Tojieva Feruza Qobiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Sun’iy intellekt texnologiyalari asosida telekommunikatsiya tarmoqlarida trafiklarni tasniflash modellari va algoritmlarini ishlab chiqish”, 05.04.01 - “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6311.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Utkir Raxmatillaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc. 09/2025.27.12.T.01.02.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Nargiza Baxtiyorbekovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Ismanov Kobuljon Abduraxmonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida telekommunikatsiya tarmoqlarida trafik oqimlarini avtomatik aniqlash va ularni real vaqt rejimida tasniflash modellari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarmoqlarda trafik oqimlarini tasniflashda mashinali o‘qitish usullarini qo‘llash uchun ma’lumotlar to‘plamlarini yaratish va ularni shakllantirish algoritmi filtrlash mexanizmini joriy etish orqali takomillashtirilgan;
tarmoq trafigini tasniflashda yuqori aniqlik darajasini ta’minlovchi muhim informativ atributlarni delta qiymati asosida aniqlash konseptual modeli ishlab chiqilgan;
telekommunikatsiya tarmoqlarida kam hisoblash resurslarini talab qiluvchi va oqim xususiyatlariga asoslangan real vaqt rejimida trafiklarni tasniflash usuli takomillashtirilgan;
bir oilaga tegishli ilovalar tomonidan shakllantiriladigan trafik oqimlarini mashinali o‘qitish asosida ikki bosqichli tasniflash konseptual modeli va algoritmi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Taklif etilgan model va algoritmlar asosida ishlab chiqilgan dasturiy vositalardan olingan natijalar bo‘yicha:
tarmoqlarda trafik oqimlarini tahlil qilish masalalarida mashinali o‘qitish usullarini qo‘llash uchun ma’lumotlar to‘plamlarini yaratish hamda ularni shakllantirish algoritmi “Universal mobile systems” mas’uliyati cheklangan jamiyatning tarmoq monitoringi jarayonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligi 2026-yil 16-martdagi 33-8/2291-son ma’lumotnomasi). Natijada trafik oqimlari bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tasniflash jarayonlari tizimlashtirilib, oqim darajasidagi atributlar shakllantirildi hamda oqimlarni yuqori aniqlikda tasniflashga erishilgan;
tarmoq trafigini tasniflashdagi dastlabki oqim atributlarini ajratish va tasniflash jarayonida yuqori aniqlik darajasini ta’minlovchi muhim informativ atributlarni aniqlash konseptual modeli O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markaziga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligi 2026-yil 16-martdagi 33-8/2291-son ma’lumotnomasi). Natijada tasniflash jarayonidagi ortiqcha va kam informativ belgilar qisqartirildi, modelning hisoblash yuklamasi kamaytirildi hamda eng muhim atributlar asosida oqimlar belgilangan sinflarga real vaqt rejimda 93 foiz aniqlikda tasniflandi, o‘z navbatida tarmoq monitoringi va tahlil jarayonlarining barqarorligi va ishonchliligini ta’minlagan;
telekommunikatsiya tarmoqlarida kam hisoblash resurslarini talab qiluvchi va oqim xususiyatlariga asoslangan real vaqt rejimida trafiklarni tasniflash usuli O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markaziga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligi 2026-yil 16-martdagi 33-8/2291-son ma’lumotnomasi). Natijada 5 mln.dan ortiq paketlar tahlil qilinib, har bir oqim bo‘yicha tasniflash qarorini shakllantirish vaqti o‘rtacha 50–70 ms ni tashkil etdi hamda ushbu ko‘rsatkichlar tarmoq monitoringi va QoS boshqaruvi uchun real vaqt rejimida qo‘yiladigan amaliy talablarni to‘liq qanoatlantirishi tasdiqlangan;
bir oilaga tegishli ilovalar tomonidan shakllantiriladigan trafik oqimlarini mashinali o‘qitish asosida ikki bosqichli tasniflash konseptual modeli va algoritmi “Universal mobile systems” mas’uliyati cheklangan jamiyatning tarmoq monitoringi jarayonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligi 2026-yil 16-martdagi 33-8/2291-son ma’lumotnomasi). Natijada bir oilaga mansub ilovalar tomonidan shakllantiriladigan trafiklarni aniqroq ajratish, xizmatlar kesimida monitoring va tahlil jarayonlarini chuqurlashtirish, tarmoq yuklamasini baholash hamda boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qilish imkoniyati kengaydi, shuningdek, shifrlangan trafik sharoitida ham tasniflashni amalga oshirish mumkinligi amaliy jihatdan tasdiqlandi. Oqimlar belgilangan sinflarga real vaqt rejimda 91 foiz aniqlikda tasniflandi, o‘z navbatida tarmoq monitoringi va tahlil jarayonlarining barqarorligi va ishonchliligini ta’minlangan.