Komilov Sobit Soyibovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Shahrisabz shahri mahallalarining ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy hayoti tarixi (1991-2022-yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.1.PhD/Tar1784
Ilmiy rahbar: Xosiyatov Xurshid Otaqulovich, tarix fanlari bo‘yicha  falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01.
Rasmiy opponentlar: Qarshi davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi tarix fanlari doktori, professor Raxmonov Faxriddin Shaymardonovich, I.A. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori birinchi o‘rinbosari tarix fanlari doktori, professor Eshquvvatov Valiqul Turdievich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Shahrisabz shahar mahallalarining ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyati dinamikasini tarixiy nuqtayi nazardan o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
1991-2022-yillar oralig‘ida Shahrisabz shahri mahallalarining ijtimoiy hayoti taraqqiyoti ilk bor manbashunoslik, statistik va qiyosiy-tarixiy metodlar uyg‘unligida kompleks tarzda tahlil qilindi. Jumladan, 1991-yilda shaharda o‘rtacha 1,5-2 ming aholiga xizmat ko‘rsatuvchi 40-45 ta mahalla mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib bu ko‘rsatkich 60 dan ortiq mahallaga etib, har bir mahalla tarkibida 2,5-3 ming aholiga to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Bu holat urbanizatsiya va tabiiy o‘sish sur’atlari (yillik o‘rtacha 1,8-2,2%) bilan izohlanadi. 2019-2022-yillarda joriy etilgan manzilli ijtimoiy himoya mexanizmlari – “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tizimlari ilk bor mahalla kesimida statistik tahlil qilindi. Xususan, 4 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalar aniqlanib, ularning 70-75 foiziga moddiy yordam ko‘rsatilgani aniqlangan; 
1991-2000-yillar davrida iqtisodiy faoliyatning 65-70 foizi davlat sektori va an’anaviy qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelgani aniqlangan bo‘lsa, 2010-yillarga kelib bu nisbat keskin o‘zgarib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushi 50 foizdan oshgani qayd etilgan. 2005-yilda 1,2 ming atrofida bo‘lgan tadbirkorlik subektlari soni 2022-yilda 5 mingdan ortib, 4 barobarga o‘sgani iqtisodiy liberallashuv jarayonlarining mahalla darajasidagi ifodasi sifatida talqin qilindi. 2017-2022-yillarda imtiyozli kreditlar va subsidiya dasturlari asosida 3 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgani, natijada bandlik darajasi o‘rtacha 12-15 foizga oshgani dalillangan;
Shahrisabz shahri mahallalarining ma’naviy-ma’rifiy hayoti tizimli tahlil qilingan bo‘lib, jumladan, 1990-yillar boshida mahallalarda yiliga o‘rtacha 100-120 ta ma’naviy tadbir o‘tkazilgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib bu ko‘rsatkich 500 tadan oshgani aniqlanib, bu o‘sish davlat siyosatining ma’naviy sohadagi ustuvorligi bilan izohlandi. Shuningdek, 2015-yilda 20 ga yaqin madaniyat markazlari va kutubxonalar soni 2022-yilda 35 taga etgani aniqlandi. 2017-2022-yillarda “Yoshlar daftari” orqali 6 mingdan ortiq yoshlar qamrab olinib, ularning 60 foiziga ta’lim va bandlik bo‘yicha ko‘mak berilgani asoslangan; 
2017-2022-yillarda iqtisodiy faollik yuqori bo‘lgan mahallalarda kambag‘allik darajasi 8-10 foizgacha kamaygani, shu hududlarda ma’naviy tadbirlar soni 1,5-2 barobarga oshgani aniqlangan. Shuningdek, 2018-2022-yillarda mahalla infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan investisiyalar hajmi 100 mlrd so‘mdan oshgani, natijada ichki yo‘llar, ijtimoiy obektlar va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari modernizatsiya qilingani qayd etildi. Bu jarayonlar natijasida aholi daromadlari o‘rtacha 1,3-1,5 barobarga oshgani ham statistik jihatdan dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shahrisabz shahri mahallalari tarixining mustaqillik yillaridagi rivojlanish holati yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
1991-2022-yillar oralig‘ida Shahrisabz shahri mahallalarining ijtimoiy hayoti taraqqiyoti ilk bor manbashunoslik, statistik va qiyosiy-tarixiy metodlar uyg‘unligida kompleks tarzda tahlil qilinganiga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 27-oktyabrdagi 02-31-1610-son ma’lumotnoma). Natijada mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv organlari, ya’ni mahallalar boshqaruvi demokratik asosda shakllanganligi, sharqona urf-odat va an’analar bu jarayonda asosiy rol o‘ynaganligi, shuningdek, mahallalar Shahrisabz shahri hududida mavjud bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarishning eng asosiy va muhim shakllaridan biri ekanligi tadqiqot natijasida tasdiqlangan hamda mahalla quyi, lekin asosiy o‘zini o‘zi boshqaruv organi sifatida faoliyat yuritganligi, uning faoliyatida demokratik tamoyillar, aholining asriy urf-odat va an’analari, milliy va diniy qadriyatlari o‘ziga xosligi kabi tushunchalar yetakchilik qilganligi keng jamoatchilikka etkazib berilgan;
Shahrisabz shahri mahallalarining ma’naviy-ma’rifiy hayoti tizimli tahlil qilinganiga oid ma’lumotlardan Respublika “Ma’naviyat va marifat” markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar rejasi V yo‘nalishi “Jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash masalalari” 22-bandi “Jamiyat hayotida yuz berayotgan turli ijtimoiy masalalarni tahlil qilish uchun podkast (audio, vedio) formatdagi loyiha”ni ishga tushirishda foydalanilgan (2024-yil 12-dekabrdagi 10/213-son ma’lumotnoma). Natijada mustaqillik yillarida Shahrisabz shahri mahallalarida ma’naviy-ma’rifiy sohadagi rivojlanish jarayonlari, milliy qadriyatlar va an’analarni tiklash hamda yosh avlod tarbiyasida mahalla institutining mafkuraviy, tarbiyaviy mexanizmlari tizimli ravishda ochib berildi hamda ushbu mavzuda maqsadli media-kontent shakllantirilgan;
Shahrisabz shahri mahallalari hayotidagi ijtimoiy-ma’naviy va iqtisodiy o‘zgarishlar tarixi va dinamikasinining ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy-huquqiy bazasining vujudga kelishi, mahalalar hududida joylashgan tadbirkorlik subektlarining daromadlardan to‘lanadigan daromad soliqlarining ma’lum ulushini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hisob raqamlariga o‘tkazilganga oid ma’lumotlardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining  2024-yil 12-dekabrdagi 10/213-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalla institutining moliyaviy-iqtisodiy barqarorlashuvi uning hududdagi ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni mustaqil moliyalashtirish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan maqsadli loyihalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytirganligi ilmiy-ommabop va targ‘ibot materiallarida asoslab berilgan;
Oila va mahalla hamkorligi asosida yosh avlod tarbiyasiga doir islohotlar mahalliy shart-sharoitlar va omillar nuqtayi nazaridan ilmiy tahlil qilinib, ushbu asosda yoshlarning ma’naviy hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlarning hozirgi holatini yorituvchi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda samarali foydalanilgan. (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 27-oktyabrdagi 02-31-1610-son ma’lumotnoma). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiya va ilmiy xulosalar “Oila va mahalla hamkorligi” hamda yosh avlod tarbiyasiga doir islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni mahalliy shart-sharoitlar nuqtayi nazaridan tahlil qilishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish