Tojiboev Azizbek Vaxobjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Zamonaviy o‘zbek jamiyatida ijtimoiy – madaniy qadriyatlar dinamikasi” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fa1429
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.22.01
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sodirjonov Muxriddin Mahamadaminovich Sotsiologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Serobjon O‘rmonalievich, falsafa fanlari doktori(DSc), dotsent, Abilov O‘rol Murodovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek jamiyatida ijtimoiy-madaniy qadriyatlar dinamikasida yuz berayotgan transformatsiya jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy jamiyatda an’anaviy qadriyatlar bilan yangi qarashlar o‘rtasida uzlyuksiz muvozanatni saqlash ijtimoiy-madaniy transformatsiya jarayonlarining dinamikasida madaniy institutlar (urf-odat, marosim, an’analar) faoliyatini takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqarib, ijtimoiy-madaniy qadriyatlarning zamonaviy ijtimoiy ongda qayta konstruksiyalanishga yordam berishi falsafiy asoslangan;
yoshlar ongida aksiologik orientatsiyaga asoslangan munosabatni shakllantirish, globallashuv sharoitida oilaning ma’naviy barqarorligini ta’minlab, jamiyatda "ontologik uzilish" va "aksiologik ziddiyat" larni oldini oliishi isbotlangan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatida an’anaviy va zamonaviy qadriyatlarning dialektik aloqadorligini ta’minlash, ijtimoiy ongda “aksiologik integratsiya” jarayonini rivolantirib, yoshlarda an’anaviy qadriyatlardan axloqiy tayanch, zamonaviy qadriyatlardan esa erkin tafakkur va ijodiylik tamoyillarini uyg‘unlashishiga olib kelishi ochib berilgan;
jamiyatda oilaviy identiklik va yoshlar mentaliteti o‘rtasidagi dialektik munosabatlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar sintezi orqali rivojlantirish, yoshlar va oila munosabatlari paradigmasida avlodlararo qadriyatlar kolliziyasini oldini olib, jamiyatda ijtimoiy uzviylikni saqlashning “aksiologik adaptatsiya” va “intergeneratsion tranzit” (avlodlararo qadriyatlar uzatilishi) kabi mexanizmlari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek jamiyatida ijtimoiy-madaniy qadriyatlar dinamikasining tadqiq etish asosida:
zamonaviy jamiyatda an’anaviy qadriyatlar bilan yangi qarashlar o‘rtasida uzlyuksiz muvozanatni saqlash ijtimoiy-madaniy transformatsiya jarayonlarining dinamikasida madaniy institutlar (urf-odat, marosim, an’analar) faoliyatini takomillashtirishga olib kelishiga doir xulosalaridan oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025 yil yanvar va iyun oylaridagi “Millat va ma’naviyat”, “Yashil makon” loyihasi, “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24 ijodiy birlashmasi” DM 2025 yil 18-iyuldagi 05-09-1165-son dalolatnomasi). Natijada, ijtimoiy-madaniy qadriyatlarning zamonaviy ijtimoiy ongda qayta konstruksiyalanishga xizmat qilgan;
yoshlar ongida aksiologik orientatsiyaga asoslangan munosabatni shakllantirish, globallashuv sharoitida oilaning ma’naviy barqarorligini ta’minlashga doir ilmiy xulosalaridan Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 26-maydagi “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik shiori ostida yoshlar oyligini o‘tkazish to‘g‘risida” gi 199-son Farmoyishi va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari loyihasini tayyorlash, shuningdek, 2025-yilning iyun oyida Navoiy viloyatida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostidagi V-Respublika yoshlar forumini o‘tkazishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi manaviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2025-yil 19-iyuldagi 2/3459-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda "ontologik uzilish" va "aksiologik ziddiyat" larni oldini oliishga xizmat qilgan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatida an’anaviy va zamonaviy qadriyatlarning dialektik aloqadorligini ta’minlash, ijtimoiy ongda “aksiologik integratsiya” jarayonini rivolantirishiga doir xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025 yil yanvar va iyun oylaridagi “Millat va ma’naviyat”, “Yashil makon” loyihasi, “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24 ijodiy birlashmasi” DM 2025 yil 18-iyuldagi 05-09-1165-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarda an’anaviy qadriyatlardan axloqiy tayanch, zamonaviy qadriyatlardan esa erkin tafakkur va ijodiylik tamoyillarini uyg‘unlashishiga olib kelishiga xizmat qilgan;
jamiyatda oilaviy identiklik va yoshlar mentaliteti o‘rtasidagi dialektik munosabatlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar sintezi orqali rivojlantirish, yoshlar va oila munosabatlari paradigmasida avlodlararo qadriyatlar kolliziyasini oldini olishiga oid ilmiy xulosa va takliflaridan Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 26-maydagi “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik shiori ostida yoshlar oyligini o‘tkazish to‘g‘risida” gi 199-son Farmoyishi va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari loyihasini tayyorlash, shuningdek, 2025-yilning iyun oyida Navoiy viloyatida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostidagi V-Respublika yoshlar forumini o‘tkazishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi manaviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2025-yil 19-iyuldagi 2/3459-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda ijtimoiy uzviylikni saqlashning “aksiologik adaptatsiya” va “intergeneratsion tranzit” (avlodlararo qadriyatlar uzatilishi) kabi mexanizmlari aniqlashga xizmat qilgan.