Toshtemirov To‘lqin Toirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik tadbirkοrlik sub’ektlarini sοliqqa tοrtish tartibini takοmillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5079.
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shernaev Akbar Aqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahar filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
foyda solig‘ini to‘lashga birinchi marotaba o‘tgan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar – soliq to‘lashga o‘tgan yildan keyingi bir soliq davri mobaynida soliq to‘lashdan ozod etishi taklifi ishlab chiqilgan;
ilk marotaba kichik tadbirkorlik sub’ektlari o‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga o‘tganda joriy soliq davri va keyingi soliq davri mobaynida jami daromad 100 milliard so‘mga etgunga qadar belgilangan foyda soliq stavkasini 50 foizgacha pasaytirish huquqi berilish taklifi berilgan;
soliq davri davomida jami daromadi bir milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar va yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar jami daromadi ko‘rsatilgan miqdorga etgan kundan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda foyda solig‘ini to‘lashga o‘tish bo‘yicha taklifi berilgan;
fοyda hamda qo‘shilgan qiymat sοlig‘ini to‘lovchi kichik tadbirkorlik sub’ektlari soliq organlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi to‘g‘risida xabarnoma yuborgan bo‘lsa, soliqlarni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkοniyatini berish shartlari hamda sοliq qarziga 6 οy davοmida fοizlar hisοblanmasligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish tartibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
foyda solig‘ini birinchi marotaba o‘tgan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar – soliq to‘lashga o‘tgan yildan keyingi bir soliq davri mobaynida soliq to‘lashdan ozod etishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–138-son Farmonida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 8 oktyabrdagi 03/41-2-21889-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 2026 yilda 1233 ta kichik korxonalar 360 milliard so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalanishi prognoz qilinmoqda.
ilk marotaba kichik tadbirkorlik sub’ektlari o‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga o‘tganda joriy soliq davri va keyingi soliq davri mobaynida jami daromad 100 milliard so‘mga etgunga qadar belgilangan foyda soliq stavkasini 50 foizgacha pasaytirish huquqi berilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022 yildagi “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–364-son qarorida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 8 oktyabrdagi 03/41-2-21889-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2024 yilda 69 ta tadbirkorlik sub’ekti tomonidan 65,1 milliard so‘mlik soliq imtiyozidan foydalanilgan bo‘lsa, 2025 yilda ushbu ko‘rsatkich 82 ta tadbirkorlik sub’ekti tomonidan 78,4 milliard so‘mni tashkil etdi hamda ishlab chiqarish faoliyatining uzlyuksizligi ta’minlangani hisobiga fiskal tushumlarning barqarorligi saqlandi.
soliq davri davomida jami daromadi bir milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar va yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar jami daromadi ko‘rsatilgan miqdorga etgan kundan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda foyda solig‘ini to‘lashga o‘tish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi “Soliq va byudjet siyosatining 2023 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–812-son Qonunida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 8 oktyabrdagi 03/41-2-21889-sonli ma’lumotnomasi). 2025 yilda 1 980 ta soliq to‘lovchi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatga olinib, ular tomonidan 312 milliard so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini hisobga olish imkoniyati shakllantirildi.
fοyda hamda qo‘shilgan qiymat sοlig‘ini to‘lovchi kichik tadbirkorlik sub’ektlari soliq organlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi to‘g‘risida xabarnoma yuborgan bo‘lsa, soliqlarni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkοniyatini berish shartlari hamda sοliq qarziga 6 οy davοmida fοizlar ham hisοblanmasligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022 yildagi “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–364-son qarorida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 8 oktyabrdagi 03/41-2-21889-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 975 ta kichik tadbirkorlik sub’ektlari 310 milliard so‘m soliq qarzini olti oygacha foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalandi.