprel kunidan amaliyotga joriy etildi (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo’mitasining 2026-yil 4-iyundagi 26/2-74680-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotga joriy etilishi orqali O‘zbekiston soliq tizimi, fiskal tizim va mahalliy byudjet soliqli daromadlarini soliq bazalari kengayishi hisobiga 2,5-3,5 barobarga ko‘chmas mulklarni naqd pulsiz sotish va sotib olishdan to‘lanadigan qo‘shimcha daromad solig‘ini oshirishga xizmat qiladi.