Utaeva Feruza Xolmamatovnaning
doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi: tarixiy tahlil (Buxoro, Samarqand va Navoiy viloyatlari misolida, 1950 – 2025 - yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligida
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Tar541
Ilmiy maslahatchi: Xaitov Shadmon Axmadovich - tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.08.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Akram Muminovich - tarix fanlari doktori (DSc), professor; Saidov Ilxom Muxiddinovich - tarix fanlari doktori, professor; Raupov Xolmamat Rashidovich - tarix fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi borasidagi tarixiy taqqoslash (Buxoro, Samarqand va Navoiy viloyatlari misolida, 1950 – 2025-yillar) hamda undagi o‘zgarishlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining rivojlanishiga Buxoro “Oktyabr 10 yilligi” pillakashlik, “Oktyabr 40 yilligi” zardo‘zlik, “Trikotaj”, “Partiya XVI sezdi” va “VLKSM 20 yilligi” tikuvchilik hamda Samarqand “Hujum” pillakashlik, “Shoyi to‘qish” va “8-Mart” tikuvchilik fabrikalarida 1950-yillarda ip-kalava, shoyi, ipak, trikotaj, zardo‘zlik, tikuvchilik sanoati zamonaviy texnikalar bilan ta’minlangan, besh yillik rejalar o‘z vaqtida bajarilganligi hamda bu sohadagi qator kamchiliklar: reja ortiqan quvib sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqilishi, mutaxassis kadrlar etishmasligi natijasida texikalarni ishlatishda va ta’mirlashda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan jihatlar tarixiy-tizimli tahlil va muammoviy xronologik metod usulida asoslandi;
Buxoro va Samarqand viloyatida to‘qimachilik sanoatining tashkil etilishi, 1950 – 1960 - yillarda sanoat korxonalari faoliyatida mutaxassis ishchilarni tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmasdan fabrikalarda sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarilgani va ish unumi pasayib ketgan holatlar yuzaga kelgan. 1960 – 1970 - yillarda tashkil etilgan qisqa kurslar, texnikumlar va oliy dargohlarda engil sanoat sohasida mutaxassislar tayyorlanib, xom ashyoni qayta ishlash va eksportbop tayyor mahsulot ishlab chiqarish, xorijiy davlatlar bilan o‘rnatilgan hamkorlik tufayli to‘qimachilk sanoatiga texnikalarning keltirilishi, xalqaro tajribalar almashinish kabilar hududiy xususiyatlar asosida dalillangan;
Ipak va ip-kalava, shoyi to‘qish, trikotaj, zardo‘zlik, tikuvchilik tarmoqlarida 1970 – 1990 - yillar ishlab chiqarishga yangi texnikalar joriy etilishi, to‘qimachilik sanoati salohiyatining ko‘tarilishi ko‘plab oilalarning moddiy shart-sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilgan. Ishlab chiqarishda xotin-qizlar faoliyati 80 foizni tashkil etgan bo‘lib, fabrika va korxonalarda kechayu-kunduz ishlaydigan bolalar bog‘chalari, shifoxonalar, siyosiy, tarbiyaviy ish olib boradigan to‘garaklar tashkil etilgan. Xotin-qizlar mehnati ommaviy axborot vositalarida yoritilib, moddiy rag‘batlantirilgan, davlat mukofotlari berilgan kabi ma’lumotlar dalillangan;
Mustaqillik yillarida Buxoro, Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi korxonalar ip-yigiruv, to‘quv, bo‘yash, gul bosish va tikuvchilik sanoatida zamonaviy texnikalarni joriy etilishi, aholi bandligining ta’minlanishi, shuningdek, yirik ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan fabrikalarga oldingidek katta hajmdagi buyurtmalar tushmagan, natijada ishlab chiqarish hajmi kamayib faoliyati to‘xtagan yoki to‘liq quvvat bilan ishlamagan fabrikalar bankrot holiga tushib, o‘n yildan ortiq vaqt davomida tashlandiq holga kelib qolgan (“Buxoroteks”, “Trikotaj”, “8-Mart”) fabrikalarning binolari tadbirkorlarga va xorijiy investorlarga sotilib ishlab chiqarish qaytadan tashkil etilgan holatlar asoslandi;
“Zandanacha” va “Vadoriy” matolarining tabiiyligi va pishiqligini bilgan holda Buxoro va Samarqandda to‘qimachilik borasidagi boy tajribani takomillashtirish asosida zamonaviy to‘qimachilik sanoati Yangi O‘zbekiston sharoitida 2017-yila tashkil etilgan paxta-to‘qimachlik klasterlarida “Buxoro Cotton Tekstil”da “B Jeans”, “Merganteks”da “Shoyigul”, “Afrosiyob Jeans” va “Navbahor Tekstil”da o‘zlarining savdo belgilari bilan mahalliy va xorijiy davlatlarda savdo markazlari tashkil etilgani dalillandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatining Buxoro, Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi tarixiy taraqqiyotini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining rivojlanishiga Buxoro “Oktyabr 10 yilligi” pillakashlik, “Oktyabr 40 yilligi” zardo‘zlik, “Trikotaj”, “Partiya XVI sezdi” va “VLKSM 20 yilligi” tikuvchilik hamda Samarqand “Hujum” pillakashlik, “Shoyi to‘qish” va “8-Mart” tikuvchilik fabrikalarida ishlab chiqilgan ip-kalava, shoyi, ipak, trikotaj, zardo‘zlik, kiyim-kechaklar tarixi keltirilgan tahlillardan muzeylardagi fotolavhalar fondini tarixiy ko‘rgazma va ma’lumotlar bilan boyitish maqsadida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 2025-yil 10-oktyabrdagi 04-05/ 4037-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar asosida pillakashlik, trikotaj, zardo‘zlik va tikuvchilik sanoati tarixi haqida “Ark” muzeyiga va Fayzulla Xo‘jaev uy muzeyiga kelgan sayyohlarga birlamchi manbalar bilan tanishish uchun xizmat qilmoqda;
Buxoro va Samarqand viloyatida to‘qimachilik sanoatining tashkil etilishi, 1950 – 1960 - yillarda sanoat korxonalari faoliyatida mutaxassis ishchilarni tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish yaxshi yo‘lga qo‘yilmasdan fabrikalarda sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarilgani va ish unumi pasayib ketgan holatlar yuzaga kelgan. 1960 – 1970 - yillarda tashkil etilgan qisqa kurslar, texnikumlar va oliy dargohlarda engil sanoat sohasida mutaxassislar tayyorlanib, xom ashyoni qayta ishlash va eksportbop tayyor mahsulot ishlab chiqarish, xorijiy davlatlar bilan o‘rnatilgan hamkorlik tufayli to‘qimachilk sanoatiga texnikalarning keltirilishi, xalqaro tajribalar almashinish xorijiy davlatlar bilan savdo orqali turizm salohiyati ham oshib borayotganligi haqidagi tadqiqotdagi ma’lumotlardan ALM-202403110240 – “Buxoro viloyatining rekreatsion-turistik xaritasini va yangi turistik mashrutlarni yaratish” nomli amaliy loyihasi bajarishda keng foydalanildi (Buxoro davlat universitetining 2026-yil 17-yanvardagi 286-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalari grant loyihasini takomillashtirish, fanlararo yondoshuv asosida murakkab tizimlarni tadqiq etish, shuningdek, loyihaning nazariy-metodologik ahamiyati va uning ilmiy-prognostik o‘rnini aniqlashga xizmat qildi;
Ipak va ip-kalava, shoyi to‘qish, trikotaj, zardo‘zlik, tikuvchilik tarmoqlarida 1970-1990-yillar ishlab chiqarishga yangi texnikalar joriy etilishi, to‘qimachilik sanoati salohiyatining ko‘tarilishi ishlab chiqarishda xotin-qizlarning o‘rni ishlab chiqarishga yangi texnikalarni joriy etish, to‘qimachilik sanoati salohiyati ko‘tarilib ko‘plab oilalarning moddiy shart-sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilganligi to‘qimachilik sanoati soha xodimlarining bilim va tasavvurlarini kengaytirishga yordam berdi va to‘qimachilik sanoati haqidagi tarixiy tajribalar amaliyotga qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Buxoro shahar “BHR SPINNING” mas’uliyati cheklangan jamiyatning 2026-yil 20-yanvardagi 8-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar asosida fabrikada ip-kalava ishlab chiqarishni samarali va barqaror rivojiga xizmat qilmoqda;
Mustaqillik yillarida Buxoro, Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi korxonalar ip-yigiruv, to‘quv, bo‘yash, gul bosish va tikuvchilik sanoatida, zamonaviy texnikalarni joriy etilishi, aholi bandligining ta’minlanishi sanoat salohiyatining ko‘tarilishi, ko‘plab oilalarning moddiy shart-sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilgan jihatlari, shuningdek, to‘qimachilik, tikuvchilik, trikotaj sanoati korxonalarida bankrotlik holatiga tushib qolmaslik uchun ko‘rsatib o‘tilgan tarixiy dalillar orqali soha xodimlarining bilim va tasavvurlarini kengaytirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi 2026-yil 4-fevraldagi 02/06-182-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotda keltirilgan ma’lumotlardan to‘qimachilik sanoatida ilmiy-amaliy chora-tadbirlarga oid tarixiy tajribalar amaliyotda qo‘llanilmoqda;
“Zandanacha” va “Vadoriy” matolarining tabiiyligi va pishiqligini bilgan holda Buxoro va Samarqandda to‘qimachilik borasidagi boy tajribani takomillashtirish asosida zamonaviy paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda, “Hujum” pillachilik, “Shoyi to‘qish” va “8-Mart” tikuvchilik fabrikalari faoliyati bilan bog‘liq teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda Buxoro viloyat telekanalining 2025-yil 11-iyun va 17-iyun kunlari “Assalom Buxoro”, “Menga so‘z bering”, “Asrlarning asraganlari” teleko‘rsatuvlarini ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 5-martdagi № 01-09-25/1-son ma’lumotnomasi). Sohaga tegishli teleko‘rsatuvlarni tayyorlashda, materiallar mazmunini boyitishda hamda ilmiy dalillarga boy bo‘lishida va ko‘rsatuvlar ilmiy-ommabopligini ta’minlashda muhim imkoniyat yaratilgan.