Madrahimova Guljahon Ruzimboy qizining 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ma’muriy sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqiy maqomini takomillashtirish masalalari”, 12.00.02. – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Yu372. 
Ilmiy maslahatchi: Yusupov Sardorbek Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/2025.27.12.Yu.01.02
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Otaxonov Foziljon Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, professor Narimonov Bekzod Abduvalievich, yuridik fanlar doktori, dotsent Babanazarov Kalbay Rustamovich. Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi ma’muriy sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar huquqiy maqomini, uning tabiatini, mohiyatini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini, milliy doktrinadagi ilmiy va amaliy konseptual yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud majlisiga kelmasa, ish ularning yo‘qligida ko‘rilishi mumkinligi asoslangan;
ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar va boshqa shaxslar elektron ma’lumotlarni ushbu ma’lumotlarning ko‘chirma nusxasini elektron jismdan elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa elektron jismga olish orqali taqdim etishga haqliligi asoslangan;
ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar va boshqa shaxslar raqamli dalillarning ko‘chirma nusxalarini qog‘ozda chop etilgan shaklda taqdim etish huquqiga egaligi asoslangan;
qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha kassatsiya protesti kiritish to‘g‘risidagi masalasini hal qilish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga haqliligi asoslangan;
ishda ishtirok etuvchi shaxsning shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxsning huquqiy vorisi tomonidan berilgan taftish shikoyatiga huquq o‘tganligi faktini yoki bunday huquq o‘tishi mumkinligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerakligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda qo‘llanilgan:
ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud majlisiga kelmasa, ish ularning yo‘qligida ko‘rilishi mumkinligi kerakligi haqidagi taklifdan 2024-yil 30-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–968-son Qonun 3-moddasi 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 17-oktyabrdagi №9/dn-212-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni joriy etilganligi ma’muriy sud ishlarining belgilangan vaqt va tartibda ko‘rib chiqilishiga xizmat qilgan;
ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar va boshqa shaxslar elektron ma’lumotlarni ushbu ma’lumotlarning ko‘chirma nusxasini elektron jismdan elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa elektron jismga olish orqali taqdim etishga haqliligiga oid taklifdan 2024-yil 21-noyabr kuni kuchga kirgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritilgan 751-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 6-oktyabrdagi 27/2-273-25-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ma’muriy sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning elektron dalil taqdim etish tartibining soddalashishiga xizmat qilgan;
ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar va boshqa shaxslar raqamli dalillarning ko‘chirma nusxalarini qog‘ozda chop etilgan shaklda taqdim etish huquqiga egaligiga oid taklifdan 2024-yil 21-noyabr kuni kuchga kirgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritilgan 752-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 6-oktyabrdagi 27/2-273-25-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi raqamli dalillarning sudga qulay shaklda taqdim etilishiga xizmat qilgan;
qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha kassatsiya protesti kiritish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga haqliligiga oid taklifdan 
2024-yil 30-sentyabrda kuchga kirgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi  Qonun bilan Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 2301-moddasiga kiritilgan qo‘shimchani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 6-oktyabrdagi 27/2-273-25-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror ishtirokining takomillashuviga xizmat qilgan;
ishda ishtirok etuvchi shaxsning, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxsning huquqiy vorisi tomonidan berilgan taftish shikoyatiga huquq o‘tganligi faktini yoki bunday huquq o‘tishi mumkinligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerakligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-iyundagi “Sudlar tomonidan ma’muriy ishlarni taftish tartibida ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 22-son qarori ikkinchi bandi beshinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025-yil 3-iyuldagi 08/305-25-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ma’muriy sudlarda ishda ishtirok etuvchi shaxslar huquqiy maqomini belgilab berishda, ularning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish