Radjabov Mirzohid Zokir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Binar mikroto‘ldiruvchining tabiati va granulomterik tarkibining maydadonador bazaltfibrobetonning strukturasi hamda uzoqqa chidamliligiga ta’siri”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6326.
Ilmiy rahbar: Adilxodjaev Anvar Ishanovich – texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Akramov Xusnitdin Axrarovich, texnika fanlari doktori, professor; Amirov Tursoat Jumaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maydadonador bazaltfibrobetonning mustahkamligi, yoriqlarga va uzoqqa chidamliligini oshirish uchun turli tabiatga va granulometrik tarkibga ega bo‘lgan binar mineral mikroto‘ldiruvchilarni qo‘llash asosida uning struktura shakllanishini boshqarish tamoyillarini ilmiy jihatdan asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maydadonador bazaltfibrobetonlar strukturasini dispersligi va zarrachalari morfologiyasi bilan farqlanuvchi, kremniy va karbonat tabiatli binar mineral mikroto‘ldirgichlarni (mikrokremniy va ohaktosh) qo‘llash orqali sement tizimining granulometrik tarkibining zarrachalar joylashuvi zichligini oshirish hamda sement toshining yanada tartibli va zich mikrostrukturasini shakllantirish mumkinligi isbotlangan;
kremnezemli va karbonatli mikroto‘ldirgichlarni birgalikda qo‘llash amorf kremniy dioksidining pussolan faolligi va ohaktoshning mikroto‘ldiruvchi samarasi tufayli sinergetik ta’sirning namoyon bo‘lishi natijasida erkin kalsiy gidroksidining bog‘lanishiga, qo‘shimcha gidrosilikatli va karboalyuminatli yangi hosilalarning hosil bo‘lishiga, sement matrisasining zichlashishiga va uning kapillyar g‘ovakligining pasayishiga yordam berishi aniqlangan;
mineral komponentlarning dispers xususiyatlari va granulometrik tarkibi sement toshining struktura hosil bo‘lish jarayonlariga va "sement toshi - bazalt tolasi" kontakt zonasining shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi, zarrachalarning zichligini oshirish, g‘ovak bo‘shlig‘ini mayda dispersli gel fraksiyasiga qayta taqsimlash va kompozit komponentlari o‘rtasidagi adgezion o‘zaro ta’sirni yaxshilashni ta’minlashi aniqlangan;
sement massasiga nisbatan 10% miqdorda mikrokremnezyomni kiritish po‘lat armatura korroziyasini kamaytirish uchun etarli bo‘lgan va bir vaqtning o‘zida bazalt tolasining chidamliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan sement toshi muhitining optimal pH darajasini shakllantirishni ta’minlashi, shuningdek, sement tizimini binar mikroto‘ldirgichlar va superplastifikator bilan kompleks modifikatsiyalash sement toshining o‘tkazuvchanligi va kapillyar g‘ovakligini kamaytirishga hamda maydadonador bazaltfibrobetonlarning uzoqqa chidamliligini oshirishga yordam berishi eksperimental ravishda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Binar mikroto‘ldiruvchining tabiati va granulometrik tarkibining maydadonador bazaltfibrobetonning strukturasi hamda uzoqqa chidamliligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Metallurgiya sanoati chiqindilari (mikrokremnezem) va mayda dispersli ohaktosh hamda polikarboksilat superplastifikator asosida kompleks modifikatsiyalangan maydadonador bazaltfibrobetonlarning optimal tarkiblari hamda ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologik tavsiyalar "CA BETON SOLUTION" MChJ korxonasida PA2-1 tipli temirbeton anker plitalari va boshqa konstruktiv elementlarni ishlab chiqarishda qo‘llanilib, amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 2026 yil 12 iyundagi № 02/15-1544-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilgan kompleks modifikatsiyalangan maydadonador bazaltfibrobeton tarkibi an’anaviy betonga nisbatan 1 m³ material uchun 54 194 so‘m ga teng mablag‘ tejashga imkon bergan.
Mineral va kimyoviy qo‘shimchalardan oqilona foydalanish va beton tarkibini optimallashtirishning umumiy tamoyillariga amal qilgan holda ishlab chiqilgan maydadonador bazaltfibrobetonning optimal tarkiblari hamda zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullariga asoslangan sement toshi strukturasining shakllanish qonuniyatlarini aniqlovchi ilmiy-uslubiy yondashuv "CA BETON SOLUTION" MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 2026 yil 12 iyundagi № 02/15-1544-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maydadonador bazaltfibrobeton ishlab chiqarishda texnik-iqtisodiy samaradorlikning oshishi 7,8 foizni tashkil etgan.