Ro‘zimatov Muxammadjon Abdumo‘min o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Plankali g‘altakmolaning ish jarayonini takomillashtirish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01-Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5725
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.T.03.02
Rasmiy opponentlar: Abdulxaev Xurshed G‘ofurovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Yuldasheva Matluba Ashuralievna texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga loyiq.
II.Tadqiqotning maqsadi: Plankali g‘altakmolaning ish jarayonini takomillashtirish va parametrlarini asoslash orqali erlarni ekishga tayyorlashda ish sifatini oshirish hamda mehnat sarfi va boshqa harajatlarni kamaytirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
plankali g‘altakmolaning takomillashtirilgan konstruksiyasi uning plankalari tuproqqa kirishda unga tik ta’sir ko‘rsatilishi ta’minlanishi hisobga olingan holda ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan plankali g‘altakmolaning parametrlari va tortishga qarshiligini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar uning plankalari tuproqqa tik botishi hisobga olinib keltirib chiqarilgan;
takomillashtirilgan plankali g‘altakmolaning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini uning parametrlariga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari agregatning harakat tezligi hisobga olingan holda keltirib chiqarilgan;
plankali g‘altakmolaning diametri, plankalarining balandligi, plankani radialga nisbatan o‘rnatilish burchagi, g‘altakmolaga beriladigan solishtirma tik yuklanish va agregat harakat tezligi uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalari birgalikda talablar darajasidagi ish sifati kam energiya sarflanib ta’minlanishi shartidan echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erlarni ekishga tayyorlashda qo‘llaniladigan takomillashtirilgan plankali g‘altakmolaning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan plankali g‘altakmola bilan jihozlangan chizel-kultivator Andijon viloyatining Andijon va Baliqchi tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 12 dekabrdagi 05/04-04-875-sonli ma’lumotnomasi). Natijada erlarga ekish oldidan ishlov berishda mehnat sarfi 20,14 foizga va har bir gektar ishlov berilgan maydonga sarflanadigan ekspluatatsion harajatlar 13,78 foiz kamayishiga erishilgan;
ishlab chiqilgan takomilashtirilgan plankali g‘altakmola bilan jihozlangan chizel-kultivatorning sanoat nusxasini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq) “Andijantexmash” MChJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 12 dekabrdagi 05/04-04-875-sonli ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan plankali g‘altakmola bilan jihozlangan chizel-kultivatorni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.