Isroilov Mirnosir Mirsultonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaftoli payvandtaglarini agrobiologik xususiyatlari va payvandtag nav kombinatsiyalarini tanlash” mavzusidagi 06.01.07- Mevachilik va uzumchilik ixtisosligi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Qx1622
Ilmiy rahbar: Namozov Ixtiyor Chorievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02
Rasmiy opponentlar: Xalmirzaev Dilmurod Kamilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Sattorov Obidjon Odinamaxmadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shaftoli payvandtaglarini morfo-biologik xususiyatlarini aniqlash asosida payvandtag-nav kombinatsiyalarini tanlash hamda sifatli ko‘chat etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor shaftoli o‘simligini er ustki qismi biometrik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan GF677 va Garnem payvandtaglari, qurg‘oqchilikka chidamliligi bo‘yicha GF677 (15,4%) hamda issiqlikka chidamliligi bo‘yicha Garnem (21,4%) payvandtagi ajratib olingan;
shaftoli danaklarini 150 kun stratifikatsiya qilishda GF677 payvandtagi 90,3%, 96 soatlik suvda ivitish natijasida esa bodom urug‘ko‘chati danaklari unuvchanligi 87,7%ni tashkil qilganligi aniqlangan;
shaftoli navlaridan Injirniy noviy + GF677, Big Bang + GF677, Injirniy noviy + Garnem, Lola + GF677, Big Bang + Garnem va Krasniy Moskva + GF677 payvandtag-nav kombinatsiyalarining tutuvchanlik ko‘rsatkichlari (97,5%) yuqori ekanligi isbotlangan;
shaftoli navlarini ildiz bo‘g‘zidan 10 sm balandlikda payvandlash natijasida, shaftoli urug‘ko‘chatida – 90,3%, bodom urug‘ko‘chatida – 84,1%, GF677 payvandtagida – 95,9% hamda Garnem payvandtagida – 90,7% bahorgi tutuvchanlik aniqlangan;
shaftoli payvandtaglariga istiqbolli navlarni ulash natijasida I navli standart ko‘chatlar chiqishi GF677 payvandtagida 83,6% va Garnem payvandtagida 81,1% bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shaftoli payvandtaglarini agrobiologik xususiyatlari va payvandtag nav kombinatsiyalarini tanlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
turli payvandtaglarda mahalliy va introduksiya qilingan shaftoli navlaridan standart talablariga mos sifatli ko‘chat etishtirish ishlanmasi Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi “Bog‘i nihol ziyo fayz” fermer xo‘jaligida 0,6 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/06-03-492-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijada, an’anaviy shaftoli payvandtagida ko‘chat etishtirishga nisbatan GF677 payvandtagida 10-15% yuqori va 0,6 ga maydondan 34536 dona sifatli va standart ko‘chat olishga erishilgan.
shaftoli payvandtagini ildiz bo‘g‘zidan turli balandlikda payvandlab ko‘chatlarni etishtirish ishlanmasi “Nigmatov Rixsibay Agrofayz” fermer xo‘jaligida 0,4 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/06-03-492-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijada, an’anaviy shaftoli payvandtagida ko‘chat etishtirishga nisbatan GF677 payvandtagida 10-15% yuqori va 0,4 ga maydondan 23024 dona sifatli va standart ko‘chat olishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish