Niyozmatova Nilufar A’loxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sust shakllangan jarayonlarni baholash uchun intellektual gibrid usul va algoritmlar», 05.01.03–Informatikaning nazariy asoslari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T351.
Ilmiy rahbar: Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kobulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor; Radjabov Sobirjon Sattorovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sust shakllangan jarayonlarni baholash uchun intellektual gibrid usul va algoritmlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noravshan to‘plamlar va tabiiy hisoblash usullarini qo‘llagan holda sust shakllangan jarayonlarni baholovchi intellektual gibrid usul va algoritm ishlab chiqilgan;
global optimallashtirish masalasini echishning zarralar galasi usuli zarralar tezligi va holatini yangilash orqali takomillashtirilgan;
global optimallashtirish masalasini echishning immun algoritmi yordamida noravshan modelni o‘qitish yondoshuvi taklif etilgan;
sust shakllangan jarayonlarni baholashda optimallashtirish masalasini echishning ishonchlilik fazosini sozlashni hisobga olgan holda noravshan madaniy algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sust shakllangan jarayonlarni baholash uchun intellektual gibrid usul va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy ta’minot asosida:
datchiklardan olingan ma’lumotlar bazasini yaratish, saqlash, qayta ishlash, dastlabki ishlov berish imkonini beruvchi intellektual gibrid algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 33-8/7395-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida transport oqimlarini baholash va tirbandliklarni aniqlashga sarflanadigan vaqtni 10% ga qisqartirish imkonini bergan;
chorrahalardan o‘tuvchi transport vositalari soni haqidagi ma’lumotlar asosida ishlovchi dastur Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Amudaryo tuman yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 33-8/7395-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida svetoforning optimal ishlash rejimini aniqlash orqali chorrahalardagi tirbandlikni bartaraf etish va monitoring qilish jarayoniga sarflanadigan vaqtni 10% ga qisqartirish imkonini bergan;
dastlabki axborotlar to‘liq bo‘lmagan holatda jarayonlarni baholash algoritmlari «Zarafshon» magistral tizimi boshqarmasiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 33-8/7395-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida qaror qabul qilish samaradorligini 25% ga oshirish imkonini bergan;
intellektual gibrid usul, algoritmlar asosida yaratilgan dastur O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan zarar bilan ishlayotgan korxonalarni iqtisodiy barqarorligi monitoringini o‘tkazish uchun joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 33-8/7395-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida zarar bilan ishlayotgan korxonalarni iqtisodiy barqarorligi monitoringini o‘tkazish yil yakuni bo‘yicha avvalgi yilga nisbatan ularning miqdorini Toshkent viloyatida 15% ga kamayishiga, shuningdek respublikada iqtisodiy nochor bo‘lgan korxonalarni 20% ga kamayish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish