Ro‘ziev Ismoil Isog‘ovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbek tilida tobelik funksional-semantik maydoni, 10.00.01 - o‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil2720.
Ilmiy rahbar: Baxriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Tursunali, filologiya fanlari doktori, professor; Safarov Firuz Sulaymonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida tobe munosabat ifodalovchi fonetik, leksik, morfologik, sintaktik birliklarni funksional-semantik maydon ko‘zgusida o‘rganish, ularning maydon tarkibidagi o‘rni, lisoniy xususiyatlari va nutqiy imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilida gapning shakllanishi uchun muhim bo‘lgan tobelovchi vositalar yaxlit tizim sifatida funksional-semantik maydonni hosil qilishi o‘zbek tilidagi matnlar tahlili vositasida dalillangan;
tobelik funksional-semantik maydoni tarkibi ajratilgan, tobelash darajasi, tobelik belgisini ifodalash uchun xoslanganligi hamda vositaning nutqda qo‘llanish darajasi mezonlariga ko‘ra ism kelishiklari maydon yadrosini, ko‘makchi, fe’l kelishik, kelishik umumgrammatik vositalar (-gacha, -day/dek, -dagi, -niki) maydon markazini, gap tobelovchi vositalar, yuklamalar, tartib va ohang maydonning periferiya sohasini tashkil etishi asoslangan, tobelik funksional-semantik maydoni yadrosi, markazi va periferiyasining lisoniy xususiyatlari nutqiy hosilalar tahlili orqali ochib berilgan;
tobelovchi vositalarning lingvistik modellari ajratilishi, dasturiy modellari ishlab chiqilishi maydon xususiyatlarini ochib berishda muhimligi o‘zbek tilidagi matnlar tahlili vositasida dalillangan;
o‘zbek tilidagi tobelovchi vositalarning lingvistik modellari asosida asosiy dasturiy modellari ([S tv-Nom_CS_aff → Pm], [A tv-Gen_CS_aff → Otv-Abl_CS_aff], [Otv-Acc_CS_aff → Pm], [Otv-Dat_CS_aff → A tv-Vs-gan ], [M tv-Loc_CS_aff → A tv-Vs-gan], [Otv-Abl_CS_aff →Mtv-Loc_CS_aff ]) ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida tobelovchi vositalarni yaxlit tizim sifatida o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek tilidagi tobelovchi vositalarning lingvistik modellari asosida asosiy dasturiy modellari ([S tv-Nom_CS_aff → Pm], [A tv-Gen_CS_aff → Otv-Abl_CS_aff], [Otv-Acc_CS_aff → Pm], [Otv-Dat_CS_aff → A tv-Vs-gan ], [M tv-Loc_CS_aff → A tv-Vs-gan], [Otv-Abl_CS_aff →Mtv-Loc_CS_aff ]) ishlab chiqilganligi bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209. “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 27-fevraldagi 04/1-764-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari tobelovchi vositalar tadqiqiga oid yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
tobelik funksional-semantik maydoni tarkibi ajratilgan, tobelash darajasi, tobelik belgisini ifodalash uchun xoslanganligi hamda vositaning nutqda qo‘llanish darajasi mezonlariga ko‘ra ism kelishiklari maydon yadrosini, ko‘makchi, fe’l kelishik, kelishik umumgrammatik vositalar (-gacha, -day/dek, -dagi, -niki) maydon markazini, gap tobelovchi vositalar, yuklamalar, tartib va ohang maydonning periferiya sohasini tashkil etishi asoslangan, tobelik funksional-semantik maydoni yadrosi, markazi va periferiyasining lisoniy xususiyatlari nutqiy hosilalar tahlili orqali ochib berilganligi; tobelovchi vositalarning lingvistik modellari ajratilishi, dasturiy modellari ishlab chiqilishi maydon xususiyatlarini ochib berishda muhimligi o‘zbek tilidagi matnlar tahlili vositasida dalillanganligi haqidagi nazariy fikrlardan Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan 2018-2021-yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusida bajarilgan fundamental loyihada foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 5-martdagi 98-son ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlar loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, tezislar hamda monografiyalar saviyasini oshirishda xizmat qilgan;
o‘zbek tilida gapning shakllanishi uchun muhim bo‘lgan tobelovchi vositalar yaxlit tizim sifatida funksional-semantik maydonni hosil qilishi o‘zbek tilidagi matnlar tahlili vositasida dalillanganligi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy ma’lumotdan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Quvnoq nonushta” radioeshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 6-martdagi 17-05/46-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirish mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.