Ergashev Husan Yusup o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining Respublikada tarix fani rivoji va kadrlar tayyorlashdagi o‘rni (1991-2025 y.y.), 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tar1960
Ilmiy rahbar: siyosiy fanlari doktori, professor Muminov Alisher Gaffarovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.01.01
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor Xoliqova Rahbar Ergashevna
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. 1991-2025 yillar davriy chegarasi doirasida O‘zbekistonda tarix fanining rivojlanishi va sohadagi mutaxasis kadrlarni tayyorlashda O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining o‘rnini kompleks o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mustaqillik yillarida tarixiy haqiqatni tiklash va yoshlarda tarixiy tafakkurni shakllantirish borasida yangi arxiv materiallaridan foydalanilgan holda fakultet professor-o‘qituvchilarining faoliyati ochib berilgan;
Mustaqillik yillarida Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari tarix fanini rivojlanishi bilan uyg‘un bo‘lganligi O‘zbekistonda ilk bor yo‘nalish va mutaxsisliklar uchun darsliklar yaratilganligi aniq misollar orqali hamda avval ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlar asosida dalillangan;
Fakultetda uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriylar bilan o‘tkazilgan suhbatlar va intervyular hamda og‘zaki tarix materiallar asosida ilk bor fakultetning professor-o‘qituvchilari tomonidan ijtimoiy hayotning eng dolzarb muammolarini echimini topishga va tarix fani rivojiga qo‘shgan hissasi aniqlangan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv jarayoni sifatini oshirish hamda kadrlarning salohiyatini shakllantirish borasida xorij tajribasi va zamonaviy usullardan samarali foydalanilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining Respublikada tarix fani rivoji va kadrlar tayyorlashdagi o‘rni (1991-2025 y.y.) mavzusidagi tadqiqot natijalarining joriy qilinishi hamda chiqarilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fanining rivoji uchun olib borilgan ishlar arxiv fondlarida saqlanayotgan hujjatlar, vaqtli matbuot nashrlari hamda og‘zaki tarix asosida tahlil etilib, bu yillarda tarixiy haqiqatni tiklash va yangicha tarixiy tafakkurni yaratish borasida davlat tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar va ularning ahamiyatiga oid takliflar ishlab chiqilganligi va unga oid takliflardan O‘zbekiston telekanalining milliy “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2026-yil 26-fevraldagi 01-33/129-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlar tarix fanining bugungi darajasiga erishish uchun olib borilgan ishlarning ko‘lami va ahamiyati, tarixiy shaharlar va shaxslarning yubileylari orqali xolis tarixni anglash bo‘yicha aniq tasavvur va amaliy tushunchalarga ega bo‘ldilar.
O‘zMu Tarix fakulteti boshchiligida o‘quv ishlarini samarali tashkil etish va olib borishda keng ko‘lamli olib borilgan. Fakultet rahbariyati tomonidan o‘quv jarayonini samarali tashkil etish borasida respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining Tarix fakultetlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, fakultet tomonidan xorijiy hamkorlik doirasida ham ilg‘or pedagogik tajribalar o‘rganilib, ta’lim jarayoniga zamonaviy va samarali o‘qitish metodlarini mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda joriy etilgani qayd etilgan. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining ijrosini ta’minlashda foydalanildi. (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-Ma’naviy tadqiqotlar institutning 2026-yil 28-apreldagi 10/286-sonli dalolatnomasi). Natijada, tadqiqotda yoritilgan jarayonlar mamlakat yoshlarining tarixiy bilimlarini boyitish hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy kamolotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Tarix fani rivojlanishining bosqichlari, xususan, tarix fanidagi umumta’lim va oliy ta’lim muassasalari uchun darsliklarni ishlab chiqish jarayonlari, sohadagi mavjud muammolar va ularning echimi borasida olib borilgan ishlarga oid ma’lumotlar, bundan tashqari, fakultetda yangi o‘quv jarayonlarning yo‘lga qo‘yilishi va uning Respublika miqyosida amaliyotga tadbiq etilishi borasida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari haqidagi ma’lumotlardan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2026-yil 26-fevraldagi 01-33/129-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikada tarix fanining o‘qitilishi uchun olib borilgan sa’y-harakatlarning ilk tajribalari O‘zMu Tarix fakulteti orqali o‘quv jarayonlariga tadbiq etildi.
Fakultet olimlarining ilmiy tadqiqotlari natijasida O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari borasida fundamental tadqiqotlar amalga oshirildi. Xususan, mamlakatimizning qadimgi davri tarixi, shaharsozlik tarixi, ilk o‘rta asrlar tarixi va toponimika (joy nomlari)ga oid tadqiqotlari, o‘zbek xalqining etnogenezi, Amir Temur va Temuriylar davri tarixi, O‘rta Osiyo xonliklari va amirligi tarixi, Tarixiy-geografik va kartografik bilimlar rivoji, Buyuk Ipak yo‘lining tarixiy ahamiyati, XIX–XX asr Turkistoni tarixi, XX asr Sobiq Ittifoq davri muammolari, istiqlol yillari tarixi va millatlararo munosabatlar masalalari kabi O‘zbekiston tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etgan yirik hajmdagi ilmiy tadqiqot ishlari borildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda foydalanildi. (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutning 2026-yil 28-apreldagi 10/286-sonli dalolatnomasi). Natijada, Tadqiqot natijalari esa olimlarning O‘zbekiston tarixini ochib berishdagi xizmatlarini qayd etadi.